260
nohukumat tashkiloti uslubiyati bo`yicha har yili tuziladi. U umumfoydalaniladigan statistik
ma’lumotlar va global so`rov natijalari kombinatsiyasidan iborat. Tekshirilayotgan mamlakatlar
davlat sektoridagi korruptsiya darajasiga munosabati asosida 0 dan (eng yuqori korruptsiya
darajasi) 100 gacha (eng quyi korruptsiya darajasi) oraliqda saralanadi. 2019 yil natijalariga ko`ra,
ko`rsatkichlar birmuncha yaxshilanib, 180 mamlakat qatnashgan reytingda 153-o`rinda ekanligi
qayd etilgan. O`zbekistonning “Korruptsiyani qabul qilish indeksi”da qo`lga kiritgan ball miqdori
22 balldan 23 ballga o`sganligiga qaramasdan, respublikaning indeksdagi o`rni 1 pog`onaga
tushdi. Buning asosiy sababi Tojikiston va Eritreya davlatlarining indeksdagi natijalari mos
ravishda 21 balldan 25 ballga hamda 20 balldan 24 ballga o`sib, 161-o`rindan 152-o`ringa va 165-
o`rindan 157-o`ringa ko`tarilganligidir.
“Korruptsiyani tiyib turish” subindikatori bo`yicha
Economist Intelligence Unit va Freedom House tashkilotlari tomonidan O`zbekistonga “0” ball
qo`yilgan. Bunga asosiy sabablar: fuqarolar turar joylarining buzilishi; mansabdor shaxslar
tomonidan fuqarolarning huquqlari buzilishi holatlari jazosiz qolayotganligi; joylarda maishiy
korruptsiyaning mavjudligi; sud tizimida qonuniylik bilan bog`liq vaziyatning yomonlashuvi
xisobga olingan.
Ekologik samaradorlik indeksi (The Environmental Performance Index) – Yyelь
universiteti qoshidagi Ekologik siyosat va huquq markazining aralash ko`rsatkichisi bo`lib, u
mamlakat yutuqlarini ekologiya va tabiiy resurslarni boshqarish nuqtai nazaridan o`lchaydi. 2018
yilgi reyting yakunlariga ko`ra O`zbekiston 136-o`rinni egalladi.
Indeks 2007 yilda Xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan AKT rivojlanishini baholashda
foydalaniladigan 11 ko`rsatkich asosida amalga oshiriladi. Indeks ushbu ko`rsatkichlarni yagona
mezonga birlashtiradi, va undan dunyo mamlakatlarning AKT rivojlanishi borasidagi yutuqlarini
taqqoslashga yo`naltiriladi, ayni paytda global, mintaqaviy va milliy darajalarda qiyosiy tahlilni
amalga oshirish vositasi sifatida foydalanilishi mumkin. 2017 yilda ushbu indeks bo`yicha
O`zbekiston 95-o`rinni egalladi
8
.
O`zbekiston har ikki yilda nashr etiladigan Jahon Banklarining logistik faoliyat
ko`rsatkichi nashrida 2018-yilda 2016-yildagi 118-o`rnidan 19 pog`ona yuqorilab oldi. Logistik
faoliyat ko`rsatkichi uchun asosiy mezonlar bojxona, infrastruktura, xalqaro yuk tashish, logistik
mahorat, harakatlanish, kuzatish hamda davriylikni o`z ichiga oladi.
Bugunga kelib bu kabi reyting va indekslar nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida
ham islohotlar va iqtisodiy siyosatning muvaffaqiyati mezonlari sifatida qo`llanila boshlandi.
BMTning Inson kamoloti indeksi (Human Development Index), Jahon iqtisodiy forumining
Global raqobatbardoshlik indeksi (Global Competitiveness Index), Jahon bankining biznes
yuritish reytingi (Doing Business) va shu singari boshqa qator omillar bo`yicha natijalar
davlatlarda, shu jumladan O`zbekistonda turli darajadagi dasturlar ishlab chiqilishida maqsadli
yo`nalish sifatida xizmat qilmoqda.
Jahon miqyosidagi xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy reytinglar orasida, birinchi navbatda, Jahon
bankining “Biznes yuritish” reytingini qayd etish lozim. “Biznes yuritish” reytingi hisoboti Jahon
bankining har yili o`tkazadigan tadqiqotlari natijasi hisoblanib, unga ko`ra, 190 mamlakatda 10
ko`rsatkich bo`yicha biznes yuritish qulayligi baholanadi. Hisobot kichik va o`rta biznesning
hayotiy faoliyati davomida uni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni baholashga,
amaliyotda qo`llash tartibiga yo`naltirilgan. Ushbu hisobot Jahon banki tomonidan 2003 yildan
beri tayyorlanib kelinadi va har yili kuzda e’lon qilinadi.
Quvonarlisi shundaki, keyingi 5 yil davomida “Biznes yuritish” reytingida O`zbekiston
jahonning 190 mamlakati orasida 2012 yildagi 166-o`rindan 2017 yilda 74-o`ringa ko`tarilib,
biznes yuritish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish ko`rsatkichi bo`yicha islohotchi
mamlakatlarning birinchi o`ntaligidan joy oldi. O`zbekiston 2022 yilgacha Jahon banki va Xalqaro
moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotidagi jahon mamlakatlarining birinchi
yigirmataligi darajasiga mos keladigan eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga intilmoqda. Bu
maqsad Prezidentimizning 2018 yil 13 iyuldagi “Jahon banki va Xalqaro moliya
Do'stlaringiz bilan baham: