13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
193
Lutsiy Anney Seneka (miloddan avvalgi 5-milodiy 65 yillar) ham yozuvchi, xam axloqsh:unos
faylasuf. Uning “Fazab haqida”, “Shafqat haqida”, “Baxtli hayot haqida” singari
axloqsh:unoslikka doir risolalari ko‘pchilikka ma’lum. Ayniqsa, “Lutsiliyga axloqiy maktyblar”
asari mashxur. Senekaning fikriga ko‘ra, dunyo moddiy biroq, unda qandaydir jonli ibtido
xukmron: uni aql-idrok deymizmi, tabiat, bashorat yoki taqdir deymizmi ahamiyati yo‘q. Muhimi
shuki, uning yozig‘i albatta amalga oshadi. Faylasuf fazilatlarning ma’nosini taqdirdan rozilikda,
uning zarbalariga insoniy qadr-qimmatni yo‘qotmay, mardona va chidam bilan dosh berishda
ko‘radi. U o‘limni sovuq, tund, lekin ozodlikning kafolati sifatida talqin etadi. Ozodlikni o‘z-o‘zini
o‘ldirishda ko‘rish, shubhasiz, u yashagan davrning g‘oyatda fojialiligi bilan bog‘liq. Seneka qul
bilan ozod kishining ma’naviy tengligini ta’kidlaydi: “Ular qullarmi? Yo‘q odamlar. Ular
qullarmi? Yo‘q, ular yyingdagi qo‘shnilar. Ular kullarmi? Yo‘q, sening itoatkor do‘stlaring. Ular
qullarmi? Yo‘q, ular sening qullikdagi birodarlaring, negaki, sen ham, ular xam taqsirning
qullarisiz”. Albatga, bu o‘rinda Seneka ijgimoiy tenglikni emas, balki qul bilan quldorning axloqiy
tengligini nazarda tutmoqda. Faylasufning aytishicha, ruh ozodligi - shaxs uchun o‘z-o‘zini
qadrlash na g‘urup-iftixor manbai. Kimki botiniy ozodlikka erishgan ekan, u taqsir ko‘rgiliklariga
bo‘ysunmaydi, qismat zarbalarini mardona kutib olishga tayyor turadi. Yana bir Qadimgi Rumo
axloqshunosi ozod qilingan qul Epiktetdir (50-138 yillar atrofida). Uning axloqiy qoidalari
quyidagicha taqdir muqarrar; aql -idrok axloqning yagona va ishonchli mezoni; tashqi dunyo
ma’budlar irodasiga katiyan bog‘liq ichki dunyo insonning hukmi ostida; xaqiqiy donishmandning
erki shundaki, u o‘ziga bog‘liq bo‘lgan narsalarni o‘zga bog‘liq bo‘lmagan narsalar bilan
chalkashtiri6 yubormaydi; xayotning maqsadi va ma’nosi shaxsiy ichki erkinlikni anglash va uni
qo‘lga kiritish; unga eltadigan yo‘l bitga - ma’budlar irodasiga so‘zsiz itoatkorlik, ehtiyojda
mo‘‘tadillik, beparvolik, sovuqqon aql bilan ish ko‘rish.
Epiktetning fikriga ko‘ra, baxt, xaqiqiy saodat-fazilatda, fazilat esa bytynlay insonning ijodidir,
zero uni inson shakllantiradi. Faylasuf o‘zing yoqtirmaydigan sharoitni o‘zgalarga ravo ko‘rma,
agar qul bo‘lishni istamasang, atrofingda qullika yul berma, degan fikrni ilgari suradi.
SHunday qilib, Qadimgi Rumo axloqshunoslari xam inson hatti-xarakatlari muammosini o‘rtaga
tashlaydi va insonning olamdagi o‘rni xamda xayotning maqsadini belgilashga intiladilar. Bunday-
intilish, ayni paytda, bytyn Qadimgi dunyo mymtoz axloqshunoslariga xosdir. Xullas, Qadimgi
dunyoning mymtoz axloqshunoslari oddiy axloq-odob qoidalari, pand-o‘gitlar va hikmatlardan
tortib, to axloqshunoslik nazariyasi tizimigacha yaratdilar. SHy meros xanuzgacha o‘z ta’sir
kuchini yo‘qotgani yo‘q, hanuzgacha jahon axloqshunosligi ko‘p xollarda o‘sha tushunchalar va
tamoyillarga yangicha yondoshuv asosida taraqqiy etib kelmoqda.
Shu o‘rinda yana bir, xozirgacha etarli e’tibor qilmay kelinayotgan masalaga oydinlik kiritishni
maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Bu - Qadimgi YUnon tafakkuri bilan o‘rta acplap musulmon
SHarqi falsafasining - xususan axloqshunosligining bog‘liqligi masalasi. Nima uchun bizning
alloma ajdodlarimiz Qadimgi SHarq, jumladan, Xindi-Xitoy mintakasi mutafakkirlari izidan emas,
Ovro‘palik yunonlar izidan bordilar, Suqrot va Aflotunni o‘rgandilar, ko‘klarga ko‘tardilar,
Arastuni esa eng ulkan ustoz – birinchi muallim deb atadilar?
Gap shundaki, musulmonchilikning asosi tavxidda - yakkaxudolikda.Olloh yagona, uning sherigi
yo‘q va bo‘lishi mumkin emas. Qadimgi Yunon mutafakkirlari aynan ana shu tavxid yo‘lidan
bordilar. Birinchi bo‘lib bu masalani Suqrot aniq o‘rtaga tashladi. U o‘limga maxkum etilganida,
unga yunonlar xudolarini xurmat qilmaganligi, yoshlarni boshka yo‘lga (aslida tavxid yo‘liga)
burib yuborayotgani ayb qilib qo‘yiladi. Suqrotning o‘limi oldidagi so‘nggi gapi xam shuni
tasdiqlab turadi, sikuta ichgach: “Men Uning (ularning emas! -A SH.) yoniga ketyapman!”, deydi
Do'stlaringiz bilan baham: |