48
IZOH: m,n,η undoshlari artikulatsiyasida portlash o’ta kuchsizlanadi, bunga havo
oqimining to’siqqa urilib, orqaga qaytishi va burun bo’shlig’idan sirg’alib o’tishi sabab
bo’ladi. Shuning uchun adabiyotlarda bu tovushning artikulatsiya usuli har xil
baholanmoqda: "portlovchi-sirg’aluvchilar"
33
,"portlovchilar" (29,28-b.) ,
"sirg’aluvchilar" (16,25-b.), «burun (nazal) undoshlari» (1,118-bet) kabi.
5.Titroq undosh - "r". Bu undoshning talaffuzida tilning uchi qattiq tanglayning
old qismi tomon ko’tariladi va
havo zarbidan titraydi, havo oqimi tebranadi.
III.
Un paychalari ishtirokiga ko’ra.
Tasnifning bu aspektida un (ovoz)
paychalarining tovush hosil qilishda ishtirok etish-etmasligi nazarda tutiladi. Bu belgi
asosida undoshlar quyidagi ikki turga bo’linadi:
1.Jarangsiz undoshlar - k,p,s,t,f,x,(ts),ch,sh,q,h. Jarangsiz undoshlarning
talaffuzida havo oqimi bo’g’izdagi un paychalari orasidan to’siqqa uchramay o’tadi,
natijada un paychalari tebranmaydi, ovoz hosil bo’lmaydi, tovush halqumda yoki og’iz
bo’shlig’idagi to’siqda yuzaga kelgan shovqinning o’zidangina tarkib topadi.
2.Jarangli undoshlar- b,v,g,d,j,j(dj),z,y,l,m,n,η,r,g’. Jarangli undoshlarning
talaffuzida bo’g’izdagi un paychalari tortilib, taranglashadi, ular oralig’idagi bo’shliq
yo’qoladi, natijada o’pkadan kelayotgan havo oqimi un paychalariga urilib, uni
tebratadi, tebranish esa ovozni yuzaga keltiradi, ovoz o’z navbatida og’iz bo’shlig’idagi
to’siqda paydo bo’lgan shovqinga qo’shilib, tovushning jaranglashuviga sabab bo’ladi.
IY.
Ovozning ishtirok etish darajasiga ko’ra.
Bu belgi asosida undoshlar sonorlar
va shovqinlilarga bo’linadi:
1.Sonorlarda ovoz shovqinga nisbatan ustun bo’ladi (shovqin juda kam miqdorda
qatnashadi). Hozirgi o’zbek adabiy tilida m,n,η,l,r,y undoshlari sonor tovushlar
(sonantlar) hisoblanadi. Sonorlar rezonator ton manbai nuqtai nazaridan ikki guruhga
bo’linadi: a) burun sonantlari- m,n,ng; b) og’iz sonantlari- r,l,y. Bulardan 1) "m"ni
talaffuz qilishda bo’g’izdan kelayotgan un (ovoz) ikki lab orasidagi to’siqqa urilib,
orqaga qaytadi, shu tarzda yana halqum orqali burun bo’shlig’iga yo’l oladi. Bu
jarayonda bo’g’iz, halqum, og’iz bo’shlig’i va burun bo’shlig’i rezonator ton manbaiga
aylanadi: shularda qo’shimcha tonlar paydo bo’lib, ovozning shovqinga nisbatan ustun
bo’lishi ta’minlanadi; 2) "n"ni talaffuz qilishda bo’g’izdan kelayotgan un (ovoz) tilning
uchki qismi bilan yuqori milk orasidagi to’siqqa urilib, orqaga (halqumga) qaytadi,
so’ng burun bo’shlig’iga o’tadi (bunda burun yo’lidagi to’siq ochilgan bo’ladi).
Natijada og’iz, halqum, bo’g’iz, burun bo’shliqlari rezonator ton manbai vazifasini
bajaradi. Ammo og’iz bo’shlig’ining rezonatorlik imkoniyati "m" dagi holatdan
kamroq bo’ladi (chunki hajm va shakl o’zgaradi); 3) "ng"ni talaffuz qilishda kelayotgan
un(ovoz) tilning orqa qismi bilan yumshoq tanglayning boshlanish qismi orasidagi
to’siqdan orqaga qaytib, yana halqum va bo’g’izga boradi, halqum orqali burun
bo’shlig’iga o’tadi (bunda ham burun yo’lidagi to’siq ochilgan bo’ladi), natijada og’iz,
bo’g’iz, halqum va burun bo’shliqlarida qo’shimcha tonlar paydo bo’lib, ovozning
ustunligi ta’minlanadi. Bunda shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, "ng"ning
artikulatsiyasida og’izning rezonatorlik imkoniyatlari "m"va"n" sonorlaridagi holatdan
Do'stlaringiz bilan baham: