o'tgan ishlarning chop etilgan va elektron nusxasi.
laridan yo'llangan hujjatlar nusxasi.
Seminarlarda maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga
doir eng dolzarb masalalar muhokama etilib, chora-tadbirlari
belgilab olinadi. Seminar mavzulari viloyat, shahar, tuman
Maktabgacha ta'lim boshqarmalari (bo'limlari) tomonidan
belgilanadi.
Seminar uchun mavzu tanlashda uning maqsadi, vazifalari,
mavzular tematikasi aniqlanadi va bibliografiya tuziladi.
Ma'ruza mavzulari seminar qatnashchilariga taqsimlab
beriladi, har bir ma'ruzachi belgilangan mavzusi bo'yicha
o'z tajribalaridan namunalar keltirib, ilmiy jihatdan asoslab
berishga harakat qilishi zarur.
Mudiralar uchun seminar mavzusini quyidagicha tanlash
mumkin:
mudiraning uslubiy-tarbiyaviy ishlarga rahbarligi;
o'yin faoliyatiga rahbarligi.
Musiqa rahbarlariga maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuv-
chilarni qo'shiq san'atiga qiziqtirish, yoshiga mos qo'shiqlarni
kuylashga o'rgatish kabi mavzularda seminarlar tash kil etilishi
mumkin. Seminarlarning asosiy maqsadi - alohida metodika
bo'yicha tarbiyachilarning bilimlarini chuqurlashtirish va
tarbiya bo'yicha dolzarb masalalarni muhokama etib, ularning
hal qilish usul va uslublarini belgilashdir.
Seminar o'quv mashg'ulotlar rejasi bir yilga mo'ljallangan
bo'lib, viloyat va respublika miqyosida 5-12 kunga ishdan
ajralgan, shahar va tuman seminarian esa har oyda 1-2 marta
ishdan ajralmagan holda tashkil etiladi.
Seminarlar mavzulari rejasi va dasturi maktabgacha ta’lim
muassasalarida ish sifatini yaxshilash maqsadida tegishli ilmiy
tekshirish institutlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida seminar mashg'ulot-
lari mavzulari mudira, katta tarbiyachi va tarbiyachilar bilan
birgalikda tanlanadi va Pedagogik kengashda tasdiqlanadi
hamda muassasaning yillik rejasiga kiritiladi. Shu asosda
barcha metodist-tarbiyachilarning faol ishtirokida seminar
mashg'ulotlarining aniq rejasi ishlab chiqiladi.
661
Seminar mashg'ulotlari muassasa faoliyatiga taalluqli
dolzarb masalalar muhokamasiga bag'ishlanishi, rejada bir
xil mavzularning ko'tarilishiga yo'l qo'ymaslik zarur. Aks
holda, bu seminar qatnashchilarining qiziqishi va faolligining
pasayishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, mashg'ulot
sof nazariy tus olmasligi, muhokama etilayotgan mavzu
(masala) amaliyot bilan uzviy bog'liq holda bayon etilishi kerak.
Seminar mavzulari taxminan quyidagicha bo'lishi mumkin:
yasli va bog'cha yoshdagi bolalar psixofiziologik xu-
susiyatlari (seminarni pediatr shifokor yoki psixolog olib
boradi);
turli faoliyat turlarida bolalarga individual yondashish
usullari;
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni vatanparvarlik va
baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash omillari;
tarbiyachining bolalar bilan munosabatlarining o'ziga xos
jihatlari va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: