Hisoblash –
daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida e‘tirof etiladi va kelgan
davrda tushishi yoki paydo bo‗lishiga qarab (pul mablag‗larini olish yoki to‗lash asosida emas)
moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi.
Ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish –
bitta operatsiya bo‗yicha bitta
summaning o‗zi buxgalteriya hisobining ikkita hisobvaraqlarida - bittasining debetida va
boshqasining kreditida aks ettiriladi.
Uzluksizlik – x
o‗jalik yurituvchi subyekt uzluksiz ishlaydigan, ya‘ni belgilangan
kelajakda ishlashni davom ettiradigan subyekt deb hisoblanadi. Uning o‗z faoliyatini tugatish
yoki faoliyat ko‗lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo‗q deb taxmin qilinadi.
Xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash –
barcha
operatsiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlardagi axborotlarni umumlashtirish maqsadida pul
bilan baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |