N. M. Kayumova


METODISTNING METODIK ISHLARGA RAHBARLIGI



Download 19,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet348/422
Sana01.01.2022
Hajmi19,29 Mb.
#301634
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   422
Bog'liq
мактабгача педагогика

581


METODISTNING METODIK ISHLARGA RAHBARLIGI

Pedagogik  kengash  jamoa  pedagoglari  fikrini  ifodalovchi, 

bolalar  bilan  olib  boriladigan  ta'lim-tarbiyaviy  masalalarni 

kollegial  ko'rib  chiqadigan  doimiy  ishlovchi  organ,  metodik 

mahorat maktabi va ilg'or tajriba minbaridir.

Maktabgacha ta'lim  muassasasi mudiri  Pedagogik kengash 

raisi hisoblanadi.

Pedagogik kengashga quyidagi masalalar: bolalar bilan olib 

boriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlar  darajasini oshirish,  ularni 

hal qilish yo'llarini izlash; muassasa ish amaliyotga pedagogika 

fanining yutuqlari va ilg'or pedagoglar tajribasini joriy qilish; 

tarbiyachilarning  pedagogik  mahoratini  oshirish,  ularning 

ijodiy faolligini rivojlantirish kiritiladi.

Pedagogik  kengash  Maktabgacha  ta’lim  vazirligi,  maktab­

gacha  ta'lim  bo'yicha  buyruq,  yo'l-yo'riq,  nizom  va  boshqa 

me'yoriy hujjatlarni; maktabgacha ta'lim muassasasining yillik 

ish rejasini; bolalar sog'ligini mustahkamlash tadbirlarini; har 

bir  yosh  guruhlari  bo'yicha  «Ilk  qadam»  dasturining  sifatli 

bajarilishi  jarayonini;  ish  amaliyotiga  joriy  qilish  maqsadida 

tarbiyachilarning  ilg'or  tajribalarini;  maktabgacha  yoshdagi 

bolalarga  ta’lim  va  tarbiya  berishning  dolzarb  masalalarini, 

tarbiyachilarning  nazariy  va  metodik  tayyorgarliklarini 

oshirish  masalalarini  va  maktabgacha  ta'lim  muassasasi 

faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi.

Pedagogik  kengashlar  kun  tartibini  belgilashda  barcha 

qatnashchilarni  qiziqtiruvchi  mavzuning  kengligini,  dolzarb- 

ligini ta'minlash zarur. Faqat shundagina Pedagogik kengashda 

ish muhiti hukm  suradi,  masalalar muhokamasi sermahsul va 

faol bo'ladi.

Pedagogik  kengash  tarkibiga:  metodist,  tarbiyachilar, 

musiqa  rahbari,  maktabgacha  ta'lim  muassasasiga  xizmat 

ko'rsatuvchi  shifokor, katta hamshirasi, kasaba uyushma,  ota- 

onalar  qo'mitasining  raisi  hamda  vasiylik  kengash  raislari 

kiradi. Pedagogik kengash yig'ilishiga jamoat tashkilotlarining



582


vakillari,  maktablar  o'qituvchilari,  maktabgacha  ta'lim 

muassasasi  tarbiyalanuvchilarining  ota-onalari  taklif  etilishi 

mumkin.

Pedagogik  kengash  maktabgacha  muassasaning  yillik 

ish  rejasiga  kiritilgan  va  pedagoglar  Pedagogik  kengashi 

tomonidan tasdiqlangan reja bo'yicha ishlaydilar.

Maktabgacha  ta'lim  muassasalarida  kollegial 

organ 


hisoblangan  Pedagogik kengashlar tashkil  etilib,  u  pedagogik 

xodimlar,  ota-onalar,  homiylarni  birlashtirib,  maktabgacha 

ta'limda  davlat  talablari  asosida  muvofiqlashtirilgan  ta'lim- 

tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Pedagogik  kengash  maktabgacha  ta'lim  muassasasidagi 

ta'lim-tarbiya  jarayonidagi  asosiy  masalalarni  hal  etuvchi 

doimiy faoliyat ko'rsatadigan organ hisoblanadi.

Pedagogik  kengashning  asosiy  vazifalariga  quyidagilar 

kiradi:

-  ta'lim muassasasi pedagogik jamoa faoliyatini yo'naltirish, 

tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo'lgan bilim, malaka va 

ko'nikmalarini  rivojiantirish,  "Maktabgacha  yoshdagi  bolalar 

rivojlanishiga  qo'yiladigan  Davlat  talablari”ning  bajarilishini 

ta'minlash;

-   ta'lim-tarbiya  jarayonini  tashkil  etish  samaradorligini 

oshirishda  maqbul  lozim-sharoitlar  yaratishga  doir  qarorlar 

qabul qilish;

-   pedagog  xodimlarning  nufuzi  va  metodik  salohiyatini 

oshirish,  ularning  tashabbuskorligini  qo'llab-quvvatlash  va 

rivojiantirish bo'yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;

-   pedagog  xodimlarning  nufuzi  va  metodik  salohiyatini 

oshirish,  ularning  tashabbuskorligini  qo'llab-quvvatlash  va 

rivojiantirish bo'yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;

-   pedagogik jamoaning  ma’lum yo'nalishlardagi  faoliyatini 

tahlil qilish va yakuniy xulosa berish;

-   ilg'or  pedagoglarning  ish  tajribalarini  o'rganish, 

ommalashtirish, yosh pedagoglarga metodik yordam ko'rsatish 

ishlarini amalga oshirish yo'llarini belgilash;



583


-   "Ustoz-shogird"  an'analari,  uzluksiz  malaka  oshirish 

borasida olingan hisobotlar yuzasidan xulosalar tayyorlash va 

ularning bajarilishini nazorat qilish;

-  tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga 

asoslangan ma'naviy-axloqiy hislarni  singdirish, bola shaxsini 

shakllantirishda  ta'lim  jarayoniga  zamonaviy  pedagogik 

texnologiyalarni tatbiq etish;

-   ta’lim  oluvchilarni  ma'naviy  yuksak,  umuminsoniy  va 

milliy  ruhda,  o'z  vatani,  xalqini  ardoqlovchi  shaxs  sifatida 

tarbiyalash yuzasidan takliflar berish.




Download 19,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish