39
24-jadval
Sog’in sigirlar ratsionidagi turli texnologik uslubda tayyorlangan senajning
o’zlashtirish samaradorligi.
Ko’rsatkichlar
Guruhlar
I
II
III
Tajriba davomidagi (kun)
122
122
122
Ishlab chiqarilgan sut (kg)
55251
56573
57314
Kunlik o’rtacha sog’im miqdori (kg)
13,5
13,8
14,0
1 kg sut ishlab chiqarishga sarflangan oziqa
(oz/bir)
0,96
0,95
0,93
Jadval ma’lumotlari yumshoq qadoqlangan senaj bilan oziqlangan sigirlar kunlik
sog’imi bo’yicha 0,5 kg ya’ni (3,7 %), 1-guruhda, shu miqdordagi transheya senaji
bilan oziqlantirilgan sigirlarga nisbatan yuqori potintsiya ko’rsatganidan dalolat berib
turibdi. 2-guruhda bu ko’rsatkich 0,3 kg tashkil etgan. 3 guruhdagi sigirlar, 1 guruhga
nisbatan, 1 kg sut ishlab chiqarish uchun 0,33 oziqa birligi kam sarflagan. Bu
sigirlarning ratsionida yuqori mahsuldorligi va yumshoq boshoqli senajli oziqalar
tuyimliligidan samarali foydalanganligini bildiradi. Ratsiondagi hashaki oziqalar o’rnini
silos bilan emas, balki senaj tomonidan to’ldirish to’yimli moddalarni hazmlanishini
ta’minlaydi. Bunday tartib, sut ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan umumiy
harajatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazgan. Oziqa harajatlari: 1 – guruhda 72,31 ming rub,
2 – guruhda 74,27 ming rub va 3 – guruhda 75,01 ming rub ni tashkil etgan. Shunday
bo’lsada 1-guruhda ishlab chiqarilgan sutni sotishdan foyda 84,57 ming rub, 2 –
guruhda bu ko’rsatkich 1590 rub ko’pini tashkil etgan. Eng ko’p foyda 3 – guruhga
to’g’ri kelgan va 1 – guruhdan 3160 rub ustunlik qilgan.
Shunday qilib, qadoqlangan senajning ratsionda qullanilishi quruq moddani va
uni tarkibidagi alohida moddalarni ham hazmlashini yaxshilaydi. Sut hosil bo’lish
jarayonini tezlashtiradi, natijada ko’p sut sog’ib olinishini ta’minlaydi.
A.S. Belikova va boshqalar (2003) o’z tajribalarida, oqsilvitamin – mineralli
qo’shimchani mahsuldor sigirlar ratsionida qo’llanishini, ratsionda A vitamini yuqori
40
darajada ta’minlanishini sigirlarning sut mahsuldorligi, sutning fizik –ximyaviy va
texnologik xususiyatlari xususan issiqlikga bardoshligiga ta’sirini o’rganganlar. Bunda
ular qora-ola zotli sigirlardan 2- ta guruh tuzib, 1- guruhdagi nazorat sigirlar ko’pchilik
ratsionlarda, 2 – guruh (tajriba) sigirlar ratsioniga qo’shimcha ravishda “Provimi”
firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. BVD (belkovovitaminny dobavki) dan qo’shib
berilgan. Tajriba guruhidagi sigirlar, ratsionida BVD qo’shimchasi hisobiga, 20 % A
vitamin bilan me’yordan yuqori ta’minlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: