O`rta Osiyoda ilk kartografiya
Ba’zi bir qadimiy manbalarda O`rta Osiyo hududida yashab ijod qilgan
bir qancha olim va ulamolarni “arab geografiyasi” vakillari deb kelingan. Prof.
H.Hasanov va G.Yu.Krachkovskiylar bu talqin noto`g`ri ekanligini isbotlab
berishgan. Bu to`g`rida H.Hasanov “O`rta osiyolik geograf va sayyohlar” nomli
kitobida “O`rta Osiyo olimlari deyilganda, shu o`lkadan yetishib chiqqan va o`z
ilmiy faoliyatini shu yerda yoki boshqa mamlakatlarda o`tkazgan olimlar guruhi
tushunilishi kerak” deb yozadi.
O`rta Osiyolik Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad al Farg`oniy,
Jayxoniy, Balxiy, Beruniy, Mahmud Qoshg`ariy, Hafizu Abru, Bobur, Haydar
Mirzo kabi ajoyib olim va geograf sayyohlar geografiya va kartografiyaning
rivojlanishiga juda katta hissa qo`shganlar. Turkiston zaminida Xorazmning
Sharq fani tarixidagi o`rni juda muhimdir. Xorazmda aniq fanlar-matematika,
astronomiya, kartografiya, kimyo, mineralogiya, geografiya IX asrlarda yuksak
darajada taraqqiy etgan.
Ilk Xorazm vohasining ko`zga ko`ringan mashhur olimlaridan Muhammal
ibn Muso al Xorazmiy (qisqacha Muhammad Xorazmiy) Xorazmda tug`ilib
Bag`dodda vafot etgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko`ra u 780 yilda tug`ilgan va 847
yilda vafot etgan deb taxmin qilinadi.
IX asrning boshlarida podsho Ma’mun hukimronlik qilgan davrda (813-
833 yillar) Bag`dodda “Olimlar akademiyasi” – “Bayt ul-xikma” (Donishmandlar
uyi) tashkil qilinib, unda juda ko`p o`rta osiyolik olimlar ijod qilgan. Shu vaqtda
Muhammad Xorazmiy Bag`dod rasadxonasining Yer yuzi aylanasining uzunligini
o`lchash uchun 1
0
yoy uzunligini aniqlash bo`yicha ekspeditsiyasiga
(Mesopotomiyada) rahbarlik qilgan.
Prof. H.Hasanovning yozishicha, xalifa Ma’mun topshirig`i bilan “Jahon
kartalari” tuzishga kirishiladi va bu ishga M.Xorazmiy rahbarlik qiladi. Bu asarni
“Dunyo atlasi”desa ham bo`ladi. Bunda 70 tacha olim shug`ullangan. Kartalarni
tuzish 840 yillarda tugallangan.
Xorazmiyning mazkur kartalar yaratish munosabati bilan yozilgan “Surat
al-arz” kitobi “Xorazmiy geografiyasi” nomi bilan mashhurdir. Kitob bir necha
o`nlab kartalar va ularga berilgan izohnomalardan iborat bo`lgan. Bu kitobni
“Yerning surati” deb ham yuritganlar.
Hozirgi vaqtda atlasdan 4 ta karta saqlanib qolgan. Ular hozir Strasburg
shahrida (Fransiyada) saqlanmoqda. Kartalarga izohlar asosan zij tarzda berilib,
537 ta eng muhim joylarning nomi va koordinatalari ko`rsatilgan.
Atlasdagi kartalardan birida Nil daryosi havzasi tasvirlansa, ikkinchisida
Azov va Qora dengizlar tasvirlangan. Muhammad Xorazmiy O`rta Osiyoning
buyuk
geograf
olimigina
emas,
balki
Sharq
geografiyasining
va
kartografiyasining asoschisi, uzoq Ispaniyadan to Qashqargacha bo`lgan barcha
tabiatshunos, geograf va sayyoh olimlarga ilhom bergan, namuna bo`lgan
rahnamosi hamdir. Beruniy ham o`zidan II asr oldin o`tgan vatandoshini katta
ehtirom bilan tilga olgan. Italiya sharqshunosi K.Nallino Xorazmiyga yuksak
baho berib, “Yevropadagi hech bir xalq Xorazmiy erishgan yutuqqa erishishga va
bunday asar yaratishga qobil emas edi”- deb yozadi. Muhammad Xorazmiyning
zamondoshi Bag`dod rasadxonasining xodimlaridan biri Ahmad ibn Muhammad
al-Farg`oniy asli farg`onalikdir. Uning geodeziya sohasida qilgan ishlaridan “Al-
Komil fil usturlob” (“Usturlob to`g`risida mukammal ma’lumot”) va “Usturlob
san’ati to`g`risida” nomli asarlari geodezik va astronomik o`lchash ishlarni
bajarishda o`sha vaqtdagi asosiy manbalardan biri hisoblangan. Al Farg`oniy
Yevropada ulug` Alfraganus nomi bilan mashhur bo`lgan. Farg`oniyning
xizmatlaridan yana biri shuki, 861 yilda u al-Mutavakkilning buyrug`i bilan Nil
daryosi suv sathini o`lchaydigan asbob yaratib uni o`rnatish uchun Qoxiraga
borgan va bu ishni qoyilmaqom qilib bajargan.
X asrda yashab ijod qilgan yana bir xorazmlik olim Abu Abdulla
Xorazmiydir. Uning kartografiya tarixiga qo`shgan xissasi shundan iboratki, u
o`zining geografiyaga tegishli asarlarida Xo`jand-Shifurkon (Shibirg`on)
shaharlaridan o`tgan meridianni Bosh meridian deb qabul qilgan. Natijada bu
meridian Xo`jand meridiani nomini olgan.
Sharq
kartografiyasini
rivoj
topishida
Arab
va
O`rta
Osiyo
kartografiyasini asosi bo`lgan “Islom atlasi” ning o`ziga xos o`rni bor.
Islom atlasining muallifi noma’lum, lekin ayrim tadqiqotchilar uni Balxiy
tuzgan deb taxmin qiladilar. Bu atlasda 21 ta karta bo`lib, jumladan, dunyoning
doiraviy kartasi berilgan. Undan tashqari Arabiston yarim oroli, Fors dengizi,
Misr, Shom mamlakatlari va Rum dengizi kartalari hamda, musulmon
dunyosining markaziy va sharqiy qismlarini 14 ta kartasi berilgan, unda Jazoir,
Iroq, Fors, Kirmon, Sind, Armaniston, Hazar dengizi, Fors cho`li, Xuroson,
Movarounnahr hududdlari o`z aksini topgan.
850-934 yillarda yashab o`tgan o`rta osiyolik mashhur olim Abu Zayd
Balxiy bevosita geografiya va kartografiya masalalari bilan shug`ullanib, dunyo
kartasini yaratgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |