Fikriy
- aql, donolik, fahm-farosat, zehnlilikdan iborat.
2.
Xulqiy fazilat
- iffatlilik, adolatlilik, saxiylik, odoblilikdan
iborat deydi.
Farobiy yomon fazilatlarni qoralaydi va unga - razillik deb
ta’rif beradi.
Mutafakkir inson qadr-qimmatini kamsituvchi jamiyatga
qarshi chiqadi. Uning "Baxt-saodatga erishuv yo'llari" haqidagi
asarida davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib
borish, bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo'lga kiritilishini
ta'kidlaydi.
Farobiy davlatni yetuk shaxs, yaxshi fazilatlarga ega bo'lgan
kishilar tomonidan boshqarish lozimligi ta'limotini ilgari
surdi. Mutafakkir davlat va shahar birlashmasining o'ziga
xos xususiyatlari, davlatni boshqarish shakllari, vazifalari,
uslublarini yoritib berib, unda insonlarning farovon hayot
kechirishi haqidagi siyosiy-ijtimoiy-huquqiy turmushtarzlarini
yoritadi.
Farobiyning fozil jamoa va komil insonlar haqidagi
ta'limotlari so'nggi olim-mutafakkirlar ijodiga katta ta'sir
ko'rsatdi.
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini o'rta asr sharoitida
dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk
mutafakkir Abu Ali Ibn Sinoning dunyoqarashi Farobiy asarlari
ta'sirida shakllandi, u ijtimoiy-falsafiy masalalarda Farobiy
qarashlarini davom ettirdi, ilg'or falsafiy oqimni yangi tabiiy-
ilmiy fikrlar bilan boyitdi va tizimlashtirdi. Uning falsafiy
qarashlari:
276
1. Shaxs haqidagi ilm;
2Jnsonning o'zaro munosabatlari haqidagi ilm;
3.Davlatni, mamlakatni boshqarish haqidagi ilmdir.
Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga
shu mavjud dunyoda erishish mumkin, insonlar o'zaro
yordam asosida yashashlari kerakligini ta'kidlaydi. Jamiyat
kishilarning o'zaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli
qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini uqtiradi. Jamiyat
a'zolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni
buzish va adolatsizlik, jazolanish, basharti davlat boshlig'i
o'zi adolatsizlikga yo'l qo'ysa, xalqning unga qarshi chikishi
to'g'ri va bu holatni jamiyat qo'llab-quvvatlashi lozimligini
ta'kidlaydi.
Uning "Tadbir al-manozil" (Turar joyni boshqarish), “Axloq
haqida risola”, “Burch haqida risola", "Adolat haqida kitob",
"Donishnoma” asarlarida insonlarning umumiy fazilatlari,
ularda yuz beradigan yaxshi va yomon xulqlarning paydo
bo'lish sabablari to'g'risida fikr yuritib, bu sifatlar odatdan
paydo bo'ladi, odatlarning yaxshi yoki yomon bo'Iishida
hukumat ahllarining ta'siri katta deydi. Ibn Sino axloqiy
fazilatlardan iffat, qanoat, saxiylik, shijoat, sabr, adolatlik,
do'stlik, vafodorlik kabilarga o'z ta'rifini beradi. Ibn Sinoning
fikricha insonlar xulq-atvoriga yomon nuqsonlardan aldov,
adolatsizlik, bo'xton, o'ch olish, irodasizlik kabi illatlarni
bartaraf etishda davlat va jamiyat a'zolari va oilaning ta'siri
ustida so'z yuritadi. U bola tarbiyasi haqida fikr bildirib, bola
tarbiyasini unga ism berishdan boshlashni lozim deb biladi.
Bolaga munosib ism tanlash ota-onaning dastlabki oliyjanob
vazifalaridan deb bilib, uning tarbiyasi bilan, avvalo, ota-ona
shug'ullanishi kerakligini ta’kidlaydi. Ibn Sino o'zining ko'p
tarmoqli falsafiy qarashlari va boy merosi bilan mamalakat
taraqqiyotida katta rol o'ynadi.
Yuksak davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temur
ilm-fan, ma'naviyat va davlatni boshqarishga katta e'tibor
qaratib, yangi davlat tizimini tuzgan mashhur shaxsdir. Amir
277
Temur davlati o'z davrida Ovro'pa va Osiyodagi eng yirik
mustahkam va rivojlangan davlat sifatida tanildi. U davlatni
boshqarishga katta e'tibor berib, yangi davlat tizimi bo'yicha
Devoni Buzrugdan tashqari har bir viloyatda Devon deb
ataluvchi boshqarma tuzib, bu boshqarmalar soliq yig'ish,
tartibni saqlash, ijtimoiy binolarga qarab turish va aholining
xulqiy-axloqiy harakatlarini ostiga olish bilan shug'ullangan.
Uning “Temur tuzuklari" da davlat tuzilishi, davlatdagi turli
lavozimlarning vazifasi, davlat boshqarishga asos bo'lgan
qoidalar haqida fikr yuritadi. U davlat ishlarini har doim
islom va shariat hukmlari asosida boshqargan. O'z davlatining
martabasini qonun-qoidalar asosida boshqarganligi, davlat
ishlariga noqonuniy hech bir kimsani aralasha olmasligi,
bu ishga qurbi yetmaganligini ta’kidlab, jamiyat ishlaridagi
odamlarning 12 toifaga bo'linishi, saltanatni boshqarishda 12
qoidaga amal qilganligi, saltanat 4 qat'iy qoidaga asoslanishi
kabi masalalaryoritiladi.
Amir Temur saltanatni boshqarishda to'rt narsaga amal
qilgan. Ya'ni:
1. Kengash;
2. Mashvarat-u maslahat;
3. Qat'iy qaror, tadbirkorlik, xushyorlik;
4. Ehtiyotkorlik.
Shuni alohida ta'kidlash mumkinki, Amir Temur davlat,
jamiyat hayotida bo'lib o'tadigan har bir muhim rejani kengash
oldidan o'tkazar va bu kengashga nafaqat davlat arboblari,
sarkardalar, temurzodalar, balki sayyidlar, shayxlar, ilm-fan
ahlini ham taklif etgan.
Temuriylar davri madaniyati ma'naviyatini tez va yuksak
darajaga ko'tarilishiga olib keldiki, uning yutuqlari so'nggi
uzoq asrlar davomida madaniy huquqiy rivojlanish uchun
ozuqa bo'ladi. Ulug' ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan
falsafiy, madaniy-ma'rifiy ta'limotlar, ya'ni:
278
- Axloq-odob, muomalani inson tarbiyasining asosiy
maqsadlaridan deb bilib, uning adolat, yuksalish, ma'naviyatga
intilishiga yo'l ochish, imkoniyat yaratish zarur;
- Komil inson faqat rivojlangan davlatchilikda shakllanadi.
Bunda davlatchilik esa aql va ilmga o'zaro kelishuv, birgalikda
ega bo'lish natijasida amalga oshiriladi.
- Mustahkam davlatchilik fozil jamoani vujudga keltira
oladi, bu davlat, jamoaga rahbarlik, hokimlik qilayotgan
shaxsning ma'rifatli, ilmli, axloqli bo'lishi jamoani kelishib
boshqara olishga bog'liqdir - degan falsafiy qarashlari huquqiy
tarbiyaning negizi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |