6- MAVZU. NOMOLIYaVIY MAJBURIYaTLARNI HISOBGA
OLUVChI STANDARTLARINING TAVSIFI
6.1. BHXS (IAS) 37 “Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar”
BHXS 37 “Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar” nomli
standartning maqsadi rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlarga nisbatan
to’g’ri tan olish mezonlari va baholash asoslari qo’llanilishini hamda
foydalanuvchilar ushbu rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlarning
mohiyatini, vaqtini va summasini tushunishi uchun moliyaviy hisobotlarga izohlarda
yetarlicha ma’lumotlar ochib berilishini ta’minlashdan iboratdir.
Ushbu standart hamma tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan quyidagilardan
tashqari rezervlarni, shartli majburiyatlarni va shartli aktivlarni hisobga olishda
qo’llanilishi lozim:
(a)
oxirgacha yetkazilmagan shartnomalardan kelib chiqadiganlar, agar bu
shartnomalar og’irlik qiladigan shartnomalar bo’lmasa; va
(b)
boshqa standartning qo’llash doirasida bo’lgan rezervlar, shartli
majburiyatlar va shartli aktivlar.
Ushbu standart MHXS 9
“Moliyaviy instrumentlar”
ning qo’llash doirasida
bo’lgan moliyaviy instrumentlarga (shu jumladan kafolatlarga) nisbatan
qo’llanilmaydi.
Oxirgacha yetkazilmagan shartnomalar bo’lib tomonlarining hech birisi
shartnomada belgilangan o’z majburiyatlarning hech bir qismini bajarmagan yoki
ikkita tomon ham o’z majburiyatlarini teng tarzda qisman bajargan shartnomalar
hisoblanadi. Ushbu standart bunday shartnomalarga nisbatan, agar ular og’irlik
qiladigan shartnomalar bo’lmasa, qo’llanilmaydi.
Ayrim turdagi rezerv, shartli majburiyat yoki shartli aktiv boshqa standartda
ko’rib chiqilganida, tadbirkorlik sub’ekti ushbu standarning o’rniga o’sha standartni
qo’llashi kerak. Masalan, rezervlarning ba’zi turlari quyidagilar bo’yicha standartlarda
ko’rib chiqilgan:
(a)
qurilish shartnomalari (BHXS 11
“Qurilish shartnomalari”
ga qarang);
(b)
foyda soliqlari (BHXS 12
“Foyda soliqlari”
ga qarang);
(c)
ijara kelishuvlari (BHXS 17
Ijara”
ga qarang). Biroq, BHXS 17 da
operativ ijara bo’yicha og’irlik qilib boshlagan shartnomalarga nisbatan hech qanday
talablar qo’yilmagani uchun, ushbu standart bunday holatlarga nisbatan qo’llaniladi;
(d)
xodimlarning daromadlari (BHXS 19
“Xodimlarning daromadlari”
ga
qarang);
(e)
sug’urta shartnomalari (MHXS 4
“Sug’urta shartnomalari”
ga qarang).
Biroq, sug’urtalovchining MHXS 4 ning qo’llash doirasidagi sug’urta shartnomalari
ostida paydo bo’ladigan sharnomaviy majburiyatlari va huquqlaridan yuzaga
keladiganlardan tashqari rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlarga nisbatan
ushbu standart qo’llaniladi.
Rezervlar sifatida qaraladigan ba’zi summalar daromadning tan olinishi bilan
bog’liq bo’lishi mumkin, masalan tadbirkorlik sub’ekti haq evaziga kafolatlar
beradigan hollarda. Ushbu standartda bunday daromadlarning tan olinishi ko’rib
chiqilmaydi. BHXS 18
“Daromad”
daromadlar tan olinadigan holatlarni belgilaydi va
163
tan olish mezonlarining qo’llanishi bo’yicha amaliy yo’riqnoma beradi. Ushbu
standart BHXS 18 ning talablarini o’zgartirmaydi.
Ushbu standart rezervlarni noaniq muddat yoki summaga ega bo’lgan
majburiyatlar sifatida aniqlaydi. Ba’zi mamlakatlarda “rezerv” atamasi eskirish,
aktivlarning qadrsizlanishi yoki shubhali qarzlar kabi moddalarga tegishliligida
foydalaniladi: bunday rezervlar aktivlarning balans qiymatlariga tuzatish bo’lib
hisoblanadi va ushbu standartda ko’rib chiqilmaydi.
Boshqa standartlarda xarajatlar aktivlar yoki xarajatlar sifatida hisobga olinishi
belgilanadi. Bu masalalar ushbu standartda ko’rib chiqilmaydi. Shu sababdan, ushbu
standart rezerv shakllanganida tan olinadigan xarajatlarning kapitalizatsiyasini talab
ham qilmaydi taqiqlab ham qo’ymaydi.
Ushbu standart restrukturizatsiya (shu jumladan, davom ettirilmaydigan
faoliyat) bo’yicha rezervlarga nisbatan qo’llaniladi. Restrukturizatsiya davom
ettirilmaydigan faoliyat ta’rifiga to’g’ri kelganida, MHXS 5
Do'stlaringiz bilan baham: |