2.3. BHXS (IAS) 8 “Hisob siyosatlari, hisoblab chiqilgan baholardagi
o’zgarishlar va xatolar”
BHXS (IAS) 8 “Hisob siyosatlari, buxgalteriya hisobi maqsadida
baholashlardagi o’zgarishlar va xatolar” nomli standartning maqsadi hisob siyosatini
tanlash va o’zgartirish uchun mezonlarni o’rnatish hamda hisob siyosatidagi
o’zgarishlar, buxgalteriya hisobi maqsadida baholashlardagi o’zgarishlar va xatolarni
tuzatishni hisobga olish tartibini va ularga tegishli oshkor qilinadigan ma’lumotni
belgilashdan iboratdir. Ushbu Standart xo’jalik sub’ektining moliyaviy hisobotlarida
aks ettirilgan axborotning o’rinliligi va ishonchliligi hamda bu moliyaviy
hisobotlarining davrlaro va boshqa xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy hisobotlari
bilan qiyosiyligini oshirishga qaratilgan.
44
Mazkur Standart hisob siyosatini tanlashda va qo’llashda, shuningdek hisob
siyosatidagi
o’zgarishlarni, buxgalteriya hisobi maqsadida baholashlardagi
o’zgarishlarni va oldingi davr xatolarini tuzatishni hisobga olishda qo’llanilishi kerak.
Oldingi davr xatolarini tuzatishning va hisob siyosatidagi o’zgarishlarni
qo’llash uchun qilingan retrospektiv tuzatishlarning soliqlarga bo’lgan ta’siri MHXS
12 “Daromad soliqlari”ga muvofiq hisobga olinadi va oshkor etiladi.
Qandaydir MHXS operatsiyaga, boshqa hodisaga yoki sharoitga aniq tegishli
bo’lganida, unga nisbatan qo’llaniladigan hisob siyosati yoki siyosatlari ushbu
MHXSni qo’llash bilan aniqlanishi kerak.
Operatsiya, boshqa hodisa yoki sharoitga aniq tegishli bo’lgan MHXS mavjud
bo’lmaganida, xo’jalik sub’ektining rahbariyati qo’yidagi xususiyatlarga ega bo’lgan
axborotni shakllantiradigan hisob siyosatini ishlab chiqish va qo’llashda o’z hukmini
chiqarishi kerak:
(a)
foydalanuvchilarning iqtisodiy qarorlarni qabul qilish bilan bog’liq
talablari uchun o’rinli bo’lgan; va
(b)
moliyaviy hisobotlar quyidagilarni ta’minlagani tufayli ishonchli
bo’lgan:
-
xo’jalik sub’ektining moliyaviy holati, moliyaviy natijalari va pul
oqimlarini ishonchli ko’rsatadi;
-
operatsiyalar, boshqa hodisalar va sharoitlarning nafaqat yuridik shakli,
balki iqtisodiy mohiyatini aks ettiradi;
-
betaraf, ya’ni xolis;
-
ehtiyotkor; va
-
hamma ahamiyatli tomondan to’liq.
Yuqorida qayd qilinganidek hukm chiqarishda, rahbariyat quyidagi manbalarga
qarashi va ularning qo’llanilishi mumkinligini pasayib boruvchi tartibda ko’rib
chiqishi kerak:
(a)
MHXSlarda shunga o’xshash yoki bog’liq masalalarga tegishli talablar;
(b) Kontseptual asoc
keltirilgan aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlarning
ta’riflari, tan olish mezonlari va baholash kontseptsiyalari.
Hukm chiqarishda, rahbariyat, shuningdek, standartlarni o’rnatadigan va
buxgalteriya hisobi bo’yicha standartlarni ishlab chiqishda o’xshash kontseptual
asosdan, boshqa buxgalterlik adabiyotlardan va ushbu sohada qabul qilingan
amaliyotlardan foydalanadigan boshqa idoralar tomonidan eng so’nggi chiqarilgan
standart tusidagi hujjatlarni e’tiborga olishi mumkin.
Xo’jalik sub’ekti o’xshash operatsiyalar, boshqa hodisalar va sharoitlarga
tegishli hisob siyosatlarini izchil ravishda tanlashi va qo’llashi kerak, agar qandaydir
MHXS moddalarning har xil hisob siyosatlari to’g’ri kelishi mumkin bo’lgan
toifalarga bo’linishini alohida talab etmasa yoki ruxsat etmasa. Agar qandaydir
MHXS moddalarning bunday toifalarga bo’linishini talab etsa yoki ruxsat etsa,
bunday har bir toifaga tegishli bo’lgan hisob siyosati izchil ravishda tanlanishi va
qo’llanilishi kerak.
Xo’jalik sub’ekti hisob siyosatini faqat qo’yidagi hollarda o’zgartirishi kerak:
(a)
agar o’zgartirish MHXS tomonidan talab etilsa; yoki
45
(b)
agar o’zgartirishning natijasida moliyaviy hisobotlarda xo’jalik
sub’ektining moliyaviy holatiga, moliyaviy natijalariga yoki pul oqimlariga
operatsiyalarning, boshqa hodisalarning va sharoitlarning ta’siri to’g’risida ishonchli
va o’rinliroq ma’lumotlar aks ettirilsa.
Quyidagilar hisob siyosatidagi o’zgarish bo’lib hisoblanmaydi:
(a)
oldin sodir bo’lgan operatsiyalar, boshqa hodisalar yoki sharoitlardan
mohiyati bo’yicha farqlanadigan operatsiyalar, boshqa hodisalar yoki sharoitlarga
nisbatan qandaydir hisob siyosatini qo’llash; va
(b)
oldin sodir bo’lmagan yoki ahamiyatsiz darajadagi bo’lgan operatsiyalar,
boshqa hodisalar yoki sharoitlarga nisbatan yangi hisob siyosatini qo’llash.
MHXS 16 “Asosiy vositalar” yoki MHXS 38 “Nomoddiy aktivlar”ga muvofiq
aktivlarni qayta baholash siyosatini birinchi marta qo’llash – mazkur standartga
muvofiq emas, balki MHXS 16 yoki MHXS 38ga muvofiq qayta baholash sifatida
qaraladigan hisob siyosatidagi o’zgarish bo’lib hisoblanadi.
Istisno holatlarini hisobga olgan holda:
(a)
xo’jalik sub’ekti qandaydir MHXSni birinchi marta qo’llashi natijasida
yuzaga keladigan hisob siyosatidagi o’zgarishni ushbu MHXSda belgilangan, agar
belgilangan bo’lsa, maxsus o’tish qoidalariga muvofiq hisobga olishi kerak; va
(b)
agar qandaydir MHXSda qilinayotgan o’zgarishga tegishli bo’lgan
maxsus o’tish qoidalari belgilanmagan bo’lib, xo’jalik sub’ekti ushbu MHXSni
birinchi marta qo’llash paytida hisob siyosatini o’zgartirsa, yoki u hisob siyosatini
ihtiyoriy ravishda o’zgartirsa, bunda ushbu xo’jalik sub’ekti hisob siyosatidagi
o’zgarishlarni retrospektiv tarzda qo’llashi kerak.
Istisno holatlarini hisobga olgan holda, hisob siyosatidagi o’zgarish
retrospektiv tarzda qo’llanilganida, xo’jalik sub’ekti taqdim qilingan oldingi
davrlarning eng dastlabki davri uchun ushbu o’zgarish ta’sir qilgan kapitaldagi
tarkibiy qismlarning boshlang’ich qoldiqlariga va har bitta taqdim qilingan oldingi
davr uchun oshkor qilingan boshqa qiyosiy ma’lumotlarga, xuddi yangi hisob siyosati
hamma vaqt qo’llanilganidek qilib, tuzatish kiritishi kerak.
Hisob siyosatidagi o’zgarish retrospektiv tarzda qo’llanilishi kerak, bundan
o’zgarishning biror-bir davrga tegishli ta’sirini yoki yig’ilgan ta’sirini aniqlashni
amaliy iloji yo’q bo’lgan holatlar istisno.
Hisob siyosatidagi o’zgarishning taqdim qilingan bir yoki undan ortiq oldingi
davrlar uchun qiyosiy ma’lumotga nisbatan biror-bir davrga tegishli bo’lgan ta’sirini
aniqlashni amaliy iloji yo’q bo’lganida, xo’jalik sub’ekti yangi hisob siyosatini
retrospektiv qo’llashni amaliy iloji bo’lgan davrlardan eng birinchi davri, bu joriy
davr ham bo’lishi mumkin, boshiga bo’lgan aktivlar va majburiyatlarning balans
qiymatiga nisbatan qo’llashi kerak, hamda ushbu davrdagi kapitalning ta’sir qilingan
har qanday tarkibiy qismining boshlang’ich qoldig’iga tegishli tuzatish kiritishi
lozim.
Joriy davrning boshida yangi hisob siyosatini hamma oldingi davrlarga
nisbatan qo’llashning yig’ilgan ta’sirini aniqlashni amaliy iloji bo’lmasa, xo’jalik
sub’ekti yangi hisob siyosatini qo’llashni amaliy iloji paydo bo’lgan eng dastlabki
sanadan boshlab istiqbolli qo’llash maqsadida, qiyosiy ma’lumotlarga tuzatish
46
kiritishi kerak.
Qandaydir MHXSni birinchi marta qo’llash joriy davrga va har qanday oldingi
davrga ta’sir qilganida, yoki ushbu davrga ta’sir qilishi mumkin bo’lganida, yoki
kelgusi davrlarga ta’sir qilishi mumkin bo’lganida, bundan tuzatish summasini
aniqlashni amaliy iloji yo’q bo’lgan holatlar istisno, xo’jalik sub’ekti quyidagilarni
oshkor etishi kerak:
(a)
ushbu MHXSning nomi;
(b)
o’rinli bo’lsa, hisob siyosatidagi o’zgarish ushbu standartning o’tish
qoidalariga muvofiq amalga oshirilganligi;
(v)
hisob siyosatidagi o’zgarishning xususiyati;
(g)
tegishli bo’lganda, o’tish qoidalarining tavsifi;
(d)
tegishli bo’lganda, kelgusi davrlarga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan o’tish
qoidalari;
(e)
joriy davr va har bir taqdim etilgan oldingi davr uchun, iloji boricha,
quyidagilar bo’yicha tuzatish summasi:
-
moliyaviy hisobotning ta’sir ko’rsatilgan har qanday moddasi; va
-
agar MHXS 33 “
Do'stlaringiz bilan baham: |