Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o


Magnit strelkasining og`ish burchagi



Download 8,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/199
Sana01.01.2022
Hajmi8,48 Mb.
#299601
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   199
Bog'liq
topografiya va kartografiya asoslari

 


Magnit strelkasining og`ish burchagi. 
Geografik  meridian  -  geografik  qutblarni,  magnit  meridianlari  esa-  magnit 
qutblarini  tutashtiradi.  Yerning  geografik  qutblari  bilan  magnit  qutblari  bir  nuqtada 
joylashgan  emas.  Magnit  qutblarining  biri  Antarktida  qirg`og`ida,  ikkinchisi  Kanada 
orollaridadir. 
Geografik  qutblar  bilan  magnit  qutblari  bir  nuqtada  joylashmaganligidan 
geografik  meridian  bilan  magnit  meridiani  yo`nalishlari  hamma  joyda  ham  bir-biriga 
to`g`ri  kelavermaydi.  Ular  orasida  qandaydir  burchak  hosil  bo`ladi.  Bu  burchakka 
magnit strelkasining og`ish burchagi deyiladi va u (betta ) harfi bilan belgilanadi. 
Magnit  meridianining  yo`nalishi  magnit  strelkasi  yo`nalishiga  to`g`ri  keladi. 
Magnit  strelkasining  shimol  tomoni  geografik  meridiandan  g`arb  yoki  sharqqa  tomon 
og`ishiga  qarab,  uning  og`ish  burchagi  musbat  yoki  manfiy  bo`ladi.  Agar,  magnit 
strelkasi  geografik  meridiandan  sharqqa  og`sa,  og`ish  burchagi  sharqiy  va  ishorasi 
musbat bo`ladi. G`arbga og`sa , og`ish burchagi garbiy va ishorasi manfiy bo`ladi. 
Magnit  strelkasining  og`ish  burchagi  turli  nuqtalarda  turlicha  qiymatga  egadir. 
Magnit  strelkasining  og`ish  burchagi  qiymati  topografik  kartaning  janubiy  ramkasi 
ostida  beriladi.  Undan  tashqari,  magnit  strelkasi  og`ish  burchaklarini  tasvirlaydigan 
maxsus kartalar ham bo`ladi. 
Magnit strelkasi og`ish burchagining qiymati Yer yuzasidagi turli nuqtalarda turli 
qiymatga  ega  bo`lishi  bilan  birga,  ular  vaqt  o`tishi  bilan  ham  o`zgarib  turadi.  Bu 
o`zgarish  asriy,  yillik,  sutkalik  va  tasodifiy  o`zgarishdan  iborat.  Ma’lumki,  Yerning 
magnit  qutbi  asrlar  davomida  o`zgarib  turadi.  Shu  sababdan  Yer  yuzasidagi  har  bir 
nuqtada magnit strelkasining yo`nalishi ham o`zgaradi. Magnit strelkasi taxminan besh 
asr  davomida  geografik  meridiandan  sharqqa  yoki  g`arbga  tomon  22°  gacha  og`adi. 
Magnit strelkasining bu og`ishi asriy og`ish deyiladi. 
Magnit  strelkasining  yillik  og`ishi  81
0
  dan  oshmaydi.  MDH  hududida  magnit 
strelkasi  yil  mobaynida  21
0
  dan  71
0
  gacha  og`ishi  aniqlangan.  Magnit  strelkasining 
sutkalik  og`ishi  geografik  kenglikka  bog`liq.  Yuqori  geografik  kengliklarda  ekvator 
atrofidagiga nisbatan magnit strelkasining sutkalik og`ishi kattaroq bo`ladi. 
M:  MDH  ning  o`rta  qismlarida  strelkaning  sutkalik  og`ishi  15
0
  gacha  yetadi. 
Magnit strelkasining sutkalik og`ishi qishga nisbatan yozda, kechasiga nisbatan kunduzi 
kattaroq bo`ladi. 
Magnit strelkasining tasodifiy og`ishi kosmik va mahalliy hodisalarga, chunonchi 
shimol  shu’lasi,  Quyosh  dog`lari,  vulkan  harakatlari,  kuchli  shamol  va  boshqalarga 
bog`liq bo`ladi va bunda magnit strelkasi 2° gacha og`ishi mumkin. 
Magnit strelkasining og`ishi temir konlari bo`lgan joylarda ayniqsa katta bo`ladi. 
Magnit  strelkasining  keskin  ravishda  og`ishiga  magnit  anomaliyasi  deyiladi.  Bunga 
Kursk va Temirtov magnit anomaliyalari misol bo`la oladi.
 
 
Kompas 
Kompas  eramizdan  avvalgi  IX-asrda  Xitoyda  ixtiro  qilingan.  Hozirgi  vaqtda 
kompasdan sayyohlar, uchuvchilar, dengizchilar, turistlar razvedkachilar, geodezist, topograf, 
geograf va boshqa mutaxassislar gorizont tomonlarini aniqlashda foydalanadilar. Kompaslar 
har xil tuzilgan. 
Maktab kompasi. 


Adrianov kompasi. 
Tog` kompasi. 
Joyda  aniq  oriyentirlashda  mukammalashtirilgan  konstruktsiyadagi  kompaslar 
ishlatiladi.  Bunday  kompasga  bussol  deyiladi.  Kompas  bilan  ishlashdan  avval,  uni  tekshirib 
ko`rish kerak, ya’ni: 
1. Kompasning magnit strelkasi sezgir bo`lishi kerak. 
2. Magnit strelkasi tinch turgan paytda u gorizontal holatda bo`lishi kerak. 
3.  Komapasning  magnitlangan  strelkasi  ekstsentrisitet  xatosidan  xoli  bo`lishi  kerak,  ya’ni 
strelkaning  shimoliy  va  janubiy  uchlaridan  olingan  sanoqlar  bir-biridan  180°ga  farq  qilishi 
kerak. 
4. Kompas dioptrlarning markazidan o`tgan tekislik limbning 0° va 180°li diametridan o`tishi 
kerak.  Buning  uchun  biron  chiziqning  azimuti  tekshirib  ko`rilgan  bussol  bilan  o`lchanadi. 
So`ngra  bu  chiziq  azimuti  tekshirilayotgan  kompas  bilan  o`lchanadi.  Shunda  u  oldin 
aniqlanilgan  azimutga  teng  bo`lishi  kerak.  Bu  ikki  azimut  bir-biridan  farq,  qilsa,  unga 
kollimatsiya  xatosi  deyiladi  va  bu  xato  o`lchash  natijalarida  e’tiborga  olindi,  Kompaslar 
qutichasining  (korpusining)  yon  tomondan  arretir  deb  ataladigan  qisqich  bo`lib,  kompas 
ishlatilmaganda  qisqich  bilan  strelkani  ko`tarib  oynaga  tirab  qo`yiladi.  Kompasning  gradus 
bo`laklari chizilgan xalqachasi limb deb ataladi. Andrianov kompasning qopqog`i aylanadigan 
qilib ishlangan. Yo`nalishni nishonga olish uchun qutichaga uchburchak uyilgan va mushka 
o`rnatilgan.  Ularni  dioptrlar  deyiladi.  Odatda,  mushkani  -  predmet  dioptri,  kuz  bilan 
qaraladigan  dioptirni  esa  kuz  dioptri  deyiladi.  Dioptrlar  yo`nalishlarni  aniq  nishonga  olish 
uchun xizmat qiladi. Bu kompasning oynasi ustiga direktrisa deb ataladigan chiziq chizilgan. 
Direktrisa  kompas  limbidan  sanoq  olish  uchun  xizmat  qiladi.  Tog`  kompasidagi  limbga 
yozilgan gradus qiymatlari soat strelkasiga teskari yo`nalishda yozilgan. Bu kompas bilan (tog 
kompasi)  yon  bag`irlarning  qiyalik  burchagini  o`lchash  uchun  uning  markaziy  o`qi  atrofida 
aylanadigan strelka o`rnatilgan va gradus qiymatlari yozilgan. 
 
 

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish