Standartlari



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/301
Sana01.01.2022
Hajmi5,36 Mb.
#302171
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   301
Bog'liq
Kurr

3- misol. 

2011 yil 1 iyulda kompaniya kechiktirib to’lash sharti bilan uskunani sotib oldi. 

Shartnoma shartlariga ko’ra 188600 sh.b. to’lov 20x2 yil 30 iyunda amalga oshiriladi. 

Agar uskunani hozir sotib olinsa 164000 sh.b. to’lanadi.  

Kompaniya uskunani sotib olish paytida quyidagi provodka beriladi: 

Dt Asosiy vositalar   164000 

 

Kt Mol yetkazib beruvchilarga to’lanadigan schyotlar 164000 



Har oyda kompaniya foiz xarajatlarini tan olib boradi: 

Dt Foiz xarajatlari   2050 

 

Kt Kt Mol yetkazib beruvchilarga to’lanadigan schyotlar 2050 



(188600-164000)/12=2050 

Asosiy  vositalarning  bir  yoki  undan  ko’p  ob’ekti  nomonetar  aktiv  yoki 

aktivlarga  almashtirish,  yoki  monetar  va  nomonetar  aktivlarning  guruhiga 

almashtirish  orqali  sotib  olinishi  mumkin.  Quyida  ko’rib  chiqilgan  qoidalar  bitta 

nomonetar aktivni boshqa nomonetar aktivga almashtirishga hamda yuqoridagi gapda 

tavsiflangan  barcha  almashishlarga  nisbatan  qo’llaniladi.  Bunday  asosiy  vosita 

ob’ektining tannarxi uning haqqoniy qiymatida baholanadi, bundan quyidagi holatlar 

istisno:    (a)  almashish  operatsiya  tijorat  maqsadlarida  foyda  olish  uchun  amalga 

oshirilayotgan  bo’lmasa  yoki  (b)  olingan  yoki  berilgan  aktivning  haqqoniy  qiymati 

ishonchli  tarzda  baholana  olmasa.  Olingan  aktiv  uning  haqqoniy  qiymatida 

baholanadi,  agar  tadbirkorlik  sub’ekti  beriladigan  aktivni  darhol  hisobdan  chiqara 

olmasa.  Agar  olingan  aktiv  haqqoniy  qiymatida  baholana  olmasa,  uning  tannarxi 

bo’lib beriladigan aktivning balans qiymati xizmat qiladi.  

Tadbirkorlik sub’ekti almashish operatsiyasi tijorat maqsadlariga ega bo’lishini 

kelgusi pul oqimlari operatsiyaning natijasini qay darajada o’zgartirishi mumkinligini 

inobatga  olgan  holda  aniqlaydi.  Almashish  operatsiyasi  tijorat  maqsadlariga  ega 

bo’ladi, agar:  

(a) 


olingan aktiv bo’yicha pul oqimlarining tuzilishi (ya’ni riski, muddati va 

summasi) berilgan aktiv bo’yicha pul oqimlarining tuzilishidan farq qilsa; yoki  

(b) 

tadbirkorlik  sub’ektining  operatsiya  ta’sir  qilgan  faoliyati  qismining 



tadbirkorlik sub’ektiga xos bo’lgan qiymati almashish natijasida o’zgarsa; va 

(v) 


(a) yoki (b) dagi  farq almashtiriladigan aktivlarning  haqqoniy qiymatiga 

nisbatan katta bo’lsa. 

Almashish  operatsiyasi  tijorat  maqsadlariga  ega  ekanligini  aniqlash  uchun, 

tadbirkorlik  sub’ektining  operatsiya  ta’sir  qilgan  faoliyati  qismining  tadbirkorlik 

sub’ektiga xos bo’lgan qiymati  soliq solingandan keyingi pul oqimlarini aks ettirishi 

kerak.  Bunday  tahlilning  natijasi  batafsil  hisob-kitoblar  amalga  oshirilmasdan  aniq 




 

 

82 



 

bo’lishi mumkin. 

Aktivning  haqqoniy qiymatini  ishonchli tarzda baholash  mumkin bo’ladi, agar 

(a)  haqqoniy  qiymatlarning  ishonchli  baholanishidagi  o’zgaruvchanlik  ushbu  aktiv 

uchun katta bo’lmasa yoki (b)  haqqoniy qiymatni baholashda diapazon ichidagi turli 

baholangan  qiymatlarning  ehtimollik  darajalari  ishonchli  tarzda  baholanishi  va 

ishlatilishi mumkin bo’lsa. Agar tadbirkorlik sub’ekti olingan yoki berilgan aktivning 

haqqoniy qiymatini  ishochli tarzda baola olsa, olingan aktivning tannarxini baholash 

uchun berilgan aktivning haqqoniy qiymati olinadi, biroq olingan aktivning haqqoniy 

qiymati aniqroq holda ayon bo’lmasa. 




Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish