N. M. Kayumova


XXI BOB. MUDIRA MAKTABGACHA TA'LIM



Download 19,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet324/422
Sana01.01.2022
Hajmi19,29 Mb.
#301634
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   422
Bog'liq
мактабгача педагогика

540


XXI BOB. MUDIRA MAKTABGACHA TA'LIM

 

MUASSASINING RAHBARI.



MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI

 

METODISTINING METODIK ISHLARGA RAHBARLIGI



Mudira tashkilotchi, ma'muriyatchi, yuqori malakali

 

pedagog va unga qo'yilgan talablar



Tanqidiy tahlil  qat'iy tartib-intizom 

va shaxsiy javobgarlik -  har bir rahbar 

faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev, 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Maktabgacha ta'lim  muassasasi  -  murakkab  tarmoq  bo'lib, 

mudiraning  undagi  roli,  faoliyati  ko'p  qirralidir.  Mudira  - 

maktabgacha  ta'lim  muassasasining  tashkilotchisi,  rahbari, 

malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi 

bolalarni  komil  inson  qilib  tarbiyalash  vazifalarini  to'laqonli 

hal etishga qaratilgan. U maktabgacha ta'lim muassasalaridagi 

ta'lim-tarbiyaviy,  pedagogik  va  gigiyenik  talablarga  muvofiq 

ravishda  amalga  oshirilishi  uchun  zarur  lozim-sharoitlarni 

ta'minlaydi.  O'z  jamoasida  ishchanlik,  maqsadga  qaratilgan 

inoqlik  vaziyatini  yaratadi.  Ularga  umumiy  rahbarlik  qiladi. 

Mudira  o'z  ishida  davlatimiz  va  Maktabgacha  ta'lim  vazirligi 

tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o'z 

ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksakonglilik 

va  siyosiy  yetuklik,  tamoyillilik,  o'ziga  va  qo'l  ostidagilarga 

talabchanlik -  bu mudiraga qo'yiladigan asosiy talablardir.

Davlat maktabgacha  ta'lim  muassasasi  muassis  tomonidan 

tashkil  etiladi  va  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda 

ro'yxatdan o'tkaziladi.

Davlat  organlari,  shu  jumladan  mahalliy  davlat hokimiyati 

organlari 

hamda 


qonun 

hujjatlariga 

muvofiq 

davlat


541


maktabgacha  ta'lim  muassasasining  muassislari  bo'lishi 

mumkin.


Davlat 

maktabgacha 

ta’lim 

muassasasiga 

bevosita 

rahbarlik qilish  O'zbekiston  Respublikasi  Maktabgacha ta’lim 

vazirligi  bilan  kelishilgan  holda  tegishlicha  Qoraqalpog'iston 

Respublikasi 

Maktabgacha 

ta'lim 


vazirligi, 

viloyatlar 

maktabgacha 

ta'lim 


boshqarmalari 

hamda 


Toshkent 

shahar  maktabgacha  ta'lim  bosh  boshqarmasi  tomonidan 

tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri bilan mehnat 

shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.

Davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasi  mudiri  lavozimiga 

qo'yiladigan  malaka  talablari  O'zbekiston  Respublikasi 

Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi.

Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri: 

davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasi  faoliyatiga  umumiy 

rahbarlikni amalga oshiradi;

bolalar  hayoti  va  sog'lig'ini  muhofaza  qilish  hamda  ta'lim- 

tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishini ta'minlaydi;

davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasi  nomidan  faoliyat 

ko'rsatadi  va  barcha  tashkilotlarda  uning  manfaatlarini 

ifodalaydi;

davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasi  mol-mulkini  o'ziga 

berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;

davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini mehnat 

to'g'risidagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  ishga  qabul  qiladi  va 

ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi;

davlat maktabgacha ta'lim  muassasasi xodimlarini  moddiy 

va  ma'naviy  rag'batlantiradi,  ularga  nisbatan  intizomiy  jazo 

choralarini qo'llaydi;

o'z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi; 

davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasining  faoliyatini 

takomillashtirish,  moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlash, 

xodimlarni  ijtimoiy  muhofaza  qilishni  ta'minlash  bo'yicha 

takliflarni 

ko'rib 


chiqish 

uchun 


maktabgacha 

ta'lim


542


muassasalari  faoliyatini  metodik  ta'minlash  va  tashkil  etish 

tuman  (shahar) bo'limiga kiritadi;

davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasining  moddiy- 

texnika bazasini mustahkamlash,  zamonaviy talablarga javob 

beradigan  inventar,  jihoz,  o'quv-metodik  qo'llanmalar  va 

multimediali vositalar bilan ta'minlash ishlarini tashkil etadi;

davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasining  moliya-xo'jalik 

faoliyatiga javob beradi.

Davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasida  ta’lim-tarbiya 

jarayonini 

takomillashtirish, 

maktabgacha 

ta'limning 

innovatsion  shakllarim  rivojiantirish  maqsadida  pedagogik 

kengash  faoliyat  ko'rsatadi.  Pedagogik  kengash  a'zolarini 

saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat 

maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida belgilanadi.


Download 19,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish