Politexnika instituti


 O‘zbekiston Respublikasida yoshlar siyosatini yangi bosqichga ko‘tarilishi



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

1. O‘zbekiston Respublikasida yoshlar siyosatini yangi bosqichga ko‘tarilishi. 
 
Mamlakatimizda  barcha  sohalarda  jadal  islohotlar  olib  borilmoqda.  Fuqarolarning 
huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, yanada ko‘proq kafolatlashga qaratilgan shu bilan 
birga ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni yanada qo‘llab-quvvatlashga doir ijtimoiy siyosat 
olib borilishiga keng eьtibor berilmoqda. Davlatimiz va jamiyatimiz e’tiborida bo‘lib turgan 
ijtimoiy  qatlamlardan  biri  yoshlar  bo‘lib  hisoblanadi.  Yoshlarni  har  tomonlama  qo‘llab-
quvvatlash ulardagi bor imkoniyatlardan foydalanishga va o‘z iqtidorlarini yanada namoyon 
etishiga  barkamol  yosh  avdloni  tarbiyalash  va  yoshlarning  huquqlari  va  manfaatlarini 
taьminlash  davlatimiz  oldida  turgan  vazifalardan  biri  bo‘lib  bu  davlat  va  jamiyat 
taraqqiyotining  muhim  omili  bo‘lib  hisoblanadi.  Prezidentimiz  Sh.M.Mirziyoyev 
ta’kidlaganidek: «Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom 
ettiramiz.  Nafaqat  davom  ettiramiz,  balki  bu  siyosatni  eng  ustuvor  vazifamiz  sifatida  bugun 
zamon talab qilayotgan yuksak  darajaga ko‘taramiz.  Yoshlarimizning mustaqil  fikrlaydigan, 
yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga 
hech  qaysi  sohada  bo‘sh  kelmaydigan  insonlar  bo‘lib  kamol  topishi,  baxtli  bo‘lishi  uchun 
davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz». So‘nggi yillarda 
yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida «Yoshlarga oid 
davlat siyosati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 
O‘zbekistonda 30 iyun — «Yoshlar kuni» deb e’lon qilindi. Turli sohalarda yuksak natija 
va  yutuqlarga  erishayotgan  fidoyi  yoshlarimizni  rag‘batlantirib  borish  maqsadida  «Mard 
o‘g‘lon» davlat mukofoti va «Kelajak bunyodkori» medali ta’sis etildi.  


263 
Yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot 
texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, 
xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini o‘z ichiga olgan beshta muhim tashabbus amalga 
oshirilmoqda. 
Mamlakatimizda 2017-2021 yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy 
islohotlar  natijasida  taraqqiyotning  mutlaqo  yangi  bosqichiga  qadam  qo‘yildi.  Shu  yillarda 
barcha  sohalarda  bo‘lgani  kabi  yoshlarga  oid  davlat  siyosatida  ham  tarixiy  va  olamshumul 
o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bularning asosi sifatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 
islohotlar dasturining eng birinchi va ustuvor yo‘nalishi yoshlar masalasi etib belgilanganligini 
ta’kidlash joiz. 
Xususan,  Prezidentimizning  o‘z  vazifalariga  kirishgan  vaqtdagi  imzolagan  ilk 
hujjatlaridan  biri  –  bu  2016  yil  14  sentyabrda  qabul  qilingan  O‘zbekiston  Respublikasining 
«Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni bo‘lgan edi. 
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda 30 iyun – «Yoshlar kuni» deb 
e’lon qilindi. 
Joriy  yilga  ham  «Yoshlarni  qo‘llab-quvvatlash  va  aholi  salomatligini  mustahkamlash 
yili»  deb  nom  berilishining  o‘zi  ham  O‘zbekistonda  yoshlarga  davlat  Rahbari  tomonidan 
berilayotgan e’tibor va ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning yuksakligidan darak beradi. 
2017-2021  yillarda  yoshlarga  oid  davlat  siyosatida  yangi  yo‘nalishlar,  tartiblar  va 
imkoniyatlar yaratildi. Yangi O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini quyidagi o‘ziga xos 
jihatlari bilan qayd etish o‘rinli: 
Birinchi,  yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  ustuvor  yo‘nalishlari  aniq  belgilab  berildi. 
Xususan,  O‘zbekistonda  yoshlarga  oid  davlat  siyosatini  2025  yilgacha  rivojlantirish 
Konsepsiyasi ishlab chiqildi. 
Konsepsiyada belgilangan ustuvor vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida 62 ta 
banddan  iborat  bo‘lgan  O‘zbekistonda  yoshlarga  oid  davlat  siyosatini  2025  yilgacha 
rivojlantirish  konsepsiyasini  2021-2022  yillarda  amalga  oshirish  bo‘yicha  «Yo‘l  xaritasi» 
tasdiqlandi. Bugungi  kunda  Yo‘l  xaritasidagi  bandlarning  ijrosi  mas’ul  ijrochilar  tomonidan 
samarali bajarilib kelinmoqda. 
Xorijiy  davlatlar  tajribasiga  nazar  tashlaydigan  bo‘lsak,  faqat  o‘z  yorqin  kelajagidan 
qayg‘urgan davlatlardagina yoshlarga oid davlat siyosatida istiqboldagi rejalar bo‘yicha aniq 
strategiya  va  dasturlarning  ishlab  chiqilganligini  ko‘rishimiz  mumkin.  Xususan,  AQSHda 
«Yoshlar  uchun  kelajak:  Federal  hamkorlik  yoshlar  strategiyasi»,  Finlyandiyada  «Yoshlar 
milliy  strategiyasi»,  Germaniyada  2015  yilda  qabul  qilingan  «Yangi  yoshlar  strategiyasi», 
Polshada  «2003-2012  yillarga  mo‘ljallangan  Milliy  yoshlar  strategiyasi»,  Chexiya 
Respublikasida «2014-2020 yillarga mo‘ljallangan Yoshlar strategiyasi» shular jumlasidandir. 
Ikkinchi,  yoshlarga  oid  milliy  qonunchilik  zamon  talablari  asosida  takomillashtirildi, 
xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikasiya qilindi 
2017  –  2020  yillarda  yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  samaradorligini  ta’minlash  va 
yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida 50 dan ortiq qonun va 
qonunosti hujjatlari qabul qilindi. 
Xususan,  O‘zbekiston  Respublikasining  «Yoshlarga  oid  davlat  siyosati  to‘g‘risida»gi, 
«O‘zbekiston  Respublikasi  yoshlari  kunini  belgilash  to‘g‘risida»gi,  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi, 
«Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida»gi, «Innovasion faoliyat to‘g‘risida»gi kabi qonunlarda 
yoshlarning huquqlariga doir ko‘plab yangi normalar belgilandi. 
Uchinchi, yoshlar siyosatida yoshlar bilan tizimli ishlash bo‘yicha yangi o‘ziga xos tartib 
va mexanizmlar joriy etildi. 
Xususan,  Davlatimiz  rahbarining  tashabbuslari  bilan   yoshlarning  huquq  va  qonuniy 
manfaatlarini himoya qiluvchi davlat tashkiloti bo‘lgan Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi. 
Bugungi kunda agentlik chin ma’noda yoshlarning manfaatlarini ifodalab kelmoqda. Yoshlarni 
ijtimoiy,  huquqiy,  psixologik  qo‘llab-quvvatlash,  ishsiz  yoshlarning  bandligini  ta’minlash 
maqsadida «Yoshlar daftari» tizimi joriy etildi. Yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya 


264 
va  sportga  keng  jalb  etish,  yoshlarda  axborot  texnologiyalaridan  foydalanish  ko‘nikmalarini 
shakllantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga 
qaratilgan  «Beshta  muhim  tashabbus»  loyihasi  ishga  tushirildi.  Yoshlarni  kasb-hunarga 
yo‘naltirish  maqsadida  «Yoshlar  kelajagimiz»  jamg‘armasi  tashkil  etildi  va  o‘tgan  yillar 
davomida  jamg‘arma  hisobidan  katta  loyihalar  amalga  oshirildi.  Yoshlarning  sanoat  va 
tadbirkorlik  sohalaridagi  tashabbuslarini  amalga  oshirish  va  qo‘llab-quvvatlash  maqsadida 
«Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari» tashkil etilmoqda. Yoshlarning innovasion g‘oya va 
tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish maqsadida hududlarda Yoshlar texnoparklari tashkil etildi. 
Joriy  yilda  ham  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  Andijon,  Samarqand,  Navoiy,  Sirdaryo, 
Toshkent viloyatlarida Yoshlar texnoparklarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda. 
To‘rtinchi, yoshlar tarbiyasi va hayotida muhim ahamiyat kasb etadigan ta’lim tizimida 
ulkan o‘zgarishlar amalga oshirildi. 
So‘nggi to‘rt yilda yurtimizda 44 ta yangi oliy ta’lim muassasalari tashkil etilib, ularning 
soni  50  foizga  oshirildi,  yoshlarni  oliy  ta’lim  muassasalariga  qamrovi  9  foizdan  28  foizga 
yetkazildi.  Jumladan,  Yangi  O‘zbekiston  universiteti,  4  ta  Prezident  maktablari,  5  ta 
«Temurbeklar maktabi» va 9 ta ijod maktablari barpo etildi. 
Beshinchi,  yoshlarning  tadbirkorlik  tashabbuslarini  qo‘llab-quvvatlashning  yangi 
mexanizmlari joriy etildi. 
Qisqa muddatda amalga oshirilgan oqilona siyosatning natijasi o‘laroq, bugungi kunda 
tadbirkorlik sub’yektlarining 23 foizini, shundan yakka tartibdagi tadbirkorlarning 21,5 foizini 
30  yoshgacha  bo‘lgan  yoshlar  tashkil  etmoqda.  Ular  yurtimiz  iqtisodiy  salohiyatining 
yuksalishi va xalqimiz farovonligi yo‘lida mehnat qilishmoqda. 
Oltinchi,  yoshlarni  ijtimoiy  jihatdan  qo‘llab-quvvatlash  maqsadida  ko‘plab  iqtisodiy 
loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, bugungi kunda: 
yosh oilalarni arzon uy-joylar bilan ta’minlash maqsadida 
2021 – 2023 yillarda Yoshlar uylarini qurish dasturi amalga oshirilmoqda
2021/2022  o‘quv  yilidan  boshlab  oliy  ta’lim  muassasalariga  kirish  imtihonlarida  eng 
yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy etilmoqda
tadbirkorlik  va  o‘zini  o‘zi  band  qilish  faoliyatini  boshlamoqchi  bo‘lgan  «Yoshlar 
daftari»ga kiritilgan ishsiz yoshlarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, 
mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha subsidiyalar ajratilib kelinmoqda. 
2020yil 
30-iyun 
kuni  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O‘zbekiston 
Respublikasida  yoshlarga  oid  davlat  siyosatini  tubdan  isloh  qilish  va  yangi  bosqichga  olib 
chiqish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”  PF-6017-son  Farmoni  qabul  qilindi.  Farmonga  muvofiq 
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi 
muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil 
etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 
dekabrdagi  mamlakat  yoshlari  bilan  uchrashuvida  belgilangan  vazifalarni  amalga  oshirish 
maqsadida:  O‘zbekiston  Respublikasi  Yoshlar  ishlari  agentligi  (Agentlik)  hamda  uning 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va tuman (shahar) 
bo‘limlari  tashkil  etildi.  Agentlikning  asosiy  vazifa  va  faoliyat  yo‘nalishlari  belgilandi. 
Agentlik,  jumladan,  yoshlar  bilan  bog‘liq  soha  va  yo‘nalishlarda  yagona  davlat  siyosati, 
strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi.  Shuningdek, 
Agentlik yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini 
amalga oshiradi.  
Farmon bilan O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishga doir 
qo‘shimcha  chora-tadbirlar  dasturi  tasdiqlandi.  Dasturda,  jumladan,  O‘zbekiston  yoshlari 
portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari hamda yoshlarga oid 
qonun  hujjatlari  bazasini  shakllantirish  belgilangan.  Dasturda  nazarda  tutilgan  tadbirlar 
Agentlik tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki nodavlat notijorat tashkilotlariga ijtimoiy buyurtma 
shaklida  ajratiladigan  davlat  grantlari  va  subsidiyalar  taqsimlash  orqali  moliyalashtiriladi. 
Farmonga  muvofiq,  O‘zbekiston  Respublikasida  yoshlarga  oid  davlat  siyosatini  yanada 


265 
rivojlantirish  borasidagi  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  bo‘yicha  muvofiqlashtiruvchi 
kengash  tashkil  etildi  hamda  uning  asosiy  vazifalari  belgilandi.  Agentlik  hududlar  kesimida 
ishsiz  yoshlar  ro‘yxatini  shakllantiradi  hamda  ularning  bandligini  ta’minlashga  qaratilgan 
manzilli  chora-tadbirlarni  amalga  oshiradi.  Shuningdek,  yuqori  kasbiy  salohiyatga  ega, 
tashabbuskor  va  islohotlarni  amalga  oshirishda  faol  ishtirok  etuvchi  yosh  kadrlar  zaxirasi 
shakllantiradi.  2021  yil  1  yanvardan  boshlab  “Yoshlar  –  kelajagimiz”  Davlat  dasturi 
to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni doirasidagi: hamda boshqa qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan 
tadbirlarni  “Yoshlar  –  kelajagimiz”  jamg‘armasi  mablag‘lari  hisobidan  moliyalashtirish, 
ajratilgan  kreditlar  bo‘yicha  foiz  xarajatlarini  qoplash  uchun  kompensasiya  va  subsidiyalar 
berish tartibi bekor qilinadi; loyihalarni kreditlash bozor tamoyillari asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
tijorat  banklari  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bunda,  Tadbirkorlik  faoliyatini  qo‘llab-
quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan yosh tadbirkorlar biznes loyihalari uchun ajratilgan 
summasi 2 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan 
oshmaydigan  tijorat  banklarining  milliy  valyutadagi  kreditlari  bo‘yicha  foiz  stavkasining 
Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini 
qoplash  uchun  kompensasiya  to‘lanadi.  Jamg‘arma  2021  yil  1  yanvardan  mustaqil  nodavlat 
notijorat tashkilot sifatida qayta tashkil etiladi. Shuningdek, Farmonga ko‘ra, yoshlar orasidan 
istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirishni nazarda tutuvchi tashabbuskor, islohotlarni amalga 
oshirish va joylardagi muammolarni hal etishda faol ishtirok etuvchi, rahbarlik lavozimlariga 
munosib  yoshlarni  qo‘llab-quvvatlovchi  “Vatan  iftixorlari”  institusional  tizimi  joriy  etiladi. 
Xulosa  o‘rnida  shungi  aytishimiz  mumkinki,  mamlakatimizda  yosh  avlodni  barkamol  qilib 
tarbiyalash,  ularning  hayotga  mustaqil  qadam  qo‘yishlari  uchun  barcha  zarur  sharoitlarni 
yaratishga, yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning 
axborot  texnologiyalari  bo‘yicha  savodxonligini  oshirish,  yoshlar  o‘rtasida  kitobxonlikni 
targ‘ib  qilish,  xotin-qizlar  bandligini  ta’minlashga  va  shu  bilan  birga,  yoshlarda  zamonaviy 
tadbirkorlik  ko‘nikmalarini  shakllantirish  va  yangi  ish  o‘rinlarini  yaratish  orqali  ularning 
bandligini  ta’minlash,  voyaga  yetmaganlar  o‘rtasida  huquqbuzarliklar  va  jinoyatchilik 
profilaktikasini  samarali  tashkil  etish,  oilaviy  ajrimlarning  oldini  olish,  yosh  avlodda 
mustahkam  vatanparvarlik  g‘oyasi  hamda  qat’iy  fuqarolik  pozisiyasini  shakllantirishga 
qaratilgan  ishlar  mamlaktimiz  oldida  turgan  yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  muhim 
vazifalaridan bo‘lib qolaveradi. 
 
 



Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish