Kutubxonasi



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/34
Sana12.12.2019
Hajmi0,91 Mb.
#29736
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
Bog'liq
choliqushi ziyouz com


www.ziyouz.com kutubxonasi 
119
— Shunaqami, afandim. Juda soz, — dedim. 
Maorif mudiri sinfning mustahkamligini tekshirmoqchiday oyoqlarini dupurlatib yurar, 
partalarni, surat ramkalarini hassasinig uchi bilan to‘qillatib urib ko‘rardi. 
— Azizim, katta rejalarim bor. Hammasini buzib yangidan quraman. Pokiza binolar so-
laman. Talab qilgan mablag‘larimni berishmasa, ahvollariga voy! Ishni tagidan puxta qil-
dim. Istambul matbuotini o‘t ochishga tayyor turgan batareya deyaver, mendan kichik 
bir ishora bo‘lsa bas — paq-puq!.. Dahshatli bombardimon boshlanadi. Bildingmi, yo bu 
kalla ichidagi dunyo haqiqatga aylanadi, yo men mansabimni tashlab ketaman. 
Bu chiroyli so‘zlarning hammasi men uchun, bir bechora qishloq o‘qituvchisining 
ko‘zlarini qamashtirish uchun aytilayotganiga hech shubha yo‘q edi. Mudir yakka ko‘zoy-
nagini yana tuzatib: 
— Qancha o‘quvchingiz bor? — dedi. 
— O‘n uchta qiz, to‘rtta o‘g‘il bola, afandim. 
— O‘n yettita bola uchun bitta maktab! G‘arib dabdaba! Sen binoni ko‘rasanmi, Mum-
toz? 
— Mol maydonda, ko‘rish nima hojat! 
Maorif mudiri g‘oyat zo‘r rejasi haqida gapirib turganda injenerning yer ostidan menga 
razm solayotganini sezdim. Axiyri, meni tushunmasin, deb sherigiga nihoyatda buzuq 
frantsuz tilida: 
— Hoy, azizim, biron bahona bilan shuning yuzini ochtirsang-chi. Chehrasi yuz pardasi 
ostida ham o‘tday yonib turibdi. Qaerdan kelib qolibdi-ya bu yerga? — dedi. 
Maorif mudiri menda qoldirgan taassurotiga o‘xshamas ekan. O‘rtog‘ining bu so‘zlari-
dan ta’bi tirriq bo‘ldi-yu, frantsuzchani undan ham beshbattar buzib: 
— Iltimos qilaman, azizim, maktabdamiz, og‘ir bo‘ling, — dedi. 
Mudir iyagining ostida xaltaday osilib turgan terisini rezinkaday cho‘zib bir nimalar 
o‘ylar edi. Birdan menga o‘girilib, qarorini e’lon qildi: 
— Afandim, men bu maktabni yoptiraman. 
Men hayron bo‘lib so‘radim: 
— Nega endi, afandim, bir nima bo‘ldimi? 
— Afandim, bunday rasvo joyda bola tarbiya qilib bo‘lmaydi. Innaykeyin, o‘quvchilar 
ham oz. Viloyatdan ketgunimcha qishloqlarning ko‘pida arzon, lekin chiroyli, toza, mo-
dern, ya’ni yangi tartibdagi maktablar barpo qilish uchun butun kuchimni sarf qilaman, 
tirishaman. Endi, marhamat qilib, mening savollarimga javob bersangiz. 
Bonjurining* cho‘ntagidan chiroyli qo‘yin daftar oldi. Maktabga oid ba’zi ma’lumotlarni 
yozib bo‘lgandan so‘ng: 
— Sizga kelsak, afandim, — dedi, — sizni boshqa biron munosib o‘ringa tayin etar-
man. Maktabni yopish to‘g‘risidagi buyruqni olganingizdan keyin B... ga kelarsiz, o‘yla-
shib ko‘ramiz. Marhamat, ismingiz? 
— Farida. 
— Afandim, Yevropada yaxshi bir odat bor. Otasining ismini ham qo‘shib aytadilar. 
Unda ism yana ham aniqroq bo‘ladi. Siz, o‘qituvchilar, bu yangiliklarni zo‘r berib tur-
mushga oshirishlaringiz kerak. Faraz etaylik, siz sinf jurnaliga o‘quvchingiz Malohat Ali 
xo‘ja qizi deb yozasiz. Yo‘q. Malohat Ali deb yozavering, shuning o‘zi kifoya. Tushundin-
gizmi, afandim? Padaringizning ismi? 
— Nizomiddin. 
— Afandim, sizni Farida Nizomiddin deymiz. Bu narsa sizga dastlab erish tuyulishi 
mumkin, lekin ko‘nikib ketasiz. Qaerda o‘qigansiz? 
Maktabimni aytmadim. Chunki frantsuzcha bilishim oshkor bo‘lsa, injener boyagi 
so‘zlari uchun balki bir oz xijolat tortar. Shuning uchun: “Xususiy tahsil ko‘rganman, 

Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
120
afandim”, — dedim. 
— B...ga kelganingizda menga uchrarsiz. Sizga munosib joy topib qo‘yaman. Yur endi, 
Mumtoz, planimizda yana ikki qishloq bor. 
Bolalar partasidan birida  uzun, ingichka oyoqlarini osiltirib o‘tirgan injener yana o‘sha 
“chiroyli” frantsuzchasida ming‘illadi: 
— Bu juda ajoyib narsa. Meni tashlab ketaver. Bir balo qilib bo‘lsa ham yuzini ochtirib 
ko‘raman. 
Maorif mudiri yana bezovta bo‘ldi. Menda shubha tug‘dirmaslik uchun gapni chalg‘itib 
turkcha gapirdi: 
— Vaqtimiz bor. Raportingizni keyin yozarsiz. Qani, ketdik, — deb o‘rnidan qo‘zg‘aldi. 
Injener ko‘cha eshigi oldida to‘xtab, binoning tomini, derazalarini tekshirayotgan ki-
shiday qarar, yoruqqa chiqishimni kutar edi. 
O‘jarligim tutib orqamni o‘girdim-da, o‘zimni bir nimalar bilan mashg‘ulday qilib oldim. 
Boyoqish bog‘chadan o‘tib ketayotganda ham bir-ikki marta boshini o‘girib qaradi. 
Ko‘cha eshigidan chiqqandan keyin esa taxta devor sarxatidan mo‘ralar, goho oyoqlari-
ning uchida turib ichkariga ko‘z yugurtirar edi. 
Voqea bir zumda qishloqqa yoyildi. Juma kuni bo‘lishiga qaramay, bolalar, ularning 
onalari maktabga chopib kelar, maktabning yopilishidan g‘am chekishardi. Men bolalarni 
maktabga o‘xshash o‘zimga ham qarshi, yotu begona, hissiz deb hisoblab yurardim. Endi 
ular qo‘limni yig‘lab o‘pishar, bu esa menga qattiq ta’sir qilardi. 
Xaticha xonim boshiga kattakon bir jaketni yopib olib uyiga kirib ketdi. Men ham 
yomon ahvolga tushib qoldim. Haq gapni aytganda, bu baxtsizlik tog‘i u bechoraning bo-
shiga ag‘darilgan edi. 
Kechqurun oqsoqolning xotini bilan doya xola yana maktabga kelishdi. Ikkovi ham xa-
fa edi. Doya xola menga ma’noli-ma’noli qarab uh tortar: 
— Mening boshqa tilagim ham bor edi, lekin haq taolo yordam qilmadi, — deyar edi. 
Bu qayg‘uga men ham yasama bir qayg‘u bilan javob qilishim kerak edi. Ko‘zlarimni 
yerga tikib turib: 
— Nachora, doya xola, nasib bo‘lmadi, — dedim. 
Xullasi, u yakka ko‘zoynakli mitti afandi bir so‘z bilan Zaynilar qishlog‘ini ostin-ustin 
qilib ketdi. Qishloqilarning dudi osmonga chiqdi. 
Yer yuzida Zaynilardan ham rasvoroq qishloq borligini xayolga keltirish mumkin 
emasligini bilganim holda, bu qayg‘u menga ta’sir qila boshladi. Faqat bulardan Munisa-
gina mustasno edi. U yaramas, suyunchi ichiga sig‘may uchar, “Qachon ketamiz, opa-
jon? Ikki kundan ke- yin ketamizmi?” deb qushday talpinardi. 
 
* * * 
Zay-ni-lar, 3 mart. 
 
Ertaga yo‘lga chiqamiz. 
Munisa dastlabki kunlarda juda suyunayotgan edi. Lekin kechadan beri unda allaqan-
day ma’yuslik ko‘rina boshladi. 
Goho ko‘zlarini uzoq-uzoqlarga tikib olib o‘ylar, so‘ragan narsalarimga parishonxotirlik 
bilan javob berar edi. 
— Munisa, men bilan ketging kelmasa, mayli, tashlab ketay, — degan edim, u apil-ta-
pil: 
— Xudo ko‘rsatmasin, opajonim, o‘zimni quduqqa tashlayman-a! — dedi. 
— Aka-ukalaringdan ajralishingga xafamasmisan? 
— Xafa emasman, opajonim. 

Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
121
— Bo‘lmasa otangni ko‘rging kelayotgandir-da? 
— Otamga achinaman, lekin unchalik yaxshi ko‘rmayman uni, opajon. 
— Juda soz, unday bo‘lsa darding nimada? 
— ... 
Ko‘zlarini yerga tikib olib indamay o‘tiradi, qattiqroq talab qilsam bo‘ynimga osilib 
olib, yolg‘ondakam kula boshlaydi. Lekin men bu soxta xushchaqchaqlikka ishonmay-
man. Munisaning haqiqiy suyunchini bilmaymanmi? Men uning tiniq ko‘zlarida hamma-
vaqt bir qayg‘u, mung borligini ko‘rib yurardim. Aytgin, deb har  qancha qistasam ham 
harakatlarim behuda ketardi. 
Bugun yuz bergan bir hodisa bu qizchaning qalbida yashirinib yotgan dardni menga 
ayon qilib qo‘ydi. Kechqurun Munisa anchagacha yo‘q bo‘lib ketdi. Holbuki, o‘sha dam 
o‘ziga muhtojligimni bilardi — yo‘l taraddudi uchun menga qarashishi kerak edi. 
Bir necha marta chaqirdim. Javob bo‘lmadi. Albatta bog‘chada bo‘lsa kerak edi. Dera-
zani ochib: “Munisa! Munisa!” — deb chaqirdim. 
Ingichka tovushi bilan uzoqdan, Zayni ota sag‘anasi yonidan: “Afandim, hozir bora-
man”, — deb javob berdi. 
Oldimga kelganda, u yerda yolg‘iz nima qilib yurganligini so‘radim. Javobida shoshar, 
bema’ni bahonalar bilan meni aldashga tirishar edi. 
Yuziga diqqat qilib qaradim. Ko‘zlari qip-qizil. Xiyol so‘liqqan betlarida yangi qurigan 
ko‘z yoshlarining izlari bor. Birdan vahm bosdi meni. U yerda nima qilganini, nega yig‘la-
ganii ayttirish uchun qattiq qistovga oldim. Bilakchalari qo‘llarimda, yuzini yashirish 
uchun boshini solintirgan, lablarida yengil bir titroq bilan sukut qilib turardi. 
Men uni har nima qilib bo‘lsa ham gapirtirishga qaror qilgan edim. Agar haqiqatni 
mendan yashiradigan bo‘lsa, uni bu yerga tashlab ketishimni aytdim. Ana shundan keyin 
chidayolmadi. Katta bir gunohni bo‘niga olayotganday, boshini solintirib, uyala-uyala ga-
pira boshladi: 
— Oyim meni ko‘rgani kelibdi. Ketishimni eshitibdi-da... Achchig‘ing kelmasin, opajon. 
Bu kattakon gunohni aytib turganda butun vujudi titrar, ko‘zlari yoshga to‘lib borar 
edi. 
Tushundim. Kichik, mitta ko‘nglining alamini mendan umid etishi mumkin bo‘lgan da-
rajadan ortiqroq tushundim. 
Yuziga tushgan sochlarini tuzatdim, yonoqlarini sekin-sekin silab turib, yumshoq, bo-
siq tovush bilan: 
— Buning uchun nega qo‘rqasan, nega yig‘laysan? Oying-ku, albatta, ko‘rasan-da, — 
dedim. 
Bechora hanuz ishonmas, qo‘rqa-pisa tikkan ko‘zlarini mendan ololmasdi. Hamma na-
frat, la’nat bilan qaraydigan u xotinni yaxshi ko‘rmaganligiga meni ishontirish uchun bo-
lalarcha sabablar qidirar edi. Lekin oyisini shu qadar yaxshi ko‘rar, shu qadar jondan se-
vardiki... 
— Bolam, onangni yaxshi ko‘rmaydigan bo‘lsang, men seni juda yomon ayb qilaman, 
— dedim. — Onani ham yaxshi ko‘rmagan bormi? Yugur, chop, chaqirib kel. “Opam seni 
albatta ko‘rishim kerak, deyapti” degin. Men sag‘ananing oldiga boraman. 
Munisa tizzamga yopishib etaklarimni o‘pdi, keyin yugurganicha bog‘chaga chiqib ket-
di. Bu ishim juda yomon ehtiyotsizlik edi, bilaman. Agar shu xotin bilan gaplashganimni 
ko‘rib qolishsa, yomon gaplar tarqaladi, balki otimni bu yerda la’nat bilan tilga olishadi-
gan bo‘ladi. Mayli, nima bo‘lsa bo‘ldi! 
Sag‘ananing pastida, daraxt butalari orasida ularni anchagina kutdim. Mushtipar xotin 
uzoq ketib qolgan ekan. Munisa uni  yo‘ldan qaytarib kelish uchun qamishzorning orqasi-
ga o‘tib ketgan bo‘lsa kerak. 

Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
122
Nihoyat, ko‘rinishdi. Ona-bolaning yonma-yon kelishi shu qadar g‘amgin, shu qadar 
hazin bir manzara kasb etgandiki... Bir-birlaridan tortinayotganday, uyalayotganday ay-
ri-ayri yurib kelishar, botqoqlarga botib qolishayotganday jo‘rttaga sustkashlik qilishardi. 
Bu xotinga muhabbat, shafqat to‘la narsalar aytishga tayyorlangan edim. Lekin, negadir 
uchrashganimizdan keyin bir-birimizga aytadigan so‘z topolmay qoldik. 
Uzun bo‘yli, nozikdan kelgan bir juvon ekan. Orqasidan yamoq tushgan eski chodra, 
yuz pardasi o‘rnida binafsharang harir durra, oyoqlarida tovonlari tushgan, mayishgan, 
yirtiq-yamoq kavush. Birovdan qo‘rqayotganday qaltirayotganini sezib turibman. Iloji 
boricha vazmin, bosiq ko‘rinishga tirishib: 
— Yuzingizni ochsangiz, — dedim. 
Bir oz ikkilanib turgandan so‘ng yuz pardasin ko‘tardi. Nihoyatda tozaligi ochiq-oshkor 
ko‘rinib turardi. Juda borsa o‘ttiz-o‘ttiz besh yoshlarda. Lekin sarg‘imtir chehrasi shu 
qadar horg‘in, tolg‘in ko‘rinardiki... 
Bunday xotinlarni men juda bo‘yalib yurishadi, deb o‘ylar edim. Holbuki, yuzida 
bo‘yoqdan asar yo‘q. Menga qattiq ta’sir qilgan narsa uning Munisaga juda ham o‘xsha-
shligi edi. Birdan Munisa o‘sgan, shu yoshga kelib qolganday tuyulib ketdi... Keyin, key-
in... 
Bolani g‘ayriixtiyoriy bir harakat bilan yelkalaridan ushlab tizzalarimga tortdim. 
O‘pkam og‘ir nafaslar bilan to‘lib, ko‘zlarimga yosh chiqib borardi. Uddamga olgan vazi-
fam katta, g‘oyat katta vazifa edi. Buni faqat men qilishim, Munisani yaxshi axloqli ayol 
etib tarbiyalashim kerak. Umrimning eng katta tasallisi shu bo‘ladi. Miyamdan 
o‘tayotgan fikrlarni u ham men bilan birga kechirayotganday: 
— Xonim afandim, bu kichkina qizchani o‘z qo‘lingizda voyaga yetkazish baxtini tole 
sizga nasib qilmagan ko‘rinadi, — dedim. — Nachora, dunyo shunaqa. Sizga aytadigan 
gapim shu: ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin. Men Munisani bag‘rimga oldim. O‘z qizimday tarbiya 
qilman. Hech bir narsadan kamsitmayman. 
U birinchi marta so‘zlashga jur’at etdi: 
— Bilaman, kichik xonim. Munisa menga aytar edi. Gohida yo‘lim tushsa kelib ko‘rib 
ketib turardim. Xudo sizdan rozi bo‘lsin. 
— Bundan chiqdi, Munisani ko‘rib turgan ekansiz-da? 
Mitti qo‘lchalari bilan belimni quchoqlab turgan Munisaning yana titray boshlaganini 
sezdim. Yana bir qilmishi oshkor bo‘lgan edi. Demak, onasini yashiriqcha ko‘rib yurgan 
ekan. So‘ngra yana ham qayg‘uli tomoni shuki, mendan yashiriqcha ko‘rishayotganini 
onasiga aytib qo‘yishdan uyalgan. 
— Bu yerda qolganimizda-yu, bolani hammavaqt sizga ko‘rsatib turar edim, — dedim. 
— Afsuski, ertaga B...ga jo‘nayman. U yerdan qayoqqa ketishim hali ma’lum emas. 
Ko‘nglingizni to‘q tutavering, xonim afandi. Qizingizga ona bo‘laman deb, albatta, aytol-
mayman. Chunki onaning o‘rnini hech kim va hech narsa bosolmaydi. Faqat yaxshigina 
opa bo‘lishga harakat qilaman. 
Pastlikdagi qamishzorda birovning shitirlab yurganini ko‘rdik. U mening o‘quvchim Ja’-
far og‘aning otasi edi. Botqoqlikda yovvoyi o‘rdak ovlab yurardi. 
Munisaning oyisi birdan bezovta bo‘ldi. 
— Keta qolay, aylanay xonim, meni siz bilan ko‘rishmasin, — dedi. 
Bu so‘zlar bechora xotinning qalbi naqadar nozik ekanligini ko‘rsatardi. Men buni 
ahvolidan, o‘zini tutishidan, yuzidagi ma’nolardan ham fahmlagan edim. Dastlabki tax-
minim to‘g‘ri edi. Munisa qalbining ham yuzi kabi chiroyliligi va kiborligini baxtsiz onasi-
dan olgan ekan. Boyoqish xotinning gap-so‘zga qolishimdan bezovta bo‘lishi menda 
chuqur taassurot qoldirdi. Unda yaxshi hislar qoldirmasdan ajralolmas edim. G‘iybatlarga 
parvo qilmasligimni ko‘rsatish uchun: 

Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
123
— Nega muncha shoshasiz? Yana picha turing axir, — dedim. 
Bechora xotin samimiy minnatdorchilik bilan qo‘llarimga qarar, ularni o‘pgisi kelib lab-
lari titrar edi. Lekin menga tegolmas, tegishga jur’at qilolmas edi. 
Keyin dovul yiqqan terak o‘zagiga o‘tirdik, Munisani o‘rtamizga oldik. Endi gap navbati 
unga kelgan edi. Boyoqish xotin, sarguzashtini menga aytsa ko‘ngli bir oz bo‘shaydigan-
day, kuyib-pishib gapirar, shunday chiroyli maroqli so‘zlar ediki... 
Bu xotinning oddiy, lekin qayg‘uli bir sarguzashti bor ekan. Istambulda, Rume-
liqovog‘ida tug‘ilibdi. Kichikkina amal egasi bo‘lgan otasi bilan onasi birin-ketin vafot qil-
gandan keyin, uni Bakirko‘yda kibor bir oilaga asrandi qilib berishibdi. Uydagi kichik bo-
lalar bilan birga o‘sgan, axiyri voyaga yetib kichik xonim darajasiga erishgan. O‘n besh-
o‘n olti yoshlarga yetganda yaxshi-yaxshi joylardan og‘iz soluvchilar bo‘lsada, u hech bi-
riga ko‘nmagan, hammasiga bahona topgan. Chunki uning ko‘ngil bergan kishisi bo‘lgan. 
U xonadonning kichik beyi bo‘lib, o‘sha vaqtlar harbiy maktabda o‘qir, mo‘ylovlari endi-
endi sabza ura boshlagan yosh yigitcha ekan. Shunday bo‘lsa-da, oralarida aka-ukalik ipi 
borligi sababli, undan umidvor bo‘lolmagan. Ammo hafta boshlarida  uning yuzini 
ko‘rishni, ovozini eshitishni o‘sha kezlarda baxt deb hisoblagan. 
O‘sha paytlarda uy xo‘jasi B... viloyat moliya bo‘limining mudirligiga tayinlangani  
uchun harbiy maktabda o‘qiyotgan o‘g‘lini Istambulda yolg‘iz qoldirib, oilasini shu yerga 
ko‘chirib kelgan. 
B... da yosh maktab talabasini ko‘rmay o‘tkazgan to‘rt oyi uni to‘rt yillik ayriliq qadar 
sarg‘aytirgan, keyin u yoz kanikullarini ota-onasi oldida o‘tkazgani kelganda... 
Ko‘p o‘tmasdan sir fosh bo‘lgan — uy xo‘jasi, uy bekasi, ularning qizlari — hammasi 
birdaniga bu mushtiparga hujum qilishgan-u, uni uyda qoldirishni xohlashmay, atrof 
qishloqlarning birida yashovchi qari kampir ixtiyoriga yuborishgan. Munisaning to‘rt 
yoshida difteritdan o‘lgan opasi shu yerda tug‘ilgan ekan. Bir bolalik xotinni kim ham 
olar edi? Axiyri u yig‘lab-siqtab bir qari o‘rmonchiga tegishga rozi bo‘lgan. Dastlabki 
paytlarda churq etgan ovoz chiqarmay, taqdiriga tan berib yuribdi. Lekin eri mana shu 
Zaynilar qishlog‘iga kelib o‘rnashgandan so‘ng uni chidab bo‘lmaydigan darajada juda 
qattiq xafaqonlik eza boshlabdi. Qorong‘i uyida o‘tirib hasrat chekar, kundan-kunga 
so‘lib borar ekan. 
Bechora xotin shu so‘zlarni aytib turganda o‘zini yana o‘sha og‘ir qorong‘ilik ichida 
ko‘rayotganday ko‘zlariga, vujudiga horg‘inlik cho‘ka bordi. 
Ana shu kunlarda qaroqchilarni quvlab qishloqqa bir jandarm otryadi kelibdi. Qamish-
zorning u tomoniga chodir yoyib, ikki-uch hafta turgan askarlarning yosh ofitseri uni 
ta’qib qila boshlagan. Xotin ham shayton vasvasasiga uchib, eri bilan bolasini tashlagan-
u, o‘sha ofitser bilan qochib ketgan... 
Bu oddiy hikoya menga juda ta’sir qildi, lekin sababini o‘zim ham bilmayman. Kech ki-
rib kelmoqda edi. Munisani onasi bilan xoli qoldirib, o‘zim maktab tomonga yurib ketdim. 
Bir-birini hech mahal ko‘rishmasligi mumkin bo‘lgan bu ikki insonning balki bir-biriga ay-
tadigan gaplari bordir. Yoki mening oldimda xohlashganlaricha quchoqlashib yig‘lasha ol-
mas, ko‘ngillarida balki hijron yarasi qolar! 
Mozor toshlari ustidan hatlab maktabimga qaytayotganimda yurak-yuragimdan ezilib 
o‘ylayman: “Munisa, men seni dunyoda hech kiming yo‘qligi, yop-yolg‘izliging uchun se-
var, senga har doim achinib kelar edim. Mana endi senga rashk qila boshladim! Senga 
g‘arib, xarob bir xotinni, har nima bo‘lganda ham senga ona bo‘lgan bir onani 
qizg‘anyapman. Sen tug‘ilib o‘sgan yerlardan ayrilar ekansan, ko‘zlaringda ona ni-
gohining xotirasini, lablaringda ona yoshlarining ta’mini olib ketasan!” 
 
* * * 

Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
124
B..., 10 mart. 
 
Zaynilar qishlog‘idan keltirilgan qog‘ozlarimni sumkaga solib bugun ertalab maorif 
bo‘limiga ketdim. Munisa uxlaganicha qoldi. Vaqt erta bo‘lgani uchun idora endi ochila 
boshlagan edi. Bitta-ikkita kelgan amaldorlar bosib-bosib qahva ichishar, kalyon cheki-
shardi. 
Hoji do‘ppili sarkotib o‘rnida jingalak qora soqolli, kir yoqali bir afandi o‘tirardi. Xodim-
larning bittasidan so‘ragan edim, maorif mudiri bilan birga bosh kotibning ham o‘zgarga-
nini, ishim bo‘lsa shu soqolli afandi bilan gaplashishim kerakligini aytdi. 
Sarkotibning yoniga yaqinroq kelib salom berdim. Maorif mudiri afandining buyrug‘i 
bilan yopilgan Zaynilar maktabining o‘qituvchisi ekanimni, maktab ishlarini topshirgani 
kelganimni aytdim. 
Sarkotib bir oz o‘ylanib turdi. 
— Ha, shunaqami, juda soz, — dedi. — Bir oz tashqarida kutub turing, mudir afandi 
kelsin. 
Idoraning olaqorong‘i, bo‘g‘iq dahlizida mudirni rosa uch soat kutishga to‘g‘ri keldi. Bu 
yerlarga kelib-ketuvchilar odamga tikilib qarar, hatto so‘z otuvchilar ham bo‘lar edi. 
Derazalardan bittasining yoniga siniq shoti tiklab qo‘yishgan ekan, o‘shaning pog‘ona-
laridan biriga suyanib kutib turdim. Qo‘llari loy, moviyrang chalvorli so‘finamo bir kishi 
fontan yonida sabzavot tozalar, shoxlari yonimdagi derazaning ichigacha kirib ketgan 
kattakon bir gilos daraxtida chumchuqlar chirqillashar edi. 
Tirsaklarimni tizzamga, iyagimni qo‘llarimga qo‘yib olib o‘ylanardim. 
Kecha ertalab shu vaqtda Zaynilardan chiqmagan edim. Katta-kichik o‘quvchilarim-
ning hammasi dovon ustidagi arava yo‘ligacha meni uzatib qo‘yishdi. Naqadar uyatsiz 
ko‘nglim bor mening! Tevaragimdagi odamlarni jon-jonimdan yaxshi ko‘rib qolaman. 
Aziz pochchamning g‘alati bir so‘zi bor. Goho qo‘llarimdan ushlab olib: 
— Eh, mening yopishqoq qizim, oldin odamlardan yotsiraysan, qochasan, keyin-chi, 
xuddi saqichday shunaqayam yopishib olasanki... — deyardi. 
Pochcham boyoqishning gapi to‘g‘ri ekan. Bu bolalarning hammasiga yuragim achishib 
qodi. Chiroylilariga chiroyli, xunuklariga xunuk, kambag‘allariga kambag‘al bo‘lganliklari 
uchun har ayrilgan yerimda qalbimning bir parchasini mana shunday tashlab ketaver-
sam, juda bo‘lgan ekan! 
Bechoralar birin-ketin qo‘limni o‘pishdi. Cho‘pon Mehmet Zahro orqali menga yangi 
tug‘ilgan uloqni sovg‘a qilib yuboribdi. Boyoqishning hadyasi ko‘nglimga shunchalar ta’sir 
qildiki... Hali ko‘zlari ochilmagan bu kichkina uloqchani Munisaning quchog‘iga topshir-
dim. Arava g‘ildiraklarining mungli g‘ijirlashi bo‘sh sahroni ola boshladi. Sekin-sekin Zay-
nilardan uzoqlashdik. Bolalar qora toshlar orasida ko‘zdan g‘oyib bo‘lgunlaricha, ularga 
Munisa ikkimiz ro‘molcha silkitib bordik. 
Aravaning musofirxona eshigi oldida to‘xtashi Hoji xalfaning yana bir alomat mojaro-
siga to‘g‘ri kelib qoldi. 
Bu chol og‘zida qora jigar bilan eshikdan shipillab chiqib qolgan bir kattakon mushukni 
quvlab kelardi. Qo‘lidagi kalyon karnayini qamchiday silkitib: “To‘xta, kofirning mushugi, 
teringni shilib olaman!” deb baqirganicha yonimdan o‘tib ketayotgan edi, “Hoji xalfa!” 
deb chaqirdim. 
Hoji xalfa ovozning qaerdan kelayotganini darrov bilolmay to‘xtadi, keyin meni arava 
ichida ko‘rar-ko‘rmas qo‘llarini ko‘tarib ko‘cha o‘rtasida ovozining boricha: “Voy, ikki 
ko‘zim, otinim!” deb baqirdi. 
Bechoraning suyunchi ichiga sig‘mas edi. Og‘zidagi jigar bilan ro‘paradagi ayvon de-
voriga tirmasha boshlagan mushukka kulib: 

Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
125
— Bor, gashtingni qilaver, qo‘rqma! Halol bo‘lsin!— dedi-yu, yonimga keldi. 
Hoji xalfa shu qadar xursand ediki, quchog‘ida uloqchasi bilan orqamdan chiqib bor-
gan Munisaga musofirxonaning faqat ikkinchi qavatidagina ko‘zi tushdi. 
— Ie, xo‘jonim, bu kim bo‘ldi? Qaerdan paydo bo‘ldi? — deb so‘radi. 
— Mening qizim bu, Hoji xalfa, — dedim. — Eshitganingiz yo‘q, Zaynilarda kuyovga 
chiqdim, mana bitta qiz ko‘rdim. 
Hoji xalfa Munisaning iyagini silab turib: 
— So‘zlaganga qarama, so‘zlatganga qara. Ajab emas, xudo bersin. Kiroyi qiz desa 
degulik. Antiqasi, — dedi. 
Yaxshi tasodif — moviyrang nomerim bo‘sh ekan. Juda suyundim. Kechqurun Hoji xal-
fa meni qo‘yarda-qo‘ymay uyiga ovqatga chaqirdi. 
Charchaganimni bahona qilib hech chiqqim kelmadi. Lekin chol turib oldi. 
— Gapingni qara-yu, olti oy yayov yurganingda ham zig‘ircha charchamaysan. Tavba, 
de, — dedi. 
 
* * * 
Bu narsalarning hammasi yaxshi, hammasi soz! Lekin meni o‘ylatgan boshqa bir ma-
sala bor. Kecha kechqurun uxlashdan oldin o‘zimcha hisob-kitob qildim, natija shuncha-
lar g‘alati chiqdiki, ishona olmadim. Barmoqlarim bilan yana bir marta hisoblab chiqdim. 
Afsuski, to‘g‘ri. Natijaning ko‘p xunukligiga qaramay, o‘zimni kulgidan tutib qololmadim. 
Men shu mahalgacha o‘z mehnatim, g‘ayratim soyasida umr o‘tkazib kelyapman, deb 
o‘ylar edim. Holbuki, qo‘limdagi uncha-muncha pulimni sarflab qo‘yibman. 
Bechora Gulmisol yotu begona yerlarga ketayotganimda ehtiyoti shartdan pulim bo‘li-
shi kerakligini aytib, onamning olmoslaridan birini sotgan, pulini alohida bir hamyonga 
solib bergan edi. 
Hozirgacha ancha pul sarflabman. Ha-ya, ancha vaqt ishsiz yurdim. Keyin yo‘l xara-
jatlari ham ozmuncha bo‘lmadi. Buning ustiga bir kambag‘al qishloq o‘qituvchisidan 
boshqa narsa emasligimni ham o‘ylamabman. Tevaragimda kambag‘al, och odamlarni 
ko‘rganimda ozmi-ko‘pmi yordam qilishni vazifam deb bilardim. Lekin odamlar juda ham 
insofsiz bo‘lishadi. Yuzimdagi yumshoqlikdan yuraklanib, tevaragimda ochilgan qo‘llar 
keyingi vaqtlarda shu qadar ko‘payib ketgan ediki... 
Tabiiy qimmati qanchaligini men shu kungacha tuzukroq bilolmagan bir necha qurush-
lik oyligim hamma xarajatlarni ko‘tara olmas edi. Yana bir yomon tomoni shu ediki, ana 
shu oyliklarimdan ikkitasini haligacha olishga muvaffaq bo‘lmay kelardim. 
Ana shunday ehtiyojlar tug‘ildi deguncha, darhol hamyonga qo‘l urardim. Lekin bu 
sho‘rlik xaltacha hozir shu qadar yengillashib ketibdiki, ichidagilarni sanashga yuragim 
betlamaydi. Demak, besh oyning butun mojarosiga, butun horg‘in-tolg‘inligimga qara-
may meni yashatgan yana oilamning yordami bo‘libdi. 
Derazadan tushgan chinor barglarini o‘ynab turib shularni o‘ylaganimda, ham kulgim, 
ham yig‘lagim qistaydi. Lekin o‘zimni boshqa bir narsa bilan yupata boshlayman. “Xafa 
bo‘lma, Choliqushi. Hech qanday daromad qilmagan bo‘lsang ham, lekin turmush, 
yashash, chidash nima ekanligini o‘rganmadingmi? Bu oz daromadmi? Bundan keyin bo-
lalikni tashla, voyaga yetib, kap-katta xotin bo‘lib kelyapsan, qizim!” deyman. 
Men shu xil o‘ylanib turganimda, ola-qorong‘i dahlizda birdan g‘ala-g‘ovur ko‘tarildi. 
Qari xizmatkor bir qo‘lida palto, ikkinchi qo‘lida hassa bilan maorif mudirining kabinetiga 
zing‘illab o‘tib ketdi. 
Bir necha minutdan so‘ng yo‘g‘on bo‘ynini tik tutib, yakka ko‘zoynagini yarqiratib zi-
nadan chiqib kelayotgan mitti mudirni ko‘rdim. Orqasidan kabinetga kirmoqchi bo‘lgan 
edim, hozirgina mudirning paltosi bilan hassasini ko‘tarib o‘tgan soqolli xizmatkor yo‘lim-

Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 
Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish