V. Guruh jamoasini o’rganishining namunaviy dasturi
1. Guruh hayoti.
* guruhdagi talabalarning yoshi, ruhiy, fiziologik va gigenik holatlari;
* talabalarning shaxsiy taraqqiyoti, ma’rifatlilik jihatlari;
* guruhdagi jamoatchilik ishlari.
2. Guruhning hamjihatliligi va uyushqoqligi.
* talabalarning o’zaro munosabati;
* talabalarning birgalikda mehnat qilishlari va uning vaqti;
* qizlar va ug’il bolalarning do’stligi hamda hamfikrligi;
* jamoa a’zolarini himoya qilish;
* yutuq va muvaffaqiyatsizligini anglay bilish;
* o’quv yurti tomonidan ko’rilgan chora-tadbirlarda guruh talabalarining
ishtiroqi;
* millatlararo munosabat.
3. Guruhning tashkilotchiligi.
* jamoa bo’lib qiladigan ishlarni talabalar o’zlari mustaqil ravishda qila
oladilarmi yoki yuqmi;
* vazifa topshiriqlarni talabalar o’zaro taqsimlay oladilarmi, yuqmi;
* talabalarning guruh majlisida qabul qilingan qarorlarga itoat qiladilarmi
yoki yuqmi.
4. Guruhda hamkorlik.
* talabalar o’z o’rtoqlarining qaysi odatlarini ma’qul ko’radilar va qaysi
noma’qul deb hisoblaydilar;
* rag’batlantirish va chora ko’rishni talabalar qanday tushunadilar;
* guruhda qabul qilingan chora-tadbirlarni amaliyotda qo’llash orasida farq
bormi;
* guruhda tanqid va o’z-o’zini tanqid qilish mavjudmi.
5. Guruhda do’stlik aloqalarining xarakteri.
* talabalarning o’quv yurti va undan tashqarida o’zaro do’stlik
munosabatlari qanday;
* talabalar bir-biriga nisbatan sezgirlik, kuzatuvchanlik xususiyatlariga
egami;
* o’rtoqlariga nisbatan talabachanligi;
* o’rtoqlarining kamchiliklarini ko’ra biladimi, yuqmi;
* guruhning a’lochilar, zukko, ishbilarmon talabalarning darsdan ketib
qoladigan, o’zlashtirmoqchi talabalarga munosabatlari qanday;
* jismoniy jihatdanzaif bo’lgan bolalarga qanday yordamlar beriladi,
6. Guruh faollari.
* faollar hayati;
* ularning guruhdagi obro’lari;
* faollarning o’rtoqlariga nisbatan munosabatlari;
* faollar guruhdan ajratib turadilarmi, guruhdagilar ularni hurmat qiladilarmi
yoki yuqmi.
7. Guruhning o’quv yurti bilan aloqasi.
* o’quv yurtida bo’lgan hodisalardan, boshqa guruhlardan guruhning xabari
bormi;
* o’quv yurtining yaxshi yo’lga qo’yilishi uchun guruh o’quvchilari takliflar
kiritib turadilarmi;
* o’quv yurti talablarini guruh qanday bajaradi;
* guruhning boshqa guruh talabalari bilan kanday aloqasi bor;
* o’quv yurti tadbiriy choralarini rejalashtirishda guruh talabalari qanday
ishtirok etadilar.
Talabalar jamoasining yuqorida ko’rsatilgan usullar bilan holatini o’rganish
o’qituvchiga ko’p imkoniyatlar beradi. Tajribali o’qituvchilar hamma vaqt biror
guruhning rahbarligini olishdan avval, oldin guruhni batafsil o’rganadilar, bu esa
keyinchalik guruh rahbariga vaqtni tejashga, aniq ish rejalarini tuzishda va o’z
faoliyatini o’quv yili davomida belgilangan tarzda amalga oshirishga yordam
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |