Tayanch so’zlar.
Majburiyat – bu tadbirkorlik sub’ektining bo’lib o’tgan hodisalardan yuzaga
keladigan hozirgi paytda mavjud bo’lgan majburiyati bo’lib, uni so’ndirish natijasida
tadbirkorlik sub’ektidan iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslarning chiqib
ketishi kutiladi.
Konstruktiv majburiyat - tadbirkorlik sub’ektining quyidagi holatlardagi xatti-
harakatlaridan kelib chiqadigan majburiyat:
(a)
uning oldingi shakllangan amaliyoti, chop etilgan siyosatlari yoki
yetarlicha aniq bo’lgan joriy bildirgisi asosida tadbirkorlik sub’ekti ma’lum
javobgarliklarni olishini namoyon etgan; va
(b)
buning natijasida, tadbirkorlik sub’ekti u ushbu javobgarliklarni bajaradi
degan asosli kutishlarni boshqa tomonlarda tug’dirgan.
Shartli majburiyat - bu:
(a)
bo’lib o’tgan hodisalardan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan majburiyat.
Uning mavjudligi faqatgina tadbirkorlik sub’ektining to’liq nazorati ostida bo’lmagan
kelgusi noaniq hodisalarning biri yoki bir nechtasi sodir bo’lishi yoki sodir bo’lmasligi
natijasida tasdiqlanadi; yoki
bo’lib o’tgan hodisalardan yuzaga keladigan, lekin quyidagilar tufayli tan
olinmaydigan hozirgi paytda mavjud bo’lgan majburiyat:
- ushbu majburiyatni so’ndirish uchun iktisodiy nafni mujassamlashtirgan
resurslar chiqib ketishining talab etilishi ehtimoli yo’q; yoki
- ushbu majburiyatning summasi yetarlicha ishonchli tarzda baholana olmaydi.
Shartli aktiv – bu bo’lib o’tgan hodisalardan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan va
uning mavjudligi faqatgina tadbirkorlik sub’ektining to’liq nazorati ostida bo’lmagan
kelgusi noaniq hodisalarning biri yoki bir nechtasi sodir bo’lishi yoki sodir bo’lmasligi
natijasida tasdiqlanadigan aktivdir.
Restrukturizatsiya – bu rahbariyat tomonidan rejalashtirilgan va nazorat
qilinadigan dastur bo’lib, u quyidagilarni ahamiyatli ravishda o’zgartiradi:
(a)
tadbirkorlik sub’ekti tomonidan amalga oshiriladigan biznesning
ko’lamini; yoki
(b)
ushbu biznes amalga oshirilishi tarzini.
Buxgalteriya hisobi bo’yicha foyda – bu soliq xarajatlari chegirib
tashlanmaguncha bo’lgan davr foydasi yoki zarari.
181
Soliq solinadigan foyda (soliq zarari) –bu soliq idoralari tomonidan belgilangan
qoidalarga muvofiq aniqlangan va undan foyda soliqlari to’lanishi (qoplanishi) talab
etiladigan davr foydasi (zarari).
Soliq xarajati (soliq daromadi) –bu davr foydasi yoki zarari aniqlanishida
hisobga olingan joriy va muddati kechiktirilgan soliq bo’yicha umumiy summa.
Joriy soliq -bu davr uchun soliq solinadigan foyda (soliq zarari)dan
to’lanadigan (qoplanadigan) foyda soliqlari summasi.
Muddati kechiktirilgan soliq majburiyatlari -bu kelgusida soliq solinadigan
vaqtinchalik farqlar bo’yicha kelgusi davrlarda to’lanadigan foyda soliqlarining
summasi.
Muddati kechiktirilgan soliq aktivlari – foyda soliqlarining quyidagilar bo’yicha
kelgusi davrlarda qoplanadigan summasi:
(a) kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik farqlar;
(b) foydalanilmagan soliq zararlarini kelgusi davrlarga o’tkazish; va
(v) foydalanilmagan soliq imtiyozlarini kelgusi davrlarga o’tkazish.
Vaqtinchalik farqlar – bu moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda aks ettirilgan
aktiv yoki majburiyatning balans qiymati bilan uning soliq bazasi o’rtasidagi
farqlardir. Vaqtinchalik farqlar quyidagicha bo’lishi mumkin:
(a)
kelgusida coliq solinadigan vaqtinchalik farqlar - vaqtinchalik farqlar
bo’lib, ular aktiv yoki majburiyatning balans qiymati qoplanadigan yoki to’lanadigan
kelgusi davrlarning soliq solinadigan foydasini (soliq zararini) hisoblashda soliq
solinadigan summalar yuzaga kelishiga olib keladi; yoki
(b)
kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik farqlar - vaqtinchalik farqlar bo’lib,
ular aktiv yoki majburiyatning balans qiymati qoplanadigan yoki to’lanadigan kelgusi
davrlarning soliq solinadigan foydasini (soliq zararini) hisoblashda chegirib
tashlanadigan summalar yuzaga kelishiga olib keladi.
Aktiv yoki majburiyatning soliq bazasi – ushbu aktiv yoki majburiyatning soliq
maqsadlaridagi qiymati.
Soliq xarajati (soliq daromadi) joriy soliq bo’yicha xarajatni (joriy soliq
bo’yicha daromadni) hamda muddati kechiktirilgan soliq bo’yicha xarajatni (muddati
kechiktirilgan soliq bo’yicha daromadni) qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |