Mukammal narx (baho) diskriminatsiyasi siyosatini amalga oshirish
mobaynida narxli diskriminatsiyani amalga oshiruvchi monopolist ning eng
maqbul (optimal) ishlab chiqarish xajmi mukammal raqobat bozorining optimum
nuqtasi Q gacha kengayadi. Bu sharoitlarda monopolistning umumiy daromadi
butun iste‘mol oshiqchaligini o‗z ichiga oladi va kompaniya o‗ziga mumkin
bo‗lgan maksimal qo‗shimcha daromadni chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: