MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASIDA TA’LIM-
TARBIYA ISHLARIGA RAHBARLIK QILISH
O'yin faoliyatini kuzatish va tahlil qilish juda murakkab
ish. Bu o'yinning maktabgacha yoshdagi bola shaxsini
rivojlantirishdagi alohida ahamiyati, maktabgacha ta'lim
muassasasida olib boriladigan ta'lim-tarbiya jarayonida olib
boriladigan o'rni, o'yin turlarining xilma-xilligi va ularni
rivojlantirish xususiyatlari bilan bog'liqligi tufaylidir.
Bu xususiyatlarni yaxshi bilish o'yin faoliyatini chuqur
tahlil qilishni va mudira tomonidan tarbiyachilarga o'z
vaqtida yordam ko'rsatishni ta'minlaydi. Bolalarning o'yinlari
xilma-xilligi bilan farqlanadi. U maktabgacha bo'lgan butun
bolalik davrida mazmuni, uyushtirilishi, o'yinda bolaning
faolligini namoyon qilish xarakteriga ko'ra, ularning bolalarga
ko'rsatadigan ta'siri va nihoyat kelib chikishiga ko'ra katta
o'zgarishlarni boshidan kechiradi:
Mudira
ishni
o'yin
turlarini
tanlashga
qaratadi.
Mashg'ulotdagi didiktik o'yinlar syujetli-rolli, qoidali, harakat-
li, musiqaviy didaktik o'yinlari, stol ustida o'ynaladigan
559
o'yinlar, tinch o'yinlar va ijodiy o'yinlar tarbiyachi tomonidan
rejalashtirishning maqsadliligiga, ularga rahbarlik darajasini
nazorat qilib borib, tajriba asosida tarbiyachiga metodik-amaliy
maslahatlar beradi. Turli yosh guruhlardagi o'yin tizimini
"Ilk qadam" dastur asosida ishlab chiqadi va o'yin jarayonini
kuzatish jadvalini tuzadi.
O'yin faoliyatining paydo bo'lishi va rivojlanishi uchun
sharoitlarning ta'minlanganligi (o'yin uchun berilgan vaqtning
yetarliligi, o'yin faoliyatini kengaytirish uchun joyning, zarur
o'yinchoq va qoTlanmalarning mavjudligi va kabinetda ularni
to'g'ri joylashtirilishi, bolalarni taassurotlar bilan boyitish va
yaxshi kayfiyatlari);
O'yin faoliyatiga rahbarlik metodikasi - bolalarning
emotsional ijobiy holatlarini qo'llab-quvvatlash va yax-
shilashga yo'llangan metod va usullar, o'ynovchilarning
faolligini ta'minlash, faoliyatning bir turidan ikkinchisiga o'z
vaqtida o'tish, bunga qanday metod va usullar bilan erishiladi?
O'yin faoliyatini uzaytirish va murakkablashtirish, bolaning
ilk yoshida o'yindan uning nutqini tushunishni rivojiantirish
va faolligini tarkib toptirish maqsadlarida foydalanish, ijobiy
o'zaro munosabatlar va boshqa axloqiy sifatlarni tarbiyalash.
Mudira o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi.
O'yinni faoliyat tarzida rivojiantirish;
O'yindan bolalarga taTim-tarbiya berishda foydalanish.
560
Guruhda to'laqonli o'yinlarning rivojlanishi uchun sharoitlar
yaratilishiga:
a) tarbiyachining o'yin qobiliyatlariga rahbarlik qilishi;
b) o'yin muhitini yaratish;
v) kundalik kun tartibida o'yin uchun vaqtning yetarliligiga
alohida e'tibor berib bordi.
Tajriba shuni ko'rsatdiki, bolalarning o'yin jarayonidagi
xatti-harakatlari, ularning katta yoshlilarga taqlid qilish
istagidan dalolat beradi. Bolaning o'yini odamlarning xatti-
harakatlari, xulq-atvori, o'zaro munosabatlarini o'yin roli
vositasida ijodiy aks ettirishdan iborat bo'ldi.
g) ota-onalar jamoatchiligi bilan ish uslublari.
Mudiraning jamoatchilik va mahalla qo'mitasi bilan ish
metodlari quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
1. Ota-onalar va jamoatchilik uchun anjumanlar.
2. Ota-onalar universitetlari. Bunda oila markazidan vakil,
yetuk olimlar, maktabgacha ta'lim bo'limi xodimlari va barcha
ota-onalar ishtirok etadilar. Ota-onalar universitetning asosiy
maqsadi Davlat va jamiyatimiz tomonidan oila va bolalar
tarbiyasiga masalalari va kamchiliklarini, muammolarini hal
etishdan iborat.
Mudira hududiga tegishli maktab bilan aloqa o'rnatib bir
yilga mo'ljallangan reja asosida ish ko'radi. Ushbu reja asosida
muassasaning asosiy vazifalari, maktab tomonidan amalga
oshiriladigan tadbiriy choralar, bolani maktab ta'limiga
tayyorlash, lotin alifbosida o'qish, yozishni mukammal
o'rganish va bunda mudira hamda maktab direktorining
vazifalari belgilanadi.
a)
ma'muriy xo'jalik faoliyat - bunda reja kontingenti bo'yicha
bolalarni joylashtirish, maktabgacha ta'lim muassasasi dasturi-
ning maktabgacha ta'lim tizimida belgilangan xarajatlarni o'z
vaqtida joy-joyiga qo'yib ishlatishni tashkil etish, bolalarni
ovqatlantirishni to'g'ri tashkil etish, yozgi sog'lomlashtirish
mezonlarini tashkil etish, xizmat qiluvchi xodimlarni to'g'ri
561
joylashtirish va ishlash malakalarini oshirish, mehnatni
ratsional ravishda tashkil etishdan iborat.
b) dastur talablarining bajarilishiga mudiraning rahbarligi
va nazorati.
O'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha
ta'limning innovatsiya shakllarini rivojiantirish maqsadida
maktabgacha ta'lim muassasasida Pedagoglar kengashi
faoliyat ko'rsatadi. Pedagoglar kengashi a'zolarini saylash
tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar maktabgacha
ta'lim muassasasi ustavida belgilanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish
mudira tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim
muassasasi mudirini ishga qabul qilish qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha
ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
- Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri bilan
mehnat lozimnomasi bir yil muddatga tuziladi.
- Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi
tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |