3-darajali boshlang’ich ma’lumotlar
3-darajali boshlang’ich ma’lumotlar aktiv yoki majburiyat bo’yicha
kuzatilmaydigan boshlang’ich ma’lumotlardir.
Baholash sanasida, agarda mavjud bo’lsa, aktiv yoki majburiyat bo’yicha juda
kichik bozor mavjud bo’lish holatlariga qaramasdan, o’rinli kuzatiladigan
boshlang’ich ma’lumotlar mavjud bo’lmagan darajada haqqoniy qiymatni baholash
uchun kuzatilmaydigan boshlang’ich ma’lumotlardan foydalanish lozim. Biroq,
haqqoniy qiymatni baholash maqsadi, , ya’ni aktiv yoki majburiyatga ega bozor
ishtirokchisi nuqtai nazaridan baholash sanasidagi chiqish narxi, bir xil bo’lib qoladi.
Shu tufayli, kuzatilmaydigan boshlang’ich ma’lumotlar bozor ishtirokchilari aktiv
yoki majburiyatni narxlashda foydalanishi mumkin bo’lgan farazlarni, jumladan risk
bo’yicha farazlarni aks ettirishi lozim.
Tadbirkorlik sub’ekti uning moliyaviy hisobotlaridan foydalanuvchilarga
quyidagilarning ikkalasini ham baholashga ko’mak beradigan ma’lumotlarni ochib
berishi lozim:
(a) dastlab tan olishdan keyin qaytalanadigan yoki qaytalanmaydigan asosda
haqqoniy qiymatda baholanadigan aktivlar va majburiyatlar uchun, baholash usullari
va ushbu baholashlarni ishlab chiqishda foydalaniladigan boshlang’ich ma’lumotlar.
(b) yirik kuzatilmaydigan boshlang’ich ma’lumotlar (3-darajali) orqali
qaytalanadigan haqqoniy qiymatni baholashlar uchun, baholashlarning davr bo’yicha
foyda yoki zararga yoki boshqa umumlashgan daromadga ta’siri.
Tadbirkorlik sub’ekti barcha quyidagilarni ko’rib chiqishi lozim:
(a) ochib berish talablarini qanoatlantirish uchun zarur tafsilotlar darajasi;
(b) turli talablarning har biriga qanchalik e’tibor ajratilishi;
(v) qanchalik umumlashtirishni yoki bo’laklashni amalga oshirish; va
(g) moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar ochib berilgan miqdoriy
ma’lumotlarni baholash uchun qo’shimcha ma’lumotlarga muhtojligi.
Tayanch so’zlar.
Balans qiymati - bu aktivning u bo’yicha har qanday jamg’arilgan eskirish
(amortizatsiya)
summasini
va
keyingi
yig’ilgan qadrsizlanish zararlarini
chegirgandan so’ng tan olinadigan qiymatidir.
Pul mablag’larini yuzaga keltiradigan birlik - bu aktivlarning kichik
aniqlanadigan guruhi bo’lib, u boshqa aktivlar yoki aktivlar guruhidan kelib
tushadigan pul oqimlaridan katta darajada mustaqil bo’lgan kelib tushadigan pul
161
oqimlarini yuzaga keltiradi.
Korporativ aktivlar - bu gudvilldan tashqari aktivlar bo’lib, ular pul
mablag’larini hosil qiladigan o’rganilayotgan birlik va boshqa pul mablag’larini hosil
qiladigan birliklar bo’yicha kelgusi pul oqimlari hosil bo’lishiga o’z hissasini
qo’shadi.
Chiqib ketish xarajatlari - bu aktivning yoki pul mablag’larini hosil qiladigan
birlikning chiqib ketishiga tegishli bevosita qo’shimcha xarajatlar bo’lib, bunda
moliyalashtirish xarajatlari va foyda solig’i xarajati inobatga olinmaydi.
Eskirish hisoblanadigan summa - bu aktivning tannarxidan, yoki moliyaviy
hisobotlarda uning qiymatini aks ettiradigan boshqa summadan, uning qoldiq
qiymatining chegirilganidir.
Eskirish (Amortizatsiya) - bu aktivning eskirish hisoblanadigan summasini
uning foydali xizmat muddati davomida sistematik tarzda xarajatlarga olib borishdir.
Haqqoniy qiymat - bu baholash sanasida bozor ishtirokchilari o’rtasidagi
odatdagi operatsiyada aktivni sotishda olinishi mumkin bo’lgan yoki majburiyatni
o’tkazishda to’lanishi mumkin bo’lgan narxdir (MHXS 13 “Haqqoniy qiymatni
baholash” ga qarang).
Qadrsizlanish zarari - bu aktivning yoki pul mablag’larini hosil qiladigan
birlikning balans qiymatining uning qoplanadigan qiymatidan oshgan qismidir.
Aktivning yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning qoplanadigan
qiymati - bu uning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati bilan
uning foydanalishdagi qiymati o’rtasidagi yuqorirog’i hisoblanadi.
Foydali xizmat muddati - bu:
(a) aktiv tadbirkorlik sub’ekti tomonidan foydalanilishi kutilgan muddat; yoki
(b) tadbirkorlik sub’ekti tomonidan aktivdan olinishi kutilgan ishlab chiqarish
yoki o’xshash birliklar miqdori.
Foydalanishdagi qiymat - bu aktivdan yoki pul mablag’larini hosil qiladigan
birlikdan olinishi kutilgan kelgusi pul oqimlarining keltirilgankeltirilgan qiymatidir.
faol bozor - Aktiv yoki majburiyat bo’yicha operatsiyalar ukluksiz ravishda
narxlash ma’lumotlarini ta’minlash uchun yetarli davriylik va hajmda sodir
bo’ladigan bozordir.
tannarx usuli- Aktivning xizmat ko’rsatish quvvatini almashtirish uchun joriy
paytda talab etilishi mumkin bo’lgan summani aks ettiradigan baholash usulidir (ko’p
hollarda joriy almashtirish qiymati deb yuritiladi).
kirish narxi- Ayirboshlash operatsiyasida aktivni sotib olishda to’langan yoki
majburiyatni zimmaga olishda olingan narxdir.
chiqish narxi- Aktivni sotish uchun olinishi yoki majburiyatni o’tkazish uchun
to’lanishi mumkin bo’lgan narxdir
kutilgan pul oqimi- Ehtimoliy kelugsi pul oqimlarining ehtimolga-tortilgan
o’rtachasi (ya’ni taqsimotning o’rtachasi).
162
Do'stlaringiz bilan baham: |