27
vazifaviy xususiyatlarini tadqiq qiladi, shunga ko’ra ularning tadqiqot metodlari ham
har xil: fonetika tabiiy fanlarning tadqiqot metodlariga, fonologiya esa lingvistik
tadqiqot metodlariga asoslanadi.
5
Ikkinchi fikrga ko’ra,
fonologiyani fonetikadan
ajratib bo’lmaydi, chunki muayyan tilning fonemalari tizimini, bu tizimdagi har bir
fonemaning "semantizatsiyalashgan" (fonologizatsiyalashgan) belgilarini shu tilning
konkret talaffuz xususiyatlarini o’rganmasdan tadqiq qilib bo’lmaydi.
6
Demak,
fonologiya aslida fonetikaning o’zi, faqat uning yuqori bosqichi, xolos. Binobarin,
fonolog bir vaqtning o’zida fonetist bo’lmay iloji yo’q, ayni paytda fonetist ham doimo
(shu jumladan, fonologiya paydo bo’lgan davrgacha ham) ma’lum darajada fonolog
bo’lgan, chunki u umuman tovushni emas, balki til tovushlarini o’rgangan.
7
Ma’lumki,
fonetikada tovush va bo’g’in segment birliklar, urg’u va intonatsiya (ohang) esa
supersegment birliklar tarzida tavsiflanadi. Fonologiyada bu birliklar lisoniy-vazifaviy
xususiyat taqozosi bilan fonema (tovush), sillabema (bo’g’in), aksentema (urg’u) va
intonema(intonatsiya, ohang) deb nomlanadi, fonologiyaning o’zi esa segmental
fonologiya va supersegmental fonologiya kabi ikki turga ajratiladi (1,14-b.).
Segmental fonologiyaning asosiy predmeti fonemadir, shunga ko’ra u
fonematika, fonemika nomlari bilan ham ataladi.
Supersegmental fonologiyaning predmeti esa sillabema, aksentema va
intonemadir, shunga ko’ra u
prosodika
deb ham yuritiladi.
Fonologiyaning xulosalari fonetikaning fizik-akustik, anatomik-fiziologik va
pertseptiv aspektlarida to’plangan tajriba va ma’lumotlarga asoslanadi. Bu hol ham
fonologiya bilan akustik fonetika, artikulatsion fonetika va perseptiv fonetika o’rtasida
uzviy aloqa borligidan dalolat beradi.
Fonetik birliklarning lingvistik-funksional jihatlarini o’rganish, asosan, XIX
asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. Bungacha «fonema» va «fonologiya»
tushunchalari bo’lmagan, hatto «tovush» va «harf» tushunchalari bir hodisadek tasavvur
etilgan. Buni taniqli tilshunos Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asarida
ham kuzatish mumkin. «Devon»dan keltirilgan quyidagi misralar fikrimizning dalilidir:
«Turkiy tillarda qo’llanadigan asosiy harflar soni 18ta. Turkiy yozuvda shular
qo’llaniladi...
Arabchada bu harflarning tengdosh sirasi
ٽ
ا
ت ب
singaridir. Bu
asosiy harflardan boshqa talaffuzdagina (yozuvda emas) ifodalanuvchi yana ettita harf
borki, turkiy so’zlar bu harflarsiz ishlatilmaydi. Bular qattiq talaffuz qilinadigan
ب
(p)
harfi , arabcha
ج
harfi..,
ز
(z) bilan
ش
(sh) oralig’ida talaffuz etiladigan
ژ
(j)harfi;
arabcha
ڧ
(f) harfi; nuqtali
غ
(g’)harfi;
ق
(q)bilan
ک
(k)harflari oralig’ida
Do'stlaringiz bilan baham: