74
O’rtacha qiymat birlik = (200x15+380x15,1+270x15,3) / (200+380+270) =
15.14 sh.b.
Sotilgan = (160+50+560) x 15.14 = 11657.80 sh.b.
Qoldiq =200x15+380x15,1+270x15,3 – 11657.8 sh.b.= 1211.20 sh.b.
Odatda bir-birini o’rnini bosmaydigan (bir-birini almashtira olmaydigan)
TMZlar moddalarining hamda maxsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan va
ajratilgan tovarlar va xizmatlarning tannarxi ularga tegishli alohida xarajatlarning
maxsus aniqlanishi yo’li bilan baholanadi.
Tannarxni maxsus aniqlanishi deganda alohida xarajatlarning tovar-moddiy
zaxiralarning alohida aniqlangan moddalariga olib borilishi tushuniladi. Bu maxsus
loyiha uchun ajratilgan TMZlarni hisobga olishda, ular sotib olingan yoki ishlab
chiqarilgan bo’lishidan qat’iy nazar, to’g’ri yondashuv hisoblanadi. Ammo, ko’p
miqdordagi, odatda bir-birini o’rnini bosadigan TMZlar moddalari mavjud
bo’lganida, xarajatlarning maxsus aniqlanishi noo’rin hisoblanadi. Bunday hollarda,
foyda yoki zarar shakllanishida oldindan belgilangan natijalarga erishish maqsadida
tovar-moddiy zaxiralarda qoladigan moddalarni tanlash usulini qo’llash mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi birinchi-kirim, birinchi-chiqim (FIFO) usuli
yoki o’rtacha tortilgan qiymat formulasi orqali aniqlanishi lozim. Xo’jalik sub’ekti,
uning uchun bir xil xususiyatga ega bo’lgan va bir xil tarzda foydalaniladigan barcha
tovar-moddiy zaxiralar bo’yicha bir xil tannarxni aniqlash formulasidan foydalanishi
shart. Har xil xususiyatga ega bo’lgan va har xil yo’nalishda ishlatiladigan tovar-
moddiy zaxiralar uchun har xil tannarxni aniqlash formulalaridan foydalanish
mumkin.
Masalan, tovar-moddiy zaxiralardan bitta operatsion segmentida foydalanish
tarzi xo’jalik sub’ektining boshqa operatsion segmentida shu turdagi tovar-moddiy
zaxiralardan foydalanish tarzidan farqlanishi mumkin. Ammo, tovar-moddiy
zaxiralarning geografik joylashuvidagi (yoki soliq qoidalariga nisbatan) farq o’z-
o’zidan har xil tannarx formulalaridan foydalanishga asos bo’la olmaydi.
Tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi agar ushbu zaxiralar shikastlangan, yohud
butunlay yoki qisman eskirgan, yoki ularning sotish narxlari kamaygan bo’lsa,
qoplanmasligi mumkin. Tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi, shuningdek, ishlab
chiqarishni oxiriga yetkazish bo’yicha baholangan xarajatlar yoki sotuvni amalga
oshirish bo’yicha baholangan xarajatlar oshgan taqdirda ham koplanmasligi mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralar qiymatini tannarxdan past bo’lgan sof sotish qiymatigacha
kamaytirish amaliyoti shunday nuqtai nazar bilan to’g’ri keladiki, bunda aktivlar
ularning sotilishi yoki foydalanishidan olinishi kutilayotgan summadan oshmagan
qiymatda hisobga olinishi zarur.
Odatda tovar-moddiy zaxiralar moddama-modda sof sotish qiymatigacha
kamaytiriladi. Ammo ayrim hollarda, bir xil yoki o’zaro bog’liq moddalarni
guruhlashtirish o’rinli bo’lishi mumkin. Bu tovar-moddiy zaxiralarning bir xil
maqsadda yoki bir xil yakuniy iste’molchilar uchun ishlab chiqariladigan, bir xil
geografik hududda ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot turi bilan bog’liq
bo’lgan, hamda ushbu mahsulot turiga kiradigan boshqa moddalardan amalda alohida
75
baholana olmaydigan moddalariga tegishli bo’lishi mumkin. Tovar-moddiy
zaxiralarning tannarxini, ularning tasniflanishi, masalan, tayyor mahsulotlar yoki
ma’lum bir operativ segmentdagi barcha tovar-moddiy zaxiralar, asosida kamaytirish
noto’g’ridir. Xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar odatda alohida sotish nahi
belgilanadigan har bir xizmat bo’yicha xarajatlarni to’playdilar. Shu tufayli, har bir
bunday xizmatga alohida modda sifatida qaraladi.
Sof sotish qiymatining baholanishi sotilishi kutilayotgan tovar-moddiy
zaxiralarning summasi baholangan paytida mavjud bo’lgan eng ishonchli dalillarga
asoslanadi. Bunday baholashda, davr tugashidan keyin ro’y beradigan hodisalar bilan
bevosita bog’liq bo’lgan narxning yoki tannarxning o’zgarishlari hisobga olinadi,
agar bunday hodisalar davr oxiriga mavjud bo’lgan shart-sharoitlarni tasdiqlasa.
Tovar-moddiy zaxiralar sotilganida, ushbu zaxiralarning balans qiymati xarajat
sifatida, ular bilan bog’liq bo’lgan daromad tan olinadigan davrda, tan olinishi lozim.
Har qanday tovar-moddiy zaxirani sof sotish qiymatigacha kamaytirish summasi va
zaxiralar bo’yicha yo’qotishlar ushbu kamaytirish yoki yo’qotish ro’y bergan davrda
xarajat sifatida tan olinishi lozim. Sof sotish qiymatining oshishi natijasida kelib
chiqadigan tovar-moddiy zaxiralarini kamaytirishning har qanday qayta tiklash
summasi, xarajat bo’lib tan olingan TMZlar summasining kamayishi sifatida bunday
qayta tiklash ro’y bergan davrda tan olinishi lozim.
Ba’zi tovar-moddiy zaxiralarning qiymati boshqa aktivlar schyotlariga olib
borilishi mumkin, masalan, o’z kuchi bilan qurilgan asosiy vositaning tarkibiy qismi
sifatida. Bunday usul bilan boshqa aktivlarga kiritilgan tovar-moddiy zaxiraning
qiymati, ushbu aktivdan foydalanish muddati davomida xarajat sifatida tan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: