H. A. Jamolxonov


 Tilning grammatik qurilishida



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/395
Sana01.01.2022
Hajmi2,28 Mb.
#299352
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   395
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili jamolxonov

     5. Tilning grammatik qurilishida:
 1) qadimgi turkiy va eski o’zbek adabiy tillarida 
ot,  sifat,  son,  olmosh,  fe’l  va  ravish  kabi  mustaqil  so’z  turkumlari  bo’lgan.  Bunday 
mustaqil so’zlar hozirgi o’zbek adabiy tilida ham bor; 2) qadimgi turkiy va eski o’zbek 
adabiy tillarida yordamchi so’zlar – ko’makchilar, bog’lovchilar va yuklamalar bo’lgan. 
Bunday turkumlarga xos so’zlar hozirgi o’zbek adabiy tilida ham  mavjud; 3) qadimgi 
turkiy  va  eski  o’zbek  tillarida  undovlar  va  modal  so’zlar  bo’lgan.  Ular  hozirgi  o’zbek 
adabiy tilida ham bor; 4) qadimgi turkiy tilda ham, eski o’zbek tilida ham har bir so’z 
turkumining  o’ziga  xos  grammatik  kategoriyalari  (otlarda-egalik,  kelishik,  son; 
sifatlarda-  daraja;  fe’llarda  -    shaxs-son,  mayl,  nisbat,  zamon  va  b.lar)  bo’lgan.  Bu 
xususiyatlar  hozirgi  o’zbek  adabiy  tiliga  ham  xos.  Biroq,  hozirgi  o’zbek  adabiy  tilida 
qadimgi turkiy va eski o’zbek tillaridan farq qiladigan yangi jihatlar ham uchraydi: 1) 
hozirgi  o’zbek  adabiy  tilida  morfemalar  qadimgi  turkiy  va  eski  o’zbek    adabiy 
tillaridagiga  nisbatan  miqdoran  ko’p  va  mazmunan  boydir.  Masalan:  qadimgi  turkiy 
tilda o’zakdan oldin qo’shiluvchi affiks morfemalar (prefikslar) bo’lmagan. Bu tipdagi 
morfemalar  eski  o’zbek  tilida  va  hozirgi  o’zbek  adabiy  tilida  uchraydi: 
bebosh, 
bevosita, bavosita (bilvosita), noo’rin, sersuv, sergap 
kabi;  b) eski o’zbek adabiy tilida 
"-ov","-ev",  "-ova",  "-eva",  "-ovna",  "-evna",  "-ovich",  "-evich"  kabi  familiya  va 
otchestvo  yasovchi  qo’shimchalar  bo’lmagan.  Hozirgi  o’zbek  adabiy  tilida  bunday 
qo’shimchalar  bor;  d)  eski  o’zbek  adabiy  tilida  "-lar"  affiksi  ko’plikni    (
odamlar, 
qishloqlar 
kabi),  birgalikni  (
Karimlar  kelishdi
),  ma’no  kuchaytirilishini  (
suvlar  oqib 


11 
 
yotibdi
),  chama  yoki  taxminni  (
qirq  yillar  bo’ldi 
kabi)    ifodalagan.  Hozirgi  o’zbek 
adabiy  tilida  esa  "-lar"affiksining  so’zlarni  terminlashtirish  funksiyasi  ham  paydo 
bo’lgan: 
qirqquloqsimonlar, sutemizuvchilar...
  kabi;    2)  qadimgi  turkiy  va  eski  o’zbek 
adabiy    tillarida  singarmonizm  mavjud  bo’lganligidan  ko’pchilik  morfemalarning 
yo’g’on va ingichka turlari saqlangan: "-mыz" va"-miz" (
baramыz va kelamiz 
kabi), "-
gan" va "-g’on" ( 
kelgan va borg’on
), "-chы" va "-chi" (
yog’chы 
"azani boshqaruvchi" 
va  bәdizchi-  "naqqosh"  kabi).  Hozirgi  o’zbek  adabiy  tilida  esa    ulardan  faqat  bittasi 
standart forma sifatida saqlangan (
boramiz, kelamiz, borgan, kelgan, qo’riqchi va ishchi
 
kabi),  "-lыq"  va  "-lik"  haqida  ham  shu  fikrni  aytish  mumkin;  3)  eski  o’zbek  adabiy 
tilidagi ba’zi affikslar hozirgi o’zbek adabiy tilida qo’llanmaydi. Masalan, "-vul" affiksi 
eski  o’zbek  adabiy  tilida 
qorovul,  yasovul
  kabi  so’zlarni  yasagan,  hozir  esa  bu  affiks 
so’z  yasash  xususiyatini  yo’qotgan;  4)  qadimgi  turkiy  tilda  bosh  kelishik,  qaratqich 
kelishigi,  tushum  kelishigi,  vosita  kelishigi    ("-n",  "-ы",  "-in",    "-үn",  "-un",  "-on",  "-
әn"), jo’nalish kelishigi, o’rin-payt kelishigi, chiqish kelishigi bo’lgan. Hozirgi o’zbek 
adabiy  tilida  shulardan  bittasi  -    vosita  kelishigi  yo’q.  U  qadimgi  turkiy  tilda  "bilan" 
ko’makchisi  funksiyasiga  teng  bo’lgan:  masalan,
  tilin  sőzlәp,  qolqaqыn  eshidip 
("tili 
bilan so’zlab, qulog’i bilan eshitib...") kabi. 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish