O`rta asrda O`rta Osiyoda kartografiya
O`zbekiston geografiyasiga va kartografiyasiga tegishli juda muhim
asar “Hudud al-olam” (Olamning chegaralari) X asrda (983 yilda) yaratilib,
muallifi noma’lumdir. Unda o`sha davrga tegishli juda ko`p geografik
ma’lumotlar berilgan. Shu ma’lumotlarni prof. H.Hasanov hozirgi zamon karta
asosiga tushirib, o`sha davrda yozilgan bu asarni juda mukammalliligini
isbotlab berdi.
Abu Rayhon Beruniy.
O`rta Osiyo va Xurosondagi ilm va fanni XI-XII
asrlarda Abu Rayhon Beruniy asarlarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Chunki, u
Turkiston va Xurosonnigina emas, balki jahonning eng ulug` olimlaridan biridir.
Bu allomaning asarlari sobiq Ittifoqdagina emas, balki Hindistonda, Pokistonda,
Misr, Eron, Angliya, Fransiya, Italiya, Germaniya, AQSh, Turkiya, Eron va
boshqa mamlakatlarda ham chop etilib o`rganilib kelinmoqda.
Abu Rayhon Beruniy 973 yili 4 sentabrda Xorazmda Kot shahrida
tug`ilgan (hozirgi Beruniy shahri o`rnida bo`lgan). U yoshlik chog`idayoq tabiiy
fanlarni o`rganishga e’tibor berib, astronomiya, geografiya, minerologiya,
geodeziya va kartografiya fanlari sohalarida chuqur ilmiy izlanishlar olib borgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, uning 113 asari bo`lgan. Sharqshunoslarning eng
so`nggi hisoblariga ko`ra bu asarlarning 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi
matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 4 tasi kartografiyaga, 3 tasi
iqlimga va hakazolarga tegishlidir.
P.G. Bulgakovning taxminicha, Beruniy jami 10 ming varaq qulyozma
asar yaratgan. Agar Beruniy qo`lyozmalarining hammasi chop etilsa, har biri 35
bosma taboqa 40 jild bo`lishi mumkin ekan. Beruniy asarlari orasida
geografiyaga doir asarlari juda ko`p bo`lib, ularda geodeziya va kartografiyaga
tegishli qismlari (boblari) bo`lgan. Beruniy “Tastix as-suvar va tabtix al-quvar”
asarida (bu asarni H.Hasanov “Kartografiya” deb atagan) usturlab
(astrolyabiyaning bir turi), graduslar to`ri, sharni tekis yuzaga tushirish va
kartografik proyeksiyalar, osmon globusini yasash to`g`risida ma’lumotlar
bergan.
Asarda kartalarda tasvirlanadigan ob’ektlarni (tafsilotlarni) qaysi
ranglarda tasvirlash kerakligi aytib o`tilgan. Masalan, dengizlar pistamag`iz
rangda, oqar suvlar qaxrabo va osmoniy rang bilan, qumlar za’faronsimon sariq
rang bilan, shaharlar chorburchak shaklda qirmizi va qizil rangda, yo`llar
kulrangda tasvirlangan.
“Hindiston” kitobida shaharlarning geografik koordinatalarini hisoblab,
ularning o`rnini tekis yuzada tasvirlagan. Masalan, u Loxur qal’asining kengligini
34
0
10’ ekanligini va G`azni shahriniki 33
0
35’, Qobul shahriniki 33
0
47‘, Nandna
qal’asiniki 32
0
ekanligini hisoblab bergan.
Beruniy Hindistondalik vaqtida Yer aylanasining uzunligini va 1
0
yoy
uzunligini oddiy usulda o`lchash yo`llarini ishlab chiqqan.
Olimning eng yirik asarlaridan “Qonuni Mas’udiy” ni 1037 yillarda, ya’ni
umrining so`nggi yillarida yozib tomomlagan, uni o`sha davrning podshosi Sulton
Ma’sudga bag`ishlagan. Bu kitob Beruniy asarlaridan birinchi bo`lib o`zbek tiliga
tarjima qilingan.
Beruniy o`zining asarida geografik koordinatalarni aniqlashni o`zi ishlab
chiqqan yangi usuldan foydalanib, Yer yuzidagi 600 dan ortiq joyning o`rnini
aniqlagan. Beruniy ma’lumotlarini qanchanlik aniq ekanligini M.Teshaboyev
tuzgan quyidagi jadvaldan ko`rish mumkin.
Joylar nomi
Beruniy
bo`yicha
geografik kengligi
Hozirgi
ma’lumot
Farqi
Buxoro
39
o
20’
39
o
46’
- 0
o
26’
O`sh
43
o
25’
42
o
32’
+ 0
o
53’
Samarqand
40
o
00’
39
o
39’
+ 0
o
21’
Toshkent
42
o
30’
41
o
19’
+ 1
o
11’
Xo`jand
40
o
50’
40
o
17’
+ 0
o
23’
Boku
39
o
00’
40
o
23’
- 1
o
23’
Tbilisi
40
o
00’
41
o
43’
- 1
o
23’
Darband
66
o
00’
66
o
00’
00
o
O`sh
92
o
30’
90
o
28’
+ 2
o
2’
Toshkent
89
o
10’
87
o
00’
+ 2
o
16’
Tbilisi
62
o
00’
62
o
29’
+ 0
o
29’
Xo`jand
90
o
00
87
o
18’
+ 2
o
42’
Farg`ona
92
o
00’
89
o
26'
+ 2
o
84’
O`zgan
92
o
00’
90
o
45’
+ 2
o
05’
Do'stlaringiz bilan baham: |