Bu rejani quyidagi chizmada tuzish mumkin.
1-jadval
Hafta
kunining
yo’nalishi va sanasi
Tadbir va uni
bajaruvchilar
Tadbirning tahlili
va
pedagogik
xulosa.
Bu yerda hafta kuning yo’nalishlari deganda xaftaning har bir kunini
ma’lum faoliyatga ajratish ko’zda tutiladi. Masalan, dushanbani siyosiy
maorif uchun; seshanbani matbuot, sanoat saroylari ishi uchun, chorshanbani
mehanik kuni, yig’ilishlar uchun payshanbani sa’nat bayramlari va tadbirlari,
nazorat ishlari o’tkazish uchun, jumani to’garaklar va turlimashg’ulotlar
uchun, shanbani gurux soati, ota-onalar yig’ilishlari, sayohat, uchrashuv,
bellashuvlar o’tkazish uchun, yakshanbani esa dam olish kuni, quvnoqlar
starti, sport musobaqalari o’tkazish bilan bog’liq faoliyatga ajratish ancha
maqsadga muvofiq bo’ladi. Bulardan ba’zilari guruhda, ba’zilari o’quv
yurti miqyosida o’tadi.
Gurux rahbari o’z talabalari bilan o’tkaziladigan har bir tadbiri uchun
alohida reja tuzish xam tavsiya etiladi. Қat’iy dastur va darsliklari bo’lgan
har bir minutlik dars o’zining barcha bo’limlari va minutlarigacha hisobga
olinib dasturlashtiriladi-yu, lekin negadir tarbiyaviy ishlar tajribasida ma’lum
mavzudagi tarbiyaviy soat, bahslar, majlis, siyosiy axborot kabilar
ko’pincha hech qanday dastursiz, rejasiz o’tkaziladi va bunday holllarni har
qadamda ichratishimiz mumkin. Aslida esa tarbiyaviy tadbirning rejasini
ishlab chiqish dars rejasidan ham ko’ra murakkabroqdir. Bu xildagi reja
uchun qo’yiladigan talablar oldindan betafsil aniqlanib, uning reja uchun
qo’yiladigan talablar oldindan batafsil aniqlanib, uning mazmuni o’ylab
chiqilsagina samarador tarbiyaviy tomoni yuqori bo’ladi.
Bu reja va konspektda quyidagi bo’limlar bo’lishi va har bir bo’limlar
yuzasidan tegishli tayyorgarlik ishlari olib borilishi kerak.
1.
Ishning shakli va mazmuni.
2.
Tarbiyaviy maqsad, shu ishda hal qilinadigan vazifa.
3.
O’tkazish vaqti-kuni, soati.
4.
Tanlab olingan tadbir shakli o’tadigan joyi.
5.
Tadbirning dasturi.
6.
Tayyorgarlik davrida qilinadigan ishlarning turi, yo’nalishi.
7.
Kerak bo’ladigan jihozlarni, bezaklarni tayyorlash.
8.
Guruh rahbarining ushbu ishdagi ishtiroki va mavqei.
9.
Ishning natijasini tahlil qilib, kamchiliklarni belgilash.
10.
2-jadval
O’
quv
xaftasi
Tarbiyav
iy
ishning
asosiy
mazmuni
Kundalik ishlar
Ish natijasi va
kuzatishlar tahlili
1-21 mart Shanbalikda
qatnashish
va
chorak
yakunlariga
bagishlangan
maj-
lisda
ishtirok etish
6.III.o’z-o’ziga xizmat
etishni tekshirish
7.Sh.
siyosiy
axborotlar
bilan
uchrashuv.
9.Sh siyosiy axborotda
qatnashish.
10.Sh gurux yig’ilida
qatnashish
11.Sh
gurux
bilan
xaqida maslaxatlashish.
Axbort sust, siyosiy
axborotchilar faktlarni
sharxlashga
qiynalishdi.
Majlis faol va jonli
o’tdi,
faollarda
ma’suliyat xissi ortib
boryapti.
Respublikamiz istiqlolga erishgandan so’ng ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy
soxalarda, mustaqillik sharofati tufayli juda katta ijobiy o’zgarishlar vujudga
keldi.
Jumladan:
-siyosiy mustaqillik tufayli ichki va tashqi siyosatdan
Respublikamiz o’z qadriyatlari asosida jaxonning ko’pgina mamlakatlari bilan
bog’landi, nufuzli tashkilotlarga teng xuquqli a’zo bo’ldi, diplomatik aloqalar
o’rnatildi;
-iqtisodiy mustaqillik tufayli tabiiy zahiralarga boy giosiyosiy
nuqtai nazardan ancha qulay xududda joylashgan yurtimiz xo’jalikni yuritish
xuquqi qo’lga kiritildi va xalqimiz farovonligi yo’lida ulardan
foydalanishga shart-sharoitlar yaratildi;
-Ma’naviy mustaqillik tufayli xalqimizning istiqlolga, ozodlikka
o’z davlatiga ega bo’lishiga, adolatli jamiyat qurishga bo’lgan azaliy orzu-
umidlari ro’yobga chiqdi. Mustaqillik tufayli biz bugungi kunda barqaror
bozor iqtisodiyotiga, ichki va tashqi siyosatga, demokratiyaga asoslangan
xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishga kirishdik.
Bugungi kunda milliy mafkurani to’g’ri va aniq anglab yetish
hayotiy extiyoj darajasiga ko’tarildi. Chunki XX asrning oxiri va XXI asrning
boshlarida qudratli davlatlar va ba’zi bir siyosiy markazlar o’z maqsadlarini
amalga oshirish uchun o’z ta’sir doirasiga olmoqchi bo’lgan mamlakatning
axolisini ongini o’ziga qaram qilishga qaratilgan «Ilg’or»g’oyalarni ilgari
suradilar, axoli orasida tarqatdilar. Ba’zi bir kimsalar, ya’ni minglab istiqlol
mafkurasini tushinib yetmaganlar, shoshqaloqlik qilib ularning xiyla – nayrang
bilan ishlatgan to’riga tushib qoladilar. Hozirgi paytda sodir bo’layotgan
ayrim salbiy holatlar, nojo’ya xatti-harakatlar, yovuz ishlar avvalo
mafkuraviy bo’shliq tufayli sodir bo’lmoqda. Shuning uchun ham oliy va
o’rta maxsus hamda umumiy o’rta ta’lim maktablarida olib borilayotgan turli
ta’lim yo’nalishlari mazmunida, shu jumladan, geografiya ta’limi mazmuniga
milliy istiqlol mafkurasining asosini, uning xususiyatlarini singdirish hozirgi
kunning eng dolzarb masalasi deb qarash lozim. Mustaqillik tufayli
respublikamiz hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonida ikkita tarixiy
vazifani hal etmoqda:
Birinchidan, kuchli davlatchilik barpo etilayotir, respublikamiz ham
siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan mustaqillikni mustahkamlaydi;
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tayotir.
Milliy istiqlol mafkurasi xalqimiz azaliy an’analariga , udumlariga,
tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, inson,
sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg’ularini ongimizga singdiradi, kishilarda
yaxshilikka intilish hissini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham geografiya
ta’limi mazmuniga milliy istiqlol mafkurasining asl mohiyati va maqsadini
anglab yetish, jamiyatimizning bugungi o’zgarishlariga odamlarning ongli
munosabatini uyg’otish, vatanimiz manfaatlarini har narsadan ustun
qo’yuvchi chinakam vatanparvarlar, kelajagi buyuk davlatni barpo etishga
qodir va sodiq kadrlarni tayyorlashga qaratilgan milliy istiqlol mafkurasini
singdirish muximdir. Albatta milliy istiqlol mafkurasini yoshlar ongiga
singdirishga falsafa, siyosatshunoslik, dinshunoslik, iqtisodiyot nazariyasi
kurslari va ayniqsa, tarix fanining hissasi katta. Chunki mafkuraning falsafiy
asoslari o’z davrida tarixiy yillar davomidagi geografik shart-sharoitlarning
ta’sir doirasini unutmasligimiz kerak.
Shuningdek, geografiyaning mazmunini uning majmualigi,
xududiyligi, bir butunligi bilan bog’liqligi ham mafkurani shakllanishi va
takomillashuviga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Geografik mavzular mazmunini
qiyoslash, taqqoslash va aniq tahlil qilish ham mafkuradagi farqlarni to’g’ri
anglashga yordam beradi, uni takomillashtiradi. Geografiyadagi geografik
o’rin, tabiiy sharoit, mavzularida ma’lumotlarni aniq yoritish ishonch xissini
uyg’otadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |