N. M. Kayumova


VI  BOB. AQLIY TARBIYA



Download 19,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/422
Sana01.01.2022
Hajmi19,29 Mb.
#301634
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   422
Bog'liq
мактабгача педагогика

VI 

BOB. AQLIY TARBIYA

 

Aqliy tarbiya haqida tushuncha

Aql  -   keng  ma'noda  sezish  va  idrok  etishdan  boshlanib 

tafakkur  va  hayotni  o'z  ichiga  oladigan  bilish  jarayonlari 

yig'indisidir.

Aqliy tarbiya -  bu aqlni rivojlantirish maqsadida yoshlarga 

muntazam  va  maqsadga  muvofiq  pedagogik  ta'sir  ko'rsatish. 

U  yosh  avlodning  insoniyat  to'plagan  bilimlar,  malaka  va 

ko'nikmalarda, qoidalarda o'z ifodasini topgan ijtimoiy-tarixiy 

tajribani  egallashning  rejali  jarayoni  sifatida  ro'y  beradi.  Bu 

ta'sir kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy 

rivojlanishini  ta'minlovchi  xilma-xil  vositalar,  metodlar,  sha­

roitlar yaratishni  o'z  ichiga  oladi.  Odamning aqli,  uning  aqliy 

rivojlanishi bilimlar hajmi, xususiyati va mazmunida namoyon 

bo'Iadi.  Ular  aqliy  faoliyatning  jo'shqinligida,  mustaqil  ijodiy 

bilishga intilishda o'z ifodasini topadi.

Aqliy faoliyat diqqatning har doim  ma'lum  maqsadga qara­

tilgan  bo'lishini talab  etadi.  Kishining  aqli  uning  asosiy  faoli­

yatida erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan belgilanadi.

Aqliy  tarbiyasi  yetuk,  o'tkir  zehnli,  zukko  va  zakovatli  in- 

sonlarni  xalqimiz  donishmand  kishilar  deb  ataydilar.  Donish- 

mandlik -  bu donolik. Donolik insonning eng buyuk va olijanob 

fazilatidir.  Donolik shunday bir noyob  ne’matdirki,  u  har kim- 

ga  ham  nasib  etavermaydi.  Shuning  uchun  bo'lsa  kerak,  xalq 

donoligida  «Aql  toji  oltindan,  oltin  har  kimda  ham  bo'lmas», 

deyiladi.

Insoniyat  paydo  bo'lgandan  beri  odamlar  orasida  yetishib 

chiqqan  barcha  olim-u  fozillar,  shoir-u  yozuvchilarning  bar- 

chasi  mukammal  ilm  egallash  orqali  o'z  davrining  e'tiborli 

kishilari darajasiga ko'tarilganlar.

Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Nasr  Forobiy,  Abu  Ali  ibn  Sino, 

Mahmud Koshg'ariy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqa- 

lar,  g'arb  olimlaridan  Yan  Amos  Komenskiy,  K.D.Ushinskiy,

153



J.J.Russo  va boshqalar mukammal  ilm  egallash  orqali  fanning 

barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar yaratganlar.

Tarixan ta'lim-tarbiya maxsus inson faoliyati sifatida shakl- 

lanib borish barobarida, ta'lim-tarbiya yakunida tarbiyalanuv- 

chining sifatlari, yani ta'limiy maqsadlar ham aniqlanib bordi.

Xitoyning Samarqanddagi elchisi Vey Sizinning hisobotlari- 

da:  «Samarqand aholisi mohir savdogarlardir.  O'g'il bola besh 

yoshga  to'lar  ekan,  unga  savod  o'rgata  boshlaydilar»,  -  deb 

qayd qilingan.

Zardushtiylik  dinining  muqaddas  kitobi  «Avesto»da  ham 

ta’lim-tarbiya  masalalariga  katta  ahamiyat  berilgan.  Unda 

«Tarbiya  hayotning  eng  muhim  tirgagi,  tayanchi  bo'lib  hisob- 

lanishi  lozim.  Har  bir  yoshni  shunday  tarbiyalash  lozimki,  u 

avvalo, yaxshi o'qishni keyin esa yozishni o'rganishi bilan eng 

yuksak pog'onaga ko'tarilsin» deyilgan.

Farobiy  ta'lim-tarbiyaga  bag'ishlangan  asarlarida  inson 

takomilida  ta'lim-tarbiyaning  muhimligi,  unda  nimalarga 

e'tibor berish zarurligi, ta'lim-tarbiya usul va uslublari haqida 

fikr yuritadi.  «Fozil  odamlar  shahri»,  «Baxt saodatga  erishuv 

to'g'risida»,  «Aql  ma'nolari  to'g'risida»,  «Ilmlarning  kelib  chi- 

kishi» kabi maorifiy asarlarida olimning ijtimoiy tarbiyaviy qa­

rashlari o'z ifodasini topgan.

Farobiy ta'limning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob 

bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk in- 

sonni yetishtirishdan iborat deb biladi.

Beruniyning  bilimlarni  egallash  yo'llari  haqidagi  fikrlari 

hozirgi  davr  uchun  ham  dolzarbdir.  O'quvchilarga  bilim  be­

rishda  ularni  zeriktirmaslik;  uzviylik,  izchillik,  yangi  mavzu- 

larni  qiziqarli,  asosan  ko'rgazmali  bayon  etish  va  hokazolar- 

ga  e'tibor  berish  kerakligini  uqtiradi.  Olim  bilim  oluvchilarga 

qalbni yomon  o'zi  sezishi  mumkin bo'lmagan holatlardan,  be- 

huda raqobatdan, shon-shuhratdan saqlanish zarurligini  ayta- 

di. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. 

Bu irsiyat, muhit, tarbiyadir.



154


Ibn  Sino  insonlarni  kamolotga  erishishning birinchi  mezo- 

ni  sanalgan bilim  egallashga da'vat etadi.  Bilimsiz  kishilar jo- 

hil bo'ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk bo'lmagan 

kishilar  deydi.  Ibn  Sino  bilim  olishda  bolalarni  maktabda 

o'qitish  zarur  deb  biladi.  U  ta'limda  quyidagi talablarga  rioya 

etish  zarurligini  ta'kidlaydi:  bolaga  bilim  berishda  birdani- 

ga  kitobga  band  qilmaslik,  ta'limda yengildan  og'iriga  borish 

orqali  bilim berish,  olib boriladigan  mashqlar bolaning yoshi­

ga mos bo'lishi, o'qitishda jamoa bo'lib o'qitishga e'tibor berish, 

ta'lim  berishda  bola  qiziqishini  va  qobiliyatini  hisobga  olish, 

o'qitishni jismoniy mashqlar bilan birga olib borish.

Abu  Ali  ibn  Sino  aqlning  rivojlanish  bosqichlarini  ishlab 

chiqqan.

Mushohada bilan idrok etishning birinchi bosqichi aqliy ka- 

tegoriyalarini tushuntirishdir.  Ikkinchi bosqich.  Ikki xil fikrni 

idrok  etish.  Uchinchi  bosqich.  O'zlashtirilgan  bilim,  fikrlarni 

idrok etish bilan erishiladi. Shunda u haqiqiy aql deyiladi.

Olim  aqlni  3  bosqichga  bo'lar  ekan,  birinchi  bosqichda 

yodlay  oladigan,  lekin  hali  harflarni  ham,  yozishni  ham  bil- 

maydigan bolalarni nazarda tutgan.

Ikkinchi  bosqichda  tayoqchalarni  chiza  boshlagan,  qalam- 

dan  foydalanishni  o'rganayotgan  bolalarning  aqli  tasavvur 

qilinadi.

Uchinchi bosqichda inson aql shakllarini va ularga muvofiq 

hissiy obrazlarni egallagan bo'ladi.

Ibn  Sino  aql  deganda  insoning tug'ma  iste'dodini,  bilish  ja­

rayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi.


Download 19,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish