qaratilgan faol va inflyatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv
Antiinflyatsiya siyosati o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
-yalpi talabni tartibga solish;
-yalpi taklifni tartibga solish.
Keynschi iqtisodchilar birinchi yo‘nalish tarafdorlari bo‘lib, ular davlat
buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi
taklif darajasini ko‘tarish mumkin deb hisoblashadi. Hukumatnin bu tadbirlar
iqtisodiy pasayishni qisqartiradi va ishsizlikni kamaytiradi.
―Antiinflyatsiya siyosatining monetarstik yo‘nalishi tarafdorlari keyinchalik,
keynschilarning inflyatsiyaga qarshi kurash bo‘yicha takliflari doimo samara
beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan,
bir qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda
monetaristlar radikal asilinflyatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni
konfiskatsiya tipidagi pul islohoti o‘tkazish hisobiga cheklash va byudjet
taqchilligini ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi‖.
Monetaristlar inflyatsiya aynan pul bilan bog‘liq hodisa bo‘lganligi sababli
shok terapiyasi pul massasining o‘sish sur‘atlarini keskin qisqartiradi va
inflyatsiya sur‘atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo bunda ishlab chiqarish
keskin pasayishi va bandlilik qisqarishi mumkin.
Monetaristlar tomonidan taklif qilinayotgan Antiinflyatsiya siyosatining
yana bir ko‘rinishi - inflyatsiya sur‘atlarini asta sekinlik bilan pasaytirib borish (
graduallash ) usulidir. Bu usulda inflyatsiya sur‘atlari pul massasini ko‘p
marotalaba, lekin oz ozdan kamaytirish orqali pul massasining o‘sish sur‘atini
pasaytirishni ko‘zda tutadi. Graduallash usuli inflyatsiyani asta sekinlik bilan
pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkonini beradi.
Graduallash usulini qo‘llash pul massasi va baholar darajasining yillik
o‘sish sur‘ati 20-30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo‘ladi, deb hisoblanadi.
―Soliqlar tarkibini o‘zgartirish, yalpi soliq tushumlaridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri
soliqlarning ulushini kamaytirish, bilvosita soliqlar ulushini ko‘paytirish, soliq
stavkalarini pasaytirish, ularning rag‘batlantirish funksiyalarini kuchaytirish, davlat
byudjeti xarajatlarini pasaytirish kabilar ham inflyatsiyaga qarshi kurash tadbirlari
hisoblanadi‖.
Antiinflyatsiya siyosatining u yoki bu turini tanlash inflyatsiya
jarayonlarining xususiyatiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: