Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o



Download 8,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/199
Sana01.01.2022
Hajmi8,48 Mb.
#299601
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   199
Bog'liq
topografiya va kartografiya asoslari

Mavzuli kartalar 
 
Mamlakatimizda  nashr  qilingan  va  qilinayotgan  mavzuli  kartalarning 
mazmunlari, ishlatilishi ham xilma-xildir, shulardan ayrimlari bilan tanishamiz. 
 
Geologik  kartalar
  asosan  yirik  masshtabli  bevosita  dalada  yaratilgan 
kartalar  asosida  tuziladi.  Geologik  kartalar  geografik  kartalarga  o`xshab, 
umumgeologik  kartalarga  va  geologiya  sohalari  bo`yicha  tuzilgan  kartalarga 
bo`linib tasvirlanadi. Ularda ma’lum bir hududning geologik tuzilishi to`g`risida, 
ya’ni geologik yoshi, petrografik tarkibi, to
G
`
 
jinslarining joylashishi  va tuzilishi 
to`g`risida  ma’lumot  beradi.  Geologik  kartalarda  shartli  belgilarga  qo`shimcha 
harflar,  raqamlar,  indekslar,  chiziqlar  yordamida  boshqa  ko`rsatkichlar  ham 
beriladi.  Tektonik  yoriqlar,  uzilmalar,  surilmalar  esa  chiziqli  belgilar  bilan 
tasvirlanishi  mumkin.  Seysmik  kartalarda  belgilar  usuli  ishlatilib  zilzila 
epitsentrlarning  o`rni  belgilar  bilan,  seysmik  to`lqinlarning  tarqalishi  va  ularni 
rayonlashtirilishi izoliniyalar (teng chiziqlar) bilan tasvirlanadi.  
 
Sobiq Ittifoqda yirik geologik-kartografik asarlar nashr qilingan bo`lib, ular 
1:2,5  mln.  masshtabdagi  Davlat  geologik  kartasi  (1965  yil)  va  1966  yilda  sobiq 
Ittifoqning  1:5  mln.  masshtabdagi  tektonik  kartalaridir.  Bu  kartalar  mamlakat 
geologiyasini  o`rganishga  bag`ishlangan  yirik  asarlardir.  O`zbekistonning  ham 


1:1  mln.  masshtabli  umumgeologik  va  tektonik  kartalari  nashr  qilingan.  Hozirgi 
vaqtda respublikamizning 1:1 mln. masshtabli o`quv geologik kartasi tuzilmoqda. 
 
Iqlim  kartalari.
  Hududlarni  iqlim  ko`rsatkichlari  asosida  ma’lum  bir  vaqt 
uchun  kameral  sharoitda  tuzilgan  va  hududning  iqlim  xususiyatlarini  kartografik 
usulda tasvirlovchi kartalar iqlim kartalari deyiladi. 
Bunday  kartalar  iqlim  va  uning  shakllanish  qonuniyatlarini  ko`rsatib, 
meteorologik  manbalar  asosida  tuziladi.  Iqlim  kartalarining  asosini  kundalik  va 
oylik  obi-havo  kartalari  tashkil  qiladi.  Iqlim  kartalar  amalda  qishloq  xo`jaligi, 
aviatsiya  va  dengiz  navigatsiyasi  ishlarida,  qurilishda  va  harbiy  sohalarda 
ishlatiladi. U ham geografik kartalar bo`lib, mavzuli kartalar hisoblanadi. 
Iqlim  kartalari  teng  chiziqlar  usulida  tasvirlanib,  ular  qiymatlari  bir  xil 
bo`lgan  nuqtalarni  tutashtiradi,  masalan,  izotermalar,  harorati  issiq  bo`lsa  qizil 
chiziqlar, sovuq bo`lsa ko`k rangli chiziqlar bilan ko`rsatiladi. 
Atmosfera bosimini izobatalar, yog`in-sochin miqdorini izogetalar, bulutlar 
tarqalishini  izoneflar,  bir  xil  shamollar  kuchini  izotaxlar  bilan  ko`rsatiladi. 
Izoxronlar  bilan  iqlim  va  obi-havo  bilan  bog`liq  bo`lgan  hodisalarni  (birinchi 
sovuq  tushishi  va  oxirgi  sovuq  muddati,  qor  qoplamini  qalinligi  va  ularni  erishi, 
daryo,  ko`l  va  dengizlarni  muzlanish  vaqti  va  muz  erish  vaqti  va  h.z.lar)  teng 
chiziqlar bilan tasvirlanadi. 
Teng chiziqlar orasi sovuq ranglarda bo`yalsa, yog`in-sochin miqdori, havo 
bosimi  va  shamollar  yo`nalishini  ko`ramiz.  Iliq  ranglarda  havoning  isishi  bilan 
bog`liq bo`lgan voqea-hodisalar tasvirlanadi. 
Iqlim  kartalari  o`rtacha  ko`rsatkichlar  asosida,  ma’lumotnomalar  olingan 
ma’lumotlar asosida tuziladi. 
Undan  tashqari  iqlim  va  obi-havo  kartalari  kosmik  apparatlardan  olingan 
suratlar yordamida ham tuzilmoqda. 
Hozirgi  vaqtda  iqlim  kartalari  tuzishni  yangi  uslublari  ishlab  chiqilgan. 
Iqlim  kartalari  asosida  iqlim  atlaslari  tuzilgan.  A.I.Voyeykov  nomidagi  bosh 
geofizik  observatoriyada  2  tomli  ittifoq  iqlim  atlasi  tuzilib,  unda  respublikamiz 
hududiga tegishli iqlim kartalari mavjud. Mamlakatimiz iqlim kartalari 1963 yilda 
chop  etilgan  O`zbekiston  atlasida,  1983  va  1985  yillarda  chop  etilgan  2  jildli 
O`zbekiston atalsida va 1999 yili nashr qilingan O`zbekiston geogarfik atlaslarida 
yetarli darajada o`z aksini topgan. 
2000  yilda  Toshkent  kartografiya  fabrikasida  1:1,5  mln.  masshtabda 
O`zbekistonni  devoriy  “Iqlim  o`quv  kartasi”  chop  etilgan,  unda  hududimiz 
to`g`risida yetarli iqlimiy ma’lumotlar berilgan. 
Iqlim  va  obi-havo  kartalari  kundalik  tele-ko`rsatuvlarda  ham  namoyish 
qilinib zarur ma’lumotlar berilib borilmoqda. 
Zoogeografik  yoki  hayvonot  dunyosi  kartalari. 
Zoogeografiya  va 
geografiya fanini  o`rganishda katta  ahamiyati  ega. Shuning uchun maxsus o`quv 
zoogeografik  kartalar  chop  etilgan.  Zoogeografik  kartalarda  hayvonot 
dunyosining  hududlar  bo`yicha  geografik  tarqalishi,  yo`qolib  borayotgan 
hayvonlar, okean hayvonlari belgilar usulida tasvirlanadi. Sobiq Ittifoqda 1:5 mln. 
masshtabda zoogeografik karta chop etilgan. Respublikamizda ham zoogeografik 
kartalar  chop  etilib,  ular  alohida  bo`lmasdan,  o`quv  va  ilmiy  ma’lumotnomali 


atlaslar tarkibida, masalan, 1963 yil chop etilgan O`zbekiston atlasida va 1980 yil 
chop  etilgan  respublikamizni  o`quv–o`lkashunoslik  atlasida  va  O`zbekistonni 
ilmiy  kompleks  atlaslarida  (1982)  va  O`zbekistonni  geografik  atlaslarida  (1999) 
berilgan. 
Ekologik  kartalar
  - 
respublika  kartografiyasida  davr  talabiga  ko`ra 
yaratilgan  soha  hisoblanadi,  1992  yilda  O`zbekistonning  1:1  mln.  masshtabli 
ilmiy-ma’lumotnomali  Ekologik  kartasi  chop  etildi.  Unda  havoning  ifloslanishi, 
suv  ob’ektlarining  ifloslanishi,  o`simlik  va  hayvonot  dunyosidagi  ekologik 
vaziyatlar  o`z  aksini  topdi.  Bu  kartada  shuningdek,  yerning  sho`rlanishi,  yerga 
solinadigan  o`g`itlarning  ta’siri,  ekinlariga  sepilgan  kimyoviy  dorilarning  ta’siri 
va Orol dengizidagi vaziyat to`g`risida ma’lumot berilgan. 
O`zbekiston  geografik  atlasida  (1999)  “Tabiatni  muhofaza  qilish”  kartasi 
o`z  o`rnini  topgan.  Hozirgi  vaqtda  maktablar  uchun  shunday  devoriy  kartalar 
tuzish ustida ish olib borilmoqda. 
 
Aholi  kartalari
.  So`nggi  yillarda  mehnat  resurslarini  hisobga  olish  va 
ulardan  unumli  foydalanish  maqsadida  turli  xil  aholi  kartalari  tuzilmoqda  Aholi 
kartalarida  aholining  milliy  tarkibi,  zichligi,  yoshi,  jinsi,  professional  tarkibi  va 
ba’zan diniy e’tiqodlari ham ko`rsatilmoqda. Bunday kartalarda ko`proq belgilar, 
areallar,  kartogramma  usullaridan  foydalaniladi.  Aholi  geografiyasining 
rivojlanishi  natijasida  aholishunoslik  kartografiyasi  vujudga  kelmoqda.  So`nggi 
paytlarda  aholishunoslikka  tegishli  yirik  kartografik  asarlar  yaratildi.  Masalan: 
Dunyo  aholisi  atlasi,  sobiq  Ittifoqning  aholi  kartasi  va  regional  atlaslaridagi 
ko`plab  aholi  kartalari  va  1:1,5  mln.  masshtabli  O`zbekiston  aholi  kartasi  bunga 
misol  bo`laoladi.  Kelajakda  yangi  demografik  karta  va  atlaslar  yaratish  zarurati 
tug`ilmoqda. 

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish