N. M. Kayumova


 «Pedagogika» fanidan izohli lug’at. -Т.:  2010. 534-535 betlar



Download 19,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/422
Sana01.01.2022
Hajmi19,29 Mb.
#301634
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   422
Bog'liq
мактабгача педагогика

6 «Pedagogika» fanidan izohli lug’at. -Т.:  2010. 534-535 betlar.

126


uning rivojlanishi irsiy jihatdan shart qilib qo'yilgan zaminga, 

taqlid qilishga ham bog'liq bo'Iadi.  Hayotning dastlabki yillar- 

ida kattalar bilan muomala qilishni va buyumlar bilan ish olib 

borishni  o'z  ichiga  oladigan yo'l-yo'riq tadqiqot faoliyati  bola­

lar faoliyatining asosiy turlari bo'Iadi. Tarbiyachilar bolalar bi­

lan muomalada bo'Iar ekanlar, ularni buyumlar dunyosiga olib 

kiradilar. Shunday yo'I bilan bolalar o'ziga xos buyumlar bilan 

bog'liq  faoliyatni  egallaydilar.  Bunda  muomalaning  o'zi  bola 

uchun zarur ehtiyojga aylanadi.

Buyumlar  bilan  bog'liq  faoliyatni  tashkil  etish  oilada  ham, 

maktabgacha  ta'lim  muassasasida  ham  bir  va  ikki  yoshli  bo­

lalarni  tarbiyalash  vazifalaridan  biri  hisoblanadi,  chunki  bu 

faoliyatda  barcha  bilish jarayonlari,  maqsadlari va xulq-atvor 

sabablari  rivojlanadi.  Bu  faoliyatda  bolalar  tarbiyachilar  rah­

barligida  buyumlarning  xususiyatlari,  ular  bilan  qilinadigan 

harakatlar to'g'risida dastlabki bilimlarni o'zlashtiradilar,

Bola  ikki  yarim  yoshga  to'lganda  buyumlar  bilan  bog'liq 

faoliyat  va  muomala  ancha  yuqori  rivojlanish  darajasiga  eri- 

shadi, o'yin va tasviriy faoliyatga o'tish uchun asos yaratiladi. 

Kattalar uyushtiradigan muloqot va faoliyatda bolalarda o'zini- 

o'zi  anglashning  dastlabki  shakllari  shakllanadi.  Bola  o'zini 

atrofdagi  odam lard an  ajratadigan,  o'z  imkoniyatlarini  anglab 

yetadigan bo'la boshlaydi. Mustaqillik rivojlanishining ana shu 

bosqichida bolalar kattalarning vasiyligini qisman cheklashga 

intiladilar.  O'zini-o'zi  anglashning dastlabki  shakllari  xulq-at­

vor sabablarini shakllantirishning boshlanishi bo'Iadi.

Ilk  yoshdagi  bolalarning  faolligi  va  mustaqilligi  bevosita 

katta odamning ishtiroki va ta’siri ostida ro'y bersa, 4-6 yosh­

li bolalar xilma-xil faoliyatga tobora mustaqil, o'z xohishlariga 

ko'ra  qo'shiladilar,  bunda  ongning  roli  oshadi  va ba'zan  ijodiy 

xususiyatga ega bo'Iadi.

Ilmiy tadqiqotlarning ko'rsatishicha, Maktabgacha ta'lim yo- 

shida yetakchi bo'ladigan o'yin faoliyatida maktabgacha yosh­

dagi  bolaning ijtimoiy,  bilish faolligi  rivojlanadi.  Tarbiyachilar 

rahbarligidagi  o'yinlar chog'ida bolalar turli  harakat usullari-

127



ni,  buyumlar,  ularning  xususiyatlari  va  belgilari  to'g'risidagi 

bilimlarni  o'zlashtiradilar.  Bolalar  makon,  vaqt  munosabatla- 

rini,  o'xshashlikka  va  bir  xillikka  oid  aloqalarni  anglab  yeta- 

dilar,  tushunchalarni  egallaydilar.  Harakatli  o'yinlar  harakat- 

larning  rivojlanishiga,  makonda  yo'l-yo'riq  topishga  yordam 

beradi.  Birgalikdagi  o'yinlarda  bolalar  odamlar  o'rtasidagi 

munosabatlarni,  harakatlarni  muvofiqlashtirishmng  ahami- 

yatini  anglab  yetadilar  va  o'zlashtiradilar,  atrofdagi  narsalar 

to'g'risidagi tasavvurlarini kengaytiradilar.

Katta  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  o'yin  faoliyatining 

mazmuni  xilma-xil  bo'ladi  va  har  tomonlama  rivojlanish  im- 

koniyatlari kengayadi.  O'yin xayolni rivojlantirishga, atrofdagi 

voqelik, odamlar mehnati to'g'risidagi bilimlarni chuqurlashti- 

rishga,  shaxsning jamoatchilik xususiyatlarini  shakllantirish- 

ga ko'maklashadi.

Muntazam mehnat topshiriqlari o'z faoliyatini jamoat man- 

faatlariga  bo'ysundirish,  ijtimoiy  foyda  kelishiga  amal  qilish, 

mehnatning  umumiy  natijalaridan  quvonish  ko'nikmalarini 

tarbiyalaydi va rivojlantiradi.

Mashg'ulotlardagi eng oddiy o'quv faoliyati atrofdagi tabiat, 

ijtimoiy turmush,  odamlar haqidagi bilimlarni  o'zlashtirishga, 

shuningdek  aqliy  va  amaliy  ko'nikmalarni  shakliantirishga 

yordam  beradi.  Agar  3-4  yoshda  ta'lim  paytida  bolalarning 

e’tibori tabiat,  odamlar hayotidagi aniq faktlar va hodisalarga 

qaratilsa,  5-6  yoshli  bolalarga  ta'lim  berish  muhim  aloqalar 

va  munosabatlarni  o'zlashtirishga  va  aloqalarni  umumlashti- 

rishga  hamda  eng  oddiy  tushunchalarni  shakliantirishga  qa­

ratilgan  bo'ladi,  bu  esa  bolalarda  tushunish tafakkurining  ri­

vojlanishiga olib keladi. O'zlashtirilgan bilimlar va rivojlangan 

aqliy  qobiliyatlarni  bolalar  xilma-xil  o'yinlarda  va  mehnatda 

qo'llaydilar.  Bularning  hammasi  bola  shaxsining  rivojlanishi­

ga ta'sir  etadi,  unda  faoliyatning yangi  mazmuniga  qiziqishni 

shakllantiradi.

128



Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg'ular, sabab- 

lar, maqsadlarni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga ye- 

tadiki,  u bolaga maktabdagi muntazam o'qishga o'tish imkoni­

ni beradi.

Kichik maktab  yoshida  asosiy narsa  o'qish  bo'lib  qoladi  va 

uni  bolalar  ijtimoiy ahamiyatga  molik  faoliyat  sifatida  tushu- 

nadilar.  Bolaning jamiyatdagi yangi mavqeyi o'z xatti-haraka- 

tini va tengdoshlarining xatti-harakatini  o'zgacha nuqtayi  na- 

zardan maktab o'quvchisi nuqtayi nazaridan baholashni shart 

qilib qo'yadi. Bola faollik, ijodkorlik ko'rsatib, kattalarning un­

ing  xulq-atvoriga  va  faoliyatiga  qo'yayotgan  tobora  murak- 

kablashib borayotgan talablarini bajarishga intiladi.

Har bir faoliyat turining mazmuni va tuzilishining ijtimoiy- 

tarixiy tabiati har bir yosh avlodga obyektiv ravishda berilgan 

bo'ladi,  Odamlarning ishlab  chiqarish  qurollarida,  bilimlarda, 

san'atda,  axloqda  va  hokazolarda  jamlangan  sermahsul  faoli­

yati  natijalari  birgalikdagi  faoliyatda  va  muloqotda  bo'lgan 

paytda tarbiya va ta'lim vositasida katta avloddan kichiklarga 

beriladi.  Odam  shaxsining ijtimoiy tabiati  ana  shunday shakl­

lanadi.


Tarbiyachi  tarbiyalanuvchida  kuchli  faoliyat  ehtiyojini 

uyg'otib,  yangi  xulq-atvor sifatlarini  shakllantirishga  yordam 

bergandagina kutilgan natijalarga erishadi.


Download 19,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish