N. M. Kayumova


Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida



Download 19,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/422
Sana01.01.2022
Hajmi19,29 Mb.
#301634
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   422
Bog'liq
мактабгача педагогика

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida

 

ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari

Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar, ota-onalar, 

pedagog xodimlar va  vasiylik  kengashi  a’zolari  ta'lim-tarbiya 

jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.

Davlat 


maktabgacha 

ta'lim 


muassasasida 

vasiylik 

kengashlari  tashkil  etiladi,  ularni  saylash  tartibi  va  ularning

524



vakolatlari  davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasining 

ustavida belgilanadi.

Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi vasiylik kengashining 

faoliyati O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi 

tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom asosida amalga 

oshiriladi.

Bolalarni  qabul  qilishda  davlat  maktabgacha  ta'lim  muas­

sasasi  ota-onalarni  o'z  ustavi,  kun  tartibi,  ta'lim-tarbiya 

dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.

Davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasi  bilan  ota-onalar 

o'rtasidagi  o'zaro  munosabatlar  shartnoma  bilan  tartibga 

solinadi.  Ota-onalar  bilan  tuzilgan  shartnoma  bolalarning 

davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lishi vaqtini, ta'lim- 

tarbiya  jarayonini  tashkil  etishda  tomonlarning  huquqlari, 

majburiyatlari hamda javobgarligini o'z ichiga oladi.

Ota-onalar:

o'z  bolalari  uchun  ta'lim-tarbiya  shakllarini,  davlat 

maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim berish tilini tanlash;

davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasida  bolalarga  ta'lim- 

tarbiya  berish  uchun  zarur  shart-sharoitlar  yaratilishini 

hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda 

bo'lishni talab qilish;

muassasa bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan 

tartibda  kun  davomida  o'ziga  qulay  bo'lgan  vaqtda  bolalarni 

davlat maktabgacha ta'lim muassasasidan olib ketish huquqiga 

ega.


Ota-onalar  qonun  hujjatlariga  va  shartnomaga  muvofiq 

boshqa huquqlarga ham ega bo'lishlari mumkin.

Ota-onalar quyidagilarga majbur:

belgilangan  normativlarga  muvofiq  bolaning  davlat 

maktabgacha  ta'lim  muassasasida  bo'lgan  davri  uchun  badal 

to'lovini o'z vaqtida to'lash;

bolalarning  to'laqonli  ovqatlanishini,  ularda  shaxsiy 

gigiyena ko'nikmalari shakllantirilishini qat'iy kuzatib borish,



525


bolani davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga ozoda kiyingan 

holda olib kelish.

Ota-onalar  qonun  hujjatlariga  va  shartnomaga  muvofiq 

boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin.

Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va 

xodimlari o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hamkorlik, bolaning 

shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiyxususiyatlariga muvofiq 

rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.

Davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasiga xodimlarni  ishga 

qabul  qilish  belgilangan  tartibda  tasdiqlanadigan  namunaviy 

shtatlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.

Tegishli  pedagogik  ma'lumotga,  kasbiy  tayyorgarlikka 

va  yuksak  axloqiy  sifatlarga  ega  bo'lgan  shaxslar  davlat 

maktabgacha  ta’lim  muassasasida  pedagogik  faoliyat  bilan 

shug'ullanish huquqiga ega.

Sud  hukmi  bilan  yoki  tibbiy  xulosaga  muvofiq  pedagogik 

faoliyat  bilan  shug'ullanishi  taqiqlangan  shaxslarning  ushbu 

faoliyat bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi.

Davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasi  xodimlarining 

huquqlari,  majburiyatlari  va  imtiyozlari  qonun  hujjatlarida, 

davlat  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  ustavida,  shuningdek, 

mehnat shartnomasida belgilanadi.

Xodimlarning  vazifalari  lavozim  yo'riqnomasi  va  tarmoq 

tarif-malaka ma'lumotnomasida belgilab qo'yiladi.

Davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasining  pedagog 

xodimlari quyidagi huquqlarga ega:

davlat  maktabgacha  ta’lim  muassasasini  boshqarishda  o'z 

ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;

o'z kasbiy sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish.

Pedagog  xodimlar  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa 

huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.

Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur: 

ta'lim-tarbiya  jarayoniga  zamonaviy  ta'lim  dasturlarini 

tatbiq etish;



526


ilg'or  xorijiy  tajribani  hisobga  olgan  holda  bolalarni 

har  tomonlama  intellektual,  axloqiy,  estetik  va  jismoniy 

rivojiantirish  bo'yicha  o'ziga  yuklatilgan  vazifalar  doirasida 

shart-sharoitlar yaratish;

bolalarga yuqori professional darajada ta'lim-tarbiya berish 

orqali maktabgacha ta'lim sifatini oshirish;

pedagog  axloq-odobiga  rioya  qilish,  bolaning  qadr-qimma- 

tini  hurmat  qilish,  bolalarni  tazyiqdan  himoya  qilish,  ularni 

mehnatga,  ota-onaga  hurmat,  atrof-muhitga  ehtiyotkorlik 

bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash;

o'zining  kasbiy  ko'nikmalarini  va  pedagogik  mahoratini 

doimiy 


ravishda 

takomillashtirish 

hamda 

belgilangan 



muddatlarda o'z malakasini oshirib borish.

Pedagog  xodimlar  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa 

majburiyatlar ham olishi mumkin.


Download 19,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish