57
yetadigan uyg’oq ong va tafakkurga ega bo’lish; aholining asosiy qismi demokratiyaga tayyor
bo’lishi, unga befarq bo’lmasligi, demokratik ong va madaniy saviyada dunyo va milliy taraqqiyot
talablaridan orqada qolmasligi kerak.
To’g’ri va haqiqiy bunyodkorlik g’oyasini faqat milliy davlatning demokratik qarashlari
orqali amalga oshirish mumkin! Hozirgi davrda jahon davlatlari erishayotgan yutuqlardan orqada
qolmaslik, yangi texnologiyalarni egallab, uni ishlab chiqarishga joriy etish uchun izlanish, yangi-
yangi ixtirolar qilishga qodir bo’lish, mustaqillikni mustahkamlash va uni rivojlantirish milliy
davlatimizning muhim yo’nalishlarini tashkil etadi. O’zligini anglagan xalq mustaqillikka, o’z
taqdiriga, farzandlarining kelajagiga istiqbol ko’zi bilan qaraydi! Jahonda o’ziga xos o’ringa va
nufuzga ega bo’layotgan O’zbekiston davlati ana shunday milliy demokratik yo’ldan bormoqda,-
deb ta‘kidlagan edi Islom Karimov.
Yigirmanchi asr jahon sivilizatsiyasida bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan katta iz qoldirdi.
Jahon urushlari, fan-texnika taraqqiyoti, turmush tarzida muayyan darajada farovonlik va
hokazolarni aytish mumkin. Lekin mamnuniyat bilan qayd qilish kerak, XX asrning so’nggi o’n
yilligi O’zbekiston milliy davlatchiligi uchun ulkan tarixiy-inqilobiy o’zgarishlarni yuzaga
keltirdi. Bu o’n yillik mamlakatimizda mustaqillikni ham iqtisodiy, ham siyosiy-ijtimoiy, ham
huquqiy-ma‘naviy, ham xalqaro
munosabatlarda tikladi, takomillashtirdi.
Mustaqillikning birinchi o’n yilida o’zbek o’zligini tanidi, jahondagi nufuzli millatlardan
biriga aylandi. Muhimi - istiqlol mafkurasi shakllandi, millatimiz, xalqimiz o’z g’oyasi va iymon-
e‘tiqodiga qaytdi. Ajdodlarimizning boy merosi tiklandi va tiklanmoqda. Biz ularning vorislari
sifatida dunyo ma‘naviy-ilmiy jamoatchiligi oldida qarzdormiz. Chunonchi, Muhammad al-
Xorazmiy, Muhammad az-Zamaxshariy, al-Hakim, at-Termiziy, Xo’ja Ahmad Yassaviy,
Bahouddin Naqshband, Xo’ja Axror Valiy va boshqa o’nlab alloma-avliyolarning teran ilmiy
xulosalari va amallarini uchinchi ming yillikda va hamisha jahon ahliga yetkazib, osoyishta va
farovon, tinch-totuv yashashimizga katta va munosib hissa qo’shmog’imiz kerak.
Diniy qarashlar odob-axloqning uzviy qismiga aylandi. Cheklashlar man qilindi. Inson
kamolida iymon-e‘tiqod, Yaratganga shukronalar aytish hamda dunyoviy bilimlarni egallash,
taraqqiyotni yuksaltirish davom etaveradi. I.A.Karimovning say-harakatlari tufayli 2007 yil
Toshkent Islom dini poytaxti, degan maqomni oldi. O’nlab, yuzlab avliyo-anbiyolar maqbaralari
tiklandi. Hozirgi paytda 18 diniy konfensiyalar tolerantlik tamoyiliga ko’ra millatlararo totuvlik
asosida ishlab turibdi.
Albatta, har qanday milliy davlat iqtisodiyotining asosini energetika va tabiiy boylik
zahiralari tashkil etadi. Shuning uchun ham jahondagi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar
to’qnashayotgan hozirgi energetika yetishmovchiligi sharoitida O’zbekistonning muhim ustunligi
mamlakat iqtisodiyotining ushbu yo’nalishda dunyodagi juda kam sonli davlatlar singari
I.Karimovning qat‘iy say-harakatlari bilan to’la mustaqillikka erishganligidadir. Ba‘zi davlatlar
esa uzoqni ko’zlamay, faqat joriy yilga mo’ljallangan byudjetni hisoblab chiqib, eng kam jahon
sarmoyasi bahosiga o’tishmoqda. Bu esa inqirozni bartaraf qilishga salbiy ta‘sir ko’rsatishi
mumkin.
O’zbekiston o’zining qo’shimcha tarzda gaz, neft, ko’mir va uran zahiralariga ega bo’lib,
ularni sof holda eksport qilish bo’yicha jahonning o’nta davlati safiga kiradi. Mamlakatning
umumiy energetika zahiralari yana kamida 100 yil davomida iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish
uchun yetadi. Buning o’ziyoq milliy davlatimizning boy imkoniyatlarga ega ekanligidan dalolat
beradi.
Umuman olganda, davlat va milliy davlatchilik muammosi, uning hozirgi globallashuv
davridagi rivojlanish davom etmoqda. Prezident Islom Karimov asos solgan milliy
davlatchiligimiz bundan keyin ham uzoqni ko’zlagan dastur asosida ravnaq topaveradi.