148
1. Ma‟naviyat va ma‟rifat – davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi.
Har qanday jamiyat taraqqiyoti, uning darajasi fuqarolar ma‘naviyati, turmush tarzi,
kishilarning ma‘naviy-moddiy, ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularning qay darajada qondirilishiga
bog’liq. Mustaqillik davrida tarixan qisqa muddat ichida mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy va tarbiyaviy mafkuraviy sohalarda ulkan o’zgarishlar ro’y berdi.
Ma‘rifiy-ma‘naviy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishiga aylandi.
Joylarda ma‘naviyat bilan bog’liq tadbirlarning amalga oshirilishi uchun butun mas‘uliyat
hokimlar, vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatildi.
Ma‘naviyati yuksak millat va davlatning kelajagi buyuk bo’lishi mumkinligi omma ongiga
singdirildi. Tarixiy, madaniy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarga jamiyatni poklantiruvchi,
kelajakni ma‘naviy jihatdan mustahkamlovchi omil, deb qarala boshlandi.
Mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov qayd etganidek, mustaqillik davrida
bajarilishi lozim bo’lgan eng ustuvor vazifa
xalqimiz orasida katta ma‟rifiy-amaliy ishlarni olib
borib, milliy mafkuramizga kuch-quvvat beradigan, uni yangi-yangi marralar sari safarbar
etadigan, keng ommaga ta‟sir o’tkazishga, xalqni o’ziga tarafdor etishga xizmat qiladigan
siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma‟naviy manbalarni to’g’ri belgilab olishdir
" (Karimov I.A
O’z
kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz. -T.: O’zbekiston, 1999. B. 16.) .
Darhaqiqat, mustaqil O’zbekistonda ma‘naviyat sohasidagi vazifalar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy
barqarorlik sharoitida muttasil ravishda bajarib kelinmoqda. Chunonchi, istiqlolning dastlabki yillarida
jamiyat ma‘naviy hayotidagi bosh vazifa – eskicha fikrlash sarqitlarini bartaraf etish bo’lgan bo’lsa,
ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichidagi eng muhim vazifa erkin fuqarolik jamiyatining
ma‘naviyatini shakllantirish. Bir so’z bilan aytganda, ozod, o’z haq-huquqlarini yaxshi taniydigan,
boqimandalikning har qanday ko’rinishlarini o’zi uchun or deb biladigan, o’z kuchi va aqliga ishonib
yashaydigan, ayni zamonda o’z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg’un holda
ko’radigan komil insonlarni tarbiyalashdan iborat bo’ldi.
Ma‘naviyat jamiyat a‘zolarini ruhan poklantiruvchi, ma‘nan yuksaltiruvchi, inson ichki
dunyosiga, irodasiga kuch-quvvat beruvchi, millat vijdonini uyg’otuvchi va doimiy harakatdagi
kuchdir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta‘biri bilan aytganda, yangi asr bo’sag’asida
ma‘naviyat sohasidagi strategik maqsadimiz
milliy qadriyatlarimizni tiklash,
o’zligimizni
anglash,
milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma‟naviy hayotimizdagi o’rnini
va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom
ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta‟sirchanligini kuchaytirishdir
"
(Karimov I.A. Ozod
va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard
maqsadimiz. 8-j. -T.: O’zbekiston, 2000. B. 24).
1994 yil 23 aprelda mamlakatimiz ma‘naviy hayotida muhim voqea yuz berdi. Respublika
Ma‟naviyat va ma‟rifat jamoatchilik markazi tashkil etildi. Ushbu markaz qisqa davr ichida
xalqimizning boy ma‘naviy merosini o’rganish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida
mamlakat va millat kelajagini belgilaydigan ilg’or g’oyalarni yuzaga chiqarish bo’yicha katta
ishlarni amalga oshirdi. Shu bilan birga, ma‘naviyat va ma‘rifat masalalarini bevosita ja-
moatchilik yo’li bilan rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratildi. Ushbu yo’nalishdagi faoliyatni
yanada rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 sentabrdagi
Ma‘naviyat va ma‘rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va
samaradorligini oshirish to’g’risidagi Farmoni jamiyatni ma‘naviy barqarorlashtirishda muhim
ahamiyat kasb etdi.
Farmonga asosan, 1997 yildan boshlab 1 oktabr O’qituvchilar va murabbiylar kuni deb e‘lon
qilindi, Ma‘naviyat nashriyoti tashkil etildi, Ma‘naviyat va ma‘rifat jamoatchilik markazi qoshida
Oltin meros xalqaro xayriya jamg’armasi tuzildi.
Istiqlol yillarida O’zbekistonda milliy madaniyatni rivojlantirish, ayniqsa, uning moddiy-
texnik bazasini mustahkamlashga katta e‘tibor berildi. Ma‘lumki, mamlakatimiz jahon
sivilizatsiyasining muhim o’choqlaridan biri sifatida ko’plab tarixiy-madaniy, me‘moriy
yodgorliklarga ega. Biroq, sobiq Ittifoq davrida ularni saqlash, ta‘mirlash ishlari qoniqarsiz
ahvolda edi. Istiqlol esa noyob obidalarni saqlash, ularni kelgusi avlodlarga bekamu ko’st
149
yetkazish imkonini berdi. Sobiq tuzum davrida 6700 dan ortiq madaniy va tarixiy yodgorliklarni
ta‘mirlash ishlariga 1990 yilda 12,4 mln. so’m ajratilgan bo’lsa, 1992 yilda respublika byudjetidan
bu maqsadga ajratilgan mablag’lar 65,4 mln. so’mni tashkil etdi. Jumladan, 1991-1997 yillar
davomida Samarqand madaniyat va tarixiy yodgorliklarini ta‘mirlash ustaxonasi tomonidan
bajarilgan ishlar hajmi 20, Shahrisabz ustaxonasi bajargan ishlar hajmi 23 barobar oshdi.
1997 yilda Buxoroda 366 mln. so’m, Xivada 185 mln. so’m, Amir Temur nomi bilan bog’liq
qadamjolarni ta‘mirlash ishlarining ikkinchi bosqichi bo’yicha 250 mln. so’m hajmidagi ishlar
amalga oshirildi. 1999 yilda ushbu maqsadlar uchun 700 mln. so’m ajratilgan bo’lsa, bu raqam
2000 yilda 750 mln. so’mga yetdi
Sovetlar mustabid tuzumi sharoitida o’zbek milliy madaniyati ko’p zarar ko’rdi. Barcha
mustamlakachilar kabi kommunistik mafkura namoyondalari ham o’zbek xalqini qul qilish uchun,
eng avvalo, uning milliy madaniyatini yo’q qilishga urindilar.
O’zbek xalqi katta yo’qotishlarga qaramasdan, o’zligini, o’z milliy madaniyatini saqlab qola
bildi. Bu esa mustamlakachilar davrida yo’qotilgan, toptalgan madaniy merosni tiklash, o’zligini
anglash imkonini berdi.
Mustaqillik yillarida mamlakat aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yaxshilash,
uni yangi sifat darajasiga ko’tarish, fuqarolarning ilmiy, ta‘lim, axborot va madaniyat sohasidagi
qiziqishlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tezkorlik bilan qondirish masalalariga
ham alohida e‘tibor berildi. Shu maqsadda 2006 yil 20 iyulda O’zbekiston Respublikasi
Prezidenting Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta‘minlashni tashkil etish to’g’risidagi
Qarori qabul qilindi.
Ushbu Qarorni amalga oshirish natijasida respublikada axborot-kutubxona muassasalarining
umumiy soni 12 mingdan ortdi, shu jumladan, axborot-kutubxona markazlari 1863 tani, davlat
hokimiyati organlari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari kutubxonalari esa 9 mingdan ortiqni
tashkil etdi. Kutubxonachilik sohasiga zamonaviy kompyuter va multimediya texnologiyalarini
joriy etish orqali axborot-kutubxona muassasalarida to’liq matnli elektron resurslarni o’z ichiga
olgan elektron katalog orqali ma‘lumotlarni tezkor izlash imkoniyatini ta‘minlovchi
avtomatlashtirilgan tizim joriy etildi.
Ayni paytda O’zbekistonda yosh iqtidorlarni qo’llab-quvvatlash, yuqori malakali madaniyat
xodimlari tayyorlash ishiga ham katta e‘tibor berilmoqda. Respublikada sohaga ixtisoslashgan oliy
ta‘lim muassasalari, san‘at va madaniyat kolleji va akademik litseylar faoliyat yuritmoqda. Ularda
o‘ minglab talaba ta‘lim olmoqda. Yoshlar iqtidorini kashf etish va qo’llab-quvvatlash maqsadida
turli respublika tanlovlari va festivallari o’tkazilmoqda.
Jamiyat ijtimoiy-madaniy, siyosiy barqarorligini ta‘minlashda milliy istiqlol g’oyasining roli
tobora ortib borayotgani kabi, boshqa tomondan, mazkur qadriyatlarning ijtimoiy ahamiyatini
keng targ’ib etishda madaniyat muassasalarining o’rni yanada oshmoqda.
Ta‘kidlash lozimki, mustaqillik yillarida zamon, hayot talabiga binoan ma‘naviy-ma‘rifiy
ishlarni yangi davr talabi va manfaatlariga mos takomillashgan tizimi shakllantirildi. Bunda ta‘lim
tizimi, muzeylar, madaniyat uylari va saroylari, axborot resurs markazlari, madaniyat va istirohat
bog’lari ommaviy madaniyat muassasalari sifatida millionlab aholiga ma‘naviy-ma‘rifiy xizmat
ko’rsatmoqda.
Bugungi kunda O’zbekiston “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari” tamoyili asosida
taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Yangi davr shiddati ta‘lim-tarbiya tizimiga ham
o’zining aniq, qat‘iy talablarini qo’ymoqda.
Ushbu talablar doirasida ta‘lim sohasida pedagoglarning moddiy-ma‘naviy sharoiti tubdan
yaxshilanib, ta‘lim sifatini oshirishning zamonaviy texnologiyalari joriy qilinmoqda.
Tarbiya va ta‘limni bir-biridan alohida ajratib bo’lmaydi, bu ikki jarayon o’zaro uyg’un,
uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma‘naviyatli, shu
bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog’lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega,
zamonaviy kasb-hunar egasi bo’lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi.
2019-yil 3-mayda O’z.R Prezidentining “Ma‟naviy-ma‟rifiy ishlar samaradorligini oshirish
bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori (PQ-4307) qabul qilindi. 2019-yil 23-avgust
150
kuni O’z.R Prezidenti SH.M.Mirziyoyev huzurida Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va
jamiyatda o’qituvchi mavqeini oshirish” masalalariga bag’ishlangan videoselektor majlisi bo’lib o’tdi.
Majlisda belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq qilish, yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun
zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirish maqsadida
2019-yil 31-dekabrda “Uzluksiz ma‟naviy tarbiya konsepsiyasi” qabul qilindi (Vazirlar
Mahkamasining 1059-sonli qarori).
8 ta bob va 70 banddan iborat Uzluksiz ma‘naviy tarbiya Konsepsiyasi quyidagi bosqichlarni
qamrab oladi:
birinchi bosqich – oilalarda (ikki davr asosida: birinchi davr – homila davri, ikkinchi davr – bola
tug’ilganidan 3 yoshgacha bo’lgan davr);
ikkinchi bosqich – maktabgacha ta‘lim 3-6 (7) yoshgacha bo’lgan davr;
uchinchi bosqich – umumiy o’rta ta‘lim tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr – 7 (6)-
10 yosh boshlang’ich sinf, ikkinchi davr – 11-17 yosh o’rta va yuqori sinflar);
to’rtinchi bosqich – ishlab chiqarishda faoliyat ko’rsatayotgan va band bo’lmagan yoshlar,
shuningdek, o’rta maxsus kasb-hunar va oliy ta‘lim muassasalari tizimida (ikki davr asosida:
birinchi davr-o’rta maxsus kasb-hunar va oliy ta‘lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab
chiqarishda faoliyat ko’rsatayotgan va band bo’lmagan yoshlar – 17-30 yosh, ikkinchi davr-o’rta
maxsus kasb-hunar, oliy ta‘lim muassasalarining o’quvchi-talabalari 15-22 (24) yosh).
Konsepsiya doirasida 2020-2021-oq‘uv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida
I-XI sinflar uchun Odobnoma, Vatan tuyg’usi, Milliy istiqlol g’oyasi va ma‘naviyat asoslari,
Dinlar tarixi fanlarini birlashtirgan holda “Tarbiya” fani joriy qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |