N. M. Kayumova


X II  BOB. EKOLOGIK TARBIYA



Download 19,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/422
Sana01.01.2022
Hajmi19,29 Mb.
#301634
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   422
Bog'liq
мактабгача педагогика

299


X II 

BOB. EKOLOGIK TARBIYA

 

Ekologik tarbiya berishning nazariy asoslari

Bugungi  kunda  insoniyatni  xavf  ostida  qoldirayotgan 

hodisalardan  biri  ekologik  vaziyat  hisoblanadi.  Jamiyatning 

atrof-muhit  bilan  o'zaro  buzilgan  aloqasi  keng  jamoatchilik 

o'rtasida katta tashvish uyg'otmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida 

"Fuqarolar  atrof  tabiiy  muhitga  ehtiyotkorona  munosabatda 

boTishga majburdirlar", 55-moddasida esa "Yer osti boyliklari, 

suv,  o'simlik,  va  hayvonot  dunyosi  hamda  boshqa  tabiiy 

zaxiralar  umummilliy  boylikdir,  ulardan  oqilona  foydalanish 

zarur va ular davlat muhofazasidadir" deyilgan.

Insonning  tabiiy  boyliklardan  haddan  tashqari  oshiqcha 

foydalanishi  oqibatida  sayyoramizning  qiyofasi  o'zgarib 

bormoqda. Yashil o'rmonlar siyraklashib, o'simlik va hayvonot 

turlari  kamaymoqda,  foydali  qazilma  boyliklari  tugab 

bormoqda. Suv havzalari va atmosfera havosining ifloslanishi, 

chiqindi  moddalarning  ortib  borishi  natijasida  aholini  oziq- 

ovqat bilan  ta'minlash,  energiya va  chuchuk suv muammolari 

borgan  sari  murakkablashmoqda.  Oqibatda,  million-million 

yillar davomida turg'un bo'lgan tabiiy holatga putur yetmoqda.

Ekologik  bilim  -  bu  tirik  tabiatning  tuzilishi,  rivojlanishi, 

o'zgarishi, yer yuzidagi tirik jonzotlarning holati, ularning bir- 

birlariva atrof-muhit o'rtasida bo'lib turadiganmunosabatlarni, 

tabiiy  boyliklarning  son  va  sifatini,  hajmini,  xillarini  hamda 

ularni  saqlash  va  tejamkorlik  bilan  foydalanish  yo'llarini 

o'zlashtirishdan iboratdir.

Inson  tabiatga,  o'zini  o'rab  olgan  muhitga  nisbatan 

o'z  munosabatini  o'zgartirishi,  tabiat  qonunlarini  bilishi, 

o'rganishi  va  ular  asosida  o'z  hayotini  rivojlantirish!  shart. 

Tabiat qonunlariga mos keladigan hayotyoTlarini ishlab chiqish 

kerak. Aks holda inson va jamiyat katta tabiiy ofatlarning kelib 

chikishiga sababchi bo'Iadi va shu ofatlardan halok bo'Iadi.

300



Ekologik ta'lim va tarbiyaning tub ma'nosi - tabiat va jamiyat 

o'rtasidagi doimiy birlik va ularni bir-birlariga bog'Iovchi tabiiy 

hamda ijtimoiy qonunlarni o'rganish, hayotga tatbiq qilishdan 

iboratdir.

Ekolgik  ta’lim  va  tarbiya  -   bu  insonni  tabiatga  qadam 

qo'ygan  vaqtdan  boshlab,  butun  hayoti  davomida  tabiatdan 

ongli ravishda foydalanishga, psixologik, axloq-odob yuzasidan 

xalqimizning  tabiatga  hurmat  va  e'tibor  bilan  qaraydigan 

urf-odatlarini,  udumlarini  tarbiyalash,  tabiiy  boyliklarni 

ko'paytirish,  bog'-u-rog'lar,  gulzorlar tashkil  qilishga  undash- 

dan, uning qalbida yaxshi xislatlar uyg'otishdan iboratdir.

Insonni  o'rab  turgan  tabiiy  muhit  va  uning  boyliklarini 

biladigan,undantejamkorlikbilanfoydalanadigan, saqlaydigan, 

tabiat  boyligiga,  go'zalligiga  go'zallik  qo'shadigan,  ijtimoiy  va 

tabiiy qonunlarni  biladigan bilimdon shaxsni yetishtirish  -  bu 

ekologik tarbiya maqsadi.

O'rta  asrlarda  yashab  ijod  etgan  Sharq  allomalaridan 

Muhammad Muso  al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu  Rayhon 

Beruniy,  Abu  Ali  Ibn  Sino  va  boshqalar  tabiat  fanlarining 

rivojlanishiga  katta  hissa  qo'shganlar.  Ular  hali  ekologiya 

fani  dunyoga  kelmagan  davrda  tabiat  va  undagi  muvozanat, 

o'simliklar  va  hayvonot  dunyosi,  tabiatni  e'zozlash  haqida 

qimmatli fikrlar aytganlar.

Muhammad  Muso  al-Xorazmiy  (782-847)  risolalaridan 

birida  bunday  deb  yozadi:  "Bilingki,  dunyoning  ko'zlari 

yoshlansa, uning boshiga g'am, kulfat tushgan bo'ladi. Odamlar, 

daryodan  mehringizni  darig'  tutmanglar".  Dunyoning  yoshli 

ko'zlari  deganda  Muhammad  Muso  al-Xorazmiy  nimalarni 

ko'zda tutgan ekan?

Ehtimol,  u  daryo  suvining ortiqcha  isrof bo'lishini  nazarda 

tutgandir?  U,  eng  avvalo,  daryo  bilan  odamlarning  bir-birini 

tushinishlari  va  til  topishishlari,  o'zaro  mehr-muhabbat 

qo'yishlarini nazarda tutgan.

847-yilda  Muhammad  Muso  al-Xorazmiy  "Kitob  surat  al- 

arz”  degan  asarini yozdi.  Unda dunyo  okeanlari,  quruqlikdagi

301



qit'alar, qutblar,  ekvatorlar, gulllar, tog'lar, daryo va dengizlar, 

ko'llar va o'rmonlar va ulardagi o'simliklar, hayvonot dunyosi, 

shuningdek boshqa tabiiy resruslar -  Yerning asosiy boyliklari 

haqida  ma'lumotlar  keltirilgan.  Ushbu  risolada  matematika, 

geologiya,  astronomiya,  etnografiya,  tibbiyot,  shuningdek 

dunyo  xalqlarining  tabiiy  ko'nikmalari  va  tarixiy-huquqiy 

bilimlari umumlashtirilgan,


Download 19,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish