N. M. Kayumova


Professional  Development  for  Early  Childhood  Professionals



Download 19,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/422
Sana01.01.2022
Hajmi19,29 Mb.
#301634
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   422
Bog'liq
мактабгача педагогика

Professional  Development  for  Early  Childhood  Professionals:

 

Examining Pedagogy in Early Childhood 8  October 2010.



Pedagog -  tarbiyachi shaxsini shakllantirish

Tarbiyachi  maktabgacha  yoshidagi  bolalarga  tabiat,  jami­

yat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang'ich bilim 

va  tushunchalar  beradi,  ularga  madaniy  axloq,  o'z  tengdosh­

lari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo'lish  odatla- 

rini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo'ylik, adolat, jasurlik, kam- 

tarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, ku- 

zatuvchanlik, o'simlik va hay vonlarga g'amxo'rlik bilan qarash, 

mehnatsevarlik,  kattalar  mehnati  natijalarini  asrab-avaylash 

kabi axloqiy sifatlar tarbiyalaydi.

Xalq  san'ati,  musiqa,  ashula,  adabiyot,  tasviriy  san’atni  bi­

lish,  san'atga  muhabbat tarbiyachini  madaniyatli  qiladi,  bola­

lar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli 

bilim, malaka va ko'nikmalarni ma’lum bir izchillik bilan egal­

lab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish ishi­

da yaxshi natijalarga erishadi.  Tarbiyachi  o'z kasbining mohir 

ustasi bo'lish uchun maxsus tayyorgarlik ko'rishi kerak.  U  qu­

yidagi shartlarga amal qilishi kerak:

1. 

Pedagog  yosh  avlodni  tarbiyalash  uchun  yuqori 



ma'lumotli,  kerakli  bilimlarni  egallab,  kerakli  adabiyotlarni 

tanlay oladigan,  ilmiy adabiyotlar bilan  ishlay oladigan,  ilg'or 

tajribali  pedagoglarning  tajribasini  o'rganib,  o'z  ishiga  tatbiq 

eta oladigan bo'lishi;



106


2.  Pedagog bolalarni kuzata oladigan,  ularning xulqi, xatti- 

harakati sabablarini to'g'ri tahlil qilib, unga ijobiy ta'sir etuvchi 

vositalarni topa olishi;

3.  Yosh  avlodni  kerakli  bilim,  malaka,  ko'nikmalardan 

xabardor  qilish  uchun  pedagogning  nutqi  ravon,  aniq,  man- 

tiqiy, ixcham bo'lishi lozim. Ta'lim berishda texnikaviy vosita­

lardan  samarali foydalana  olishi kerak.  Bolalar bilim,  malaka, 

ko'nikmalarni  yaxshi  o'zlashtirib  olishlari  uchun  ularni  faol­

lashtirib savollardan foydalanishi;

4.  Tarbiyachi  o'ziga yuklangan vazifani bajarish  uchun  bo­

lalarda o'sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg'ota olish, ularn­

ing  diqqatini jalb  qilib,  faolligini  o'stirish,  bolalarning xulqini, 

xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi;

5.  Har  bir  faoliyat  uchun  kerakli  materiallarni  oldindan 

tayyorlab qo'yishi;

6.  Kun tartibini to'g'ri tashkil  eta bilishi,  bolalar jamoasiga 

undagi har bir a'zoni e'tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish;

7.  Bolalarning  ruhiy va jismoniy holatini  aniqlay  bilishi  va 

buni  bolalar bilan  amalga  oshiriladigan  ta'lim-tarbiyaviy  ish- 

larida e'tiborga olishi;

8.  Tarbiyachi  ota-onalar  bilan  muntazam  ravishda  suhbat- 

Iar, uchrashuvlar o'tkazib, axborot almashtirib turishi;

9.  Pedagog  bolalarga  nisbatan  xayrixohlik  munosabatda 

bo'lishi, har bir bola uchun  qulay sharoit yaratishi, xafa bo'lsa 

ovuntira olishi;

10.  Kun tartibida olib borgan ta'lim-tarbiya ishini tahlil qila 

bilishi va uni yanada yaxshilash yo'llarini topa olishi kerak.

Eng  muhimi  -   tarbiyachi  bolalarga  ishonch  bilan  qarashi, 

ularning  mehnatsevarligi,  mustaqilligi,  tashabbuskorligini 

to'g'ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoni- 

yat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar.


Download 19,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish