Tovar-moddiy zaxiralar”
ga muvofiq,
tovarlar, ishlab chiqarish zaxiralari, xom-ashyolar, tugallanmagan ishlab chiqarish va
tayyor mahsulotlar kabi tasniflarga ajratiladi;
(g)
zaxiralar (rezervlar) xodimlarga haq to’lash bo’yicha zaxiralar va boshqa
moddalarga ajratiladi; va
(d)
aktsiyadorlik kapitali va zaxiralar (rezervlar) to’langan kapital,
qo’shilgan kapital va zaxiralar kabi har xil turkumlarga ajratiladi.
Xo’jalik sub’ekti, yoki moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda yoki kapitaldagi
o’zgarishlar to’g’risidagi hisobotda, yoki izohlarda, quyidagilarni oshkor etishi lozim:
(a)
aktsiyadorlik kapitalining har bir turkumi bo’yicha:
- chiqarishga ruxsat etilgan aktsiyalar miqdori;
- chiqarilgan va to’liq to’langan aktsiyalar soni hamda chiqarilgan ammo
to’liq to’lanmagan aktsiyalar soni;
- har bir aktsiyaning nominal qiymati, yoki aktsiyalar nominal qiymatga ega
emasligi;
- muomaladagi aktsiyalar sonining davr boshiga va oxiriga solishtirmasi;
- ushbu turkumga biriktiriladigan huquqlar, imtiyozlar va cheklovlar,
jumladan dividendlarni taqsimlash va kapitalni qaytarish bo’yicha cheklovlar,
- xo’jalik sub’ekti yoki uning shu’ba yoki qaram xo’jalik jamiyatlari egalik
qilayotgan xo’jalik sub’ektidagi hissalari; va
- optsionlar va aktsiyalarni sotish shartnomalari bo’yicha chiqarish uchun
saqlanayotgan aktsiyalar, shu jumladan ularning shartlari va summalari; va
(b)
kapitaldagi har bir zahira xususiyati va maqsadining tavsifi.
Aktsiyadorlik kapitaliga ega bo’lmagan xo’jalik sub’ekti, masalan shirkat yoki
trast, talab etilgan ekvivalent bo’lgan ma’lumotlarni oshkor etishi lozim, bunda
aktsiyadorlik ulushining har bir toifasidagi davr mobaynidagi o’zgarishlarni va
aktsiyadorlik ulushining har bir toifasiga biriktiriladigan huquqlar, imtiyozlar va
cheklovlarni aks ettirgan holda.
Agarda xo’jalik sub’ekti:
(a)
ulushli instrument sifatida tasniflangan qayta sotiladigan moliyaviy
instrumentni, yoki
35
(b)
faqat likvidatsiya jarayonida xo’jalik sub’ektiga uning sof aktivlaridagi
proportsional ulushni boshqa tomonga yetkazib berish majburiyatini yuklaydigan va
ulushli instrument sifatida tasniflanadigan instrumentnimoliyaviy majburiyatlardan
kapitalga yoki kapitaldan moliyaviy majburiyatlarga qayta tasniflaganida, u bir
toifadan boshqa toifaga qayta tasniflangan summani (moliyaviy majburiyatlardan
kapitalga yoki kapitaldan moliyaviy majburiyatlarga) hamda ushbu qayta
tasniflashning vaqtini va sababini oshkor etishi lozim.
Foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlar to’g’risidagi hisobot
(umumlashgan daromadlar to’g’risidagi hisobot), foyda yoki zarar va boshqa
umumlashgan daromadlar boblariga qo’shimcha tarzda, quyidagilarni taqdim etishi
lozim:
(a)
foyda yoki zarar;
(b)
jami boshqa umumlashgan daromadlar;
(v)
jami foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlarni qamrab
olgan holda, davr uchun umumlashgan daromadlar.
Agar xo’jalik sub’ekti alohida foyda yoki zarar to’g’risidagi hisobotni taqdim
etsa, u umumlashgan daromadlarni aks ettiradigan hisobotda foyda yoki zarar
bo’limini taqdim etmaydi.
Xo’jalik sub’ekti, foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlar
BOBlariga qo’shimcha tarzda, davr foydasi yoki zarari va boshqa umumlashgan
daromadlarining taqsimlanishi sifatida quyidagi moddalarni oshkor etishi lozim:
(a) quyidagilarga tegishli bo’lgan davr foydasi yoki zarari:
-
nazorat huquqini bermaydigan ulushlar, va
-
bosh xo’jalik sub’ektining mulk egalari.
(b) davr uchun quyidagilarga tegishli bo’lgan umumlashgan daromadlar:
-
nazorat huquqini bermaydigan ulushlar;
-
bosh xo’jalik sub’ektining mulk egalari.
Agarda xo’jalik sub’ekti foyda yoki zararni alohida hisobotda taqdim etsa, u (a)
ni ushbu hisobotda taqdim etishi lozim.
Boshqa MHXSlarda talab etilgan moddalarga qo’shimcha tarzda, foyda yoki
zarar bo’limi yoki foyda yoki zarar to’g’risidagi hisobot davr uchun quyidagi
summalarni aks ettiradigan, satrlarda ko’rsatiladigan moddalarini o’z ichiga olishi
lozim:
(a)
asosiy faoliyatdan olinadigan daromad;
(b)
amortizatsiyalangan qiymat bo’yicha hisobga olinadigan moliyaviy
aktivlarni tan olishni to’xtatishdan yuzaga keladigan foyda va zararlar;
(v)
moliyaviy xarajatlar;
(g)
ulushli ishtirok usuli bo’yicha hisobga olingan qaram xo’jalik
jamiyatlarining va qo’shma korxonalarining foyda yoki zararidagi ulushi;
(d)
agar moliyaviy aktiv qayta tasniflanib, haqqoniy qiymat bo’yicha
hisobga olinadigan bo’lsa, oldingi balans qiymati bilan uning qayta tasniflash
sanasidagi haqqoniy qiymati o’rtasidagi farqdan yuzaga keladigan har qanday foyda
yoki zarar (MHXS 9 da ta’riflanganidek);
(e)
soliq xarajati;
36
(j)
jami tugatilgan faoliyatlar bo’yicha yagona summa (MHXS 5 ga
qarang).
Boshqa umumlashgan daromadlar bo’limi davr uchun boshqa umumlashgan
daromadlarning satrlarda ko’rsatiladigan moddlarini taqdim etishi lozim, bunda ular
xususiyati bo’yicha tasniflangan (jumladan, ulushli ishtirok etish usuli bo’yicha
hisobga olingan qaram xo’jalik jamiyatlarining va qo’shma korxonalarning boshqa
umumlashgan daromadlaridagi ulushi) va shunday guruhlarga guruhlangan bo’lishi
kerakki, ular boshqa MHXSlarga muvofiq:
(a)
keyinchalik foyda yoki zararg sifatida qayta tasniflanmaydi; va
(b)
muayyan shartlar bajarilgandan keyin foyda yoki zarar sifatida qayta
tasniflanadi.
Xo’jalik sub’ekti foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlarni aks
ettiradigan hisobot(lar)da qo’shimcha satrlarda ko’rsatiladigan moddalarini,
sarlavhalarni va jamilarni taqdim etishi lozim, qachonki bunday taqdimot xo’jalik
sub’ektining moliyaviy natijalarini tushunishda o’rinli bo’lsa.
Xo’jalik sub’ekti foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlarni aks
ettiradigan hisobot(lar)da yoki izohlarda daromad yoki xarajatning har qanday
moddalarini favqulodda moddalar sifatida aks ettirmasligi lozim.
MHXS boshqa hollarda talab etilmaguncha yoki ruxsat berilmaguncha, xo’jalik
sub’ekti davr uchun daromad va xarajatning barcha moddalarini foyda yoki zararda
tan olishi lozim.
Xo’jalik sub’ekti boshqa umumlashgan daromadlarning har bir moddasiga
tegishli daromad solig’i miqdorini, jumladan qayta tasniflash bo’yicha tuzatishlarini,
foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlar to’g’risidagi hisobotda yoki
izohlarda oshkor etishi lozim.
Xo’jalik sub’ekti boshqa umumlashgan daromadlarning moddalarini:
(a)
tegishli soliq ta’sirlarini chegirgan holda, yoki
(b)
ushbu moddalarning ularga tegishli daromad solig’i solinguncha bo’lgan
qiymatini alohida va umumiy daromad solig’ining yagona summasini alohida
ko’rsatgan holda taqdim etishi mumkin.
Agar xo’jalik sub’ekti (b) muqobilini tanlasa, u soliq summasini foyda yoki
zarar bo’limiga keyinchalik qayta tasniflanishi mumkin bo’lgan moddalar va foyda
yoki zarar bo’limiga keyinchalik qayta tasniflanmaydigan moddalar o’rtasida
taqsimlashi lozim.
Xo’jalik sub’ekti boshqa umumlashgan daromadlarning tarkibiy qismlariga
tegishli bo’lgan qayta tasniflash bo’yicha tuzatishlarni oshkor etishi lozim.
Daromad yoki xarajat moddalari ahamiyatli bo’lsa, xo’jalik sub’ekti ularning
xususiyatini va summasini alohida oshkor etishi lozim.
Daromad va xarajat moddalarining alohida oshkor etilishini talab etishi
mumkin bo’lgan holatlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
(a)
tovar-moddiy zahiralarni sof sotish qiymatigacha yoki asosiy vositalarni
qoplanadigan summasigacha kamaytirish hamda bunday kamaytirishlarning qayta
tiklanishi holati;
(b)
xo’jalik sub’ekti faoliyati restrukturizatsiyasi va restrukturizatsiya x
37
xarajatlari bo’yicha qilingan har qanday zaxiralarning tiklanishi;
(v)
asosiy vositalar moddalarining hisobdan chiqarilishi;
(g)
investitsiyalarning hisobdan chiqarilishi;
(d)
tugallangan faoliyatlar;
(e)
sud jarayonidagi hisob-kitoblar; va
(j) qilingan zaxiralarning boshqa qayta tiklanishi.
Xo’jalik sub’ekti foyda yoki zararda tan olingan xarajatlar tahlilini ularning
xususiyatiga yoki xo’jalik sub’ektidagi vazifasidan kelib chiqqan tasniflashdan
foydalangan holda, bunda qaysi biri ishonchli va o’rinliroq ma’lumotlarni
ta’minlashiga qarab, taqdim etishi lozim.
Xarajatlar, moliyaviy natijalarning tarkibiy qismlarini ajratib ko’rsatish
maqsadida, tez-tez takrorlanishi, foyda yoki zarar keltirish potentsiali va ularni
oldindan bilish mumkinligiga qarab farqlanishi mumkin bo’lgan ikkilamchi
turkumlarga tasniflanadi. Bunday tahlil ikkita shakldan birida ta’minlanadi.
Tahlilning birinchi shakli «xarajatning xususiyati» bo’yicha tasniflash usulidir.
Xo’jalik sub’ekti xarajatlarni foyda yoki zararda ularning xususiyatiga (masalan,
eskirish, xom-ashyolar xaridi, transport xarajatlari, xodimlarga haq to’lash va
reklama xarajatlari) qarab birlashtiradi va ularni xo’jalik sub’ektidagi funktsiyalar
bo’yicha qayta taqsimlamaydi. Ushbu usul qo’llash uchun oddiy bo’lishi mumkin,
chunki xarajatlarni funktsional turkumlarga taqsimlash zaruriyati yo’q. Xarajatning
xususiyati bo’yicha tasniflash usulini qo’llagan holda tasniflashga misol quyida
keltirilgan:
Tahlilning ikkinchi shakli «xarajatning funktsiyasi» yoki «sotish tannarxi»
usuli bo’lib, u xarajatlarni sotish tannarxining tarkibiy qismi sifatida ularning
vazifasiga qarab tasniflaydi, masalan, sotish yoki ma’muriy xarajatlari. Xo’jalik
sub’ekti ushbu usulda kamida o’zining sotish tannarxini boshqa xarajatlardan alohida
oshkor etadi. Ushbu usul foydalanuvchilarga xarajatlarning xususiyati bo’yicha
tasniflanishiga nisbatan o’rinliroq ma’lumotlarni ta’minlashi mumkin, ammo
xarajatlarni vazifalarga qarab taqsimlash ixtiyoriy taqsimlashlarni va ancha hukm
chiqarishni talab etishi mumkin. Xarajatning funktsiyasi bo’yicha tasniflash usulini
qo’llagan holda tasniflashga misol quyida keltirilgan:
Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar
X
Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar
X
Boshqa daromadlar
X
Tayyor mahsulotlar zaxiralaridagi va tugallanmagan
ishlab chiqarishdagi o’zgarishlar
X
Foydalanilgan xom-ashyolar va materiallar
X
Xodimlarga haq to’lash xarajatlari
X
Eskirish va amortizatsiya xarajatlari
X
Boshqa xarajatlar
X
Jami xarajatlar
(X)
Soliqqacha bo’lgan foyda
X
38
Sotish tannarxi
(X)
Yalpi foyda
X
Boshqa daromadlar
X
Sotish xarajatlari
(X)
Ma’muriy xarajatlar
(X)
Boshqa xarajatlar
(X)
Soliqqacha bo’lgan foyda
X
Xarajatlarni funktsiyasi bo’yicha tasniflaydigan xo’jalik sub’ekti xarajatlarning
xususiyati, jumladan eskirish va amortizatsiya xarajatlari va xodimlarga haq to’lash
xarajatlari, bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlarni oshkor etishi lozim.
Kapitaldagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobot quyidagi ma’lumotlarni o’z
ichiga oladi:
(a)
davr uchun jami umumlashgan daromad, bunda uning bosh xo’jalik
sub’ekti egalariga va nazorat huquqini bermaydigan ulushlar egalariga tegishli jami
miqdorlarni alohida ko’rsatgan holda;
(b)
kapitalning har bir qismi uchun, MHXS 8 ga muvofiq tan olingan
retrospektiv qo’llashning yoki retrospektiv qayta hisoblashningta’sirlari; va
(v)
kapitalning har bir qismi uchun, davr boshidagi va oxiridagi balans
qiymati
o’rtasidagi solishtirma, bunda quyidagilardan yuzaga keladigan
o’zgarishlarni alohida oshkor etgan holda:
-
foyda yoki zarar;
-
boshqa umumlashgan daromadlar; va
-
mulk egalari bilan ularning mulk egalari sifatida amal qilishidagi
operatsiyalar, bunda mulk egalari tomonidan qilingan qo’yilmalarni va ularga
taqsimlanga summalarni hamda nazoratni yo’qotishga olib kelmaydigan sho’’ba
xo’jalik jamiyatlaridagi egalik ulushidagi o’zgarishlarni alohida ko’rsatgan holda.
Kapitalning har bir qismi bo’yicha xo’jalik sub’ekti yoki kapitaldagi
o’zgarishlar to’g’risidagi hisobotda yoki izohlarda, boshqa umumlashgan
daromadlarni moddama-modda tahlilini taqdim etishi lozim.
Xo’jalik sub’ekti yoki kapitaldagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobotda yoki
izohlarda, davr mobaynida mulk egalariga taqsimotlar sifatida tan olingan dividendlar
summasini va bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan dividendlar summasini taqdim etishi
lozim.
Pul
oqimlari
to’g’risidagi
ma’lumotlar,
moliyaviy
hisobotlardan
foydalanuvchilar xo’jalik sub’ektining pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarini
hosil qilish qobiliyatini hamda xo’jalik sub’ektining ushbu pul oqimlaridan
foydalanish ehtiyojini baholashi uchun asos yaratadilar. BHXS 7 pul oqimlari
to’g’risidagi ma’lumotlarini taqdim etish va oshkor etish uchun talablarni belgilaydi.
Foydalanuvchilar moliyaviy hisobotlarni tushunishi va ularni boshqa xo’jalik
sub’ektlarining moliyaviy hisobotlari bilan taqqoslashi oson bo’lishi uchun, xo’jalik
sub’ekti odatda izohlarni quyidagi tartibda taqdim etadi:
(a)
MHXSlarga muvofiqliq to’g’risida birdirish;
(b)
qo’llanilgan muhim hisob siyosatlarining qisqa bayoni;
39
(v)
moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotlarda, foyda yoki zarar va boshqa
umumlashgan daromadlar to’g’risidagi hisobot(lar)da, kapitaldagi o’zgarishlar
to’g’risidagi hisobotlarda va pul oqimlari to’g’risidagi hisobotlarda taqdim etilgan
moddalar bo’yicha yordamchi ma’lumotlar, bunda ularning tartibi har bir hisobot va
har bir modda taqdim etiladigan tartibda bo’ladi; va
(g)
boshqa oshkor etiladigan ma’lumotlar, jumladan:
-
shartli majburiyatlar (MHXS 37 ga qarang) va tan olinmagan shartnoma
majburiyatlari, va
-
nomoliyaviy oshkor etishlar, masalan xo’jalik sub’ektining moliyaviy
xatarni boshqarish maqsadlari va siyosatlar (MHXS 7 ga qarang).
Xo’jalik sub’ekti muhim hisob siyosatlarining qisqa bayonida quyidagilarni
oshkor etishi lozim:
(a)
moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda foydalanilgan baholash asoslari va
(b)
moliyaviy hisobotlarni tushunishda o’rinli bo’lgan qo’llanilgan boshqa
hisob siyosatlari.
Xo’jalik sub’ekti izohlarda quyidagilarni oshkor etishi lozim:
(a)
moliyaviy hisobotlarni chop etishga ruxsat etilishidan oldin taklif
qilingan yoki e’lon qilingan, ammo davr davomida mulk egalariga taqsimot sifatida
tan olinmagan dividendlar summasi hamda bunday dividendlarning bitta aktsiyaga
to’g’ri keladigan summasi; va
(b)
tan olinmagan har qanday kumulyativ imtiyozli dividendlar summasi.
Xo’jalik sub’ekti quyidagilarni oshkor etishi lozim, agarda moliyaviy
hisobotlar bilan chop etilgan biror ma’lumotlarda oshkor etilmagan bo’lsa:
(a)
xo’jalik sub’ektining doimiy yuridik adresi va uning yuridik shakli,
uning tashkil etilgan mamlakati, uning ro’yxatdan o’tgan ofisning manzili (yoki
biznesning asosiy joyi, agarda ro’yxatdan o’tgan ofisining adresidan farq qilsa);
(b)
xo’jalik sub’ekti operatsiyalari va asosiy faoliyati xususiyatining tavsifi;
(v)
guruhning bosh xo’jalik sub’ekti va yakuniy bosh xo’jalik sub’ektining
nomi; va
(g)
agar xo’jalik sub’ektining faoliyati muddati cheklangan bo’lsa, uning
faoliyatining muddati to’g’risidagi ma’lumotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |