Harakat shakllari
. Harakat shakllarini tasniflashda qaysi tamoyillarga rioya qilinishiga qarab bunday
shakllarning har xil miqdori farqlanadi. Masalan,
XIX asrda materiya tashkil topishining turli
darajalariga asoslanib,materiya harakatining besh asosiy shakli: mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va
ijtimoiy harakat qayd etilgan
. Harakatning mazkur shakllari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bunda
har bir keyingi harakat o‘zidan oldingi harakatdan kelib chiqadi, unga asoslanadi, biroq, shunga
qaramay, quyi shakl bilan bog‘lanmaydi.
Harakatning murakkab shakllarini soddaroq shakllarga
bunday bog‘lashga urinishlar falsafa tarixida «mexanitsizm», «reduksionizm» (lot. «reductio» –
«ortga surish») degan nom olgan, harakat ijtimoiy shakllarini biologik shakllar darajasigacha
soddalashtirish biologizatorlik konsepsiyalarida mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |