Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet315/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
306
o‘qig‘uvchiga ham» deganda u haqli emasmi? Unda Xondamirning yuksak shoirona 
uslubga oid e’tiqodlari puchga chiqadimi? Yo‘q, bu mumkin emas! 
Xondamir qaytib ichkariga kirdi-yu, o‘zining haqligiga dalil qidirib, ochiq qo‘lyozmaning 
davomini o‘qishga tushdi. 
Hali hech bir muarrix qalamga olmagan g‘aroyib voqealar bu qadar ko‘p! Xondamir 
kitobning mazmuni yangi va maroqli ekaniga tan bermay iloji qolmadi. Bobur o‘zini-o‘zi 
ochiqchasiga muhokama qilgan, o‘z xatolarini ro‘yi-rost yozgan joylari ham Xondamirga 
ju-da iliq tuyuldi. Oxirgi boblarida yana ajib bir xat uchradi. Bobur Agradan Kobulga 
yuborgan bu maktub Mohim begimga atab yozilganini Xondamir sezdi. Boburning 
zaharlanish tafsilotlari shu yerda bitilgan edi: «Dasturxon ustida ikki-uch marta 
ko‘nglum barham urib qusayozdim. Oxir ko‘rdumkim bo‘lmas, qo‘pdum... Obxonaga 
borib qalin qusdim. Hargiz oshdin so‘ng qusmas edim, balki ichganda ham qusmas edim. 
Ko‘nglimga shubha kechdi. 
...Jon mundoq aziz nima emish: muncha bilmas edim, ul misra’ borkim: 
«Kim o‘lar holatga yetsa, 
Ul bilur jon qadrini». 
Tengri taoloning inoyati bor ekandir, manga yangi boshdan jon bag‘ishladi». 
Bobur o‘z hayoti haqida bu qadar ochiqchasiga yozgani Xondamirni hayron qoldirdi. 
Keyingi bobda yana bir tafsilot uning e’tiborini tortdi. Ichkilikni bundan ikki yil odin 
tashlagan Bobur uni haligacha qaytib og‘ziga olmas edi. Buning oson bo‘lmaganini 
Xondamir quyidagi satrlardan bildi: «Bu o‘tgan ikki yilda chog‘ir majlisining orzu va 
ishtiyoqi behad va g‘oyat edi, andoqki, chog‘ir ishtiyoqidan borlar* yig‘lamoq sarhadiga 
yetar edim». 
O‘z istagiga qarshi kurashib, yig‘lash darajasiga borganini ochiq yozish tojdorlar orasida 
misli ko‘rilmagan bir sohibdillik ekaniga Xondamir ich-ichidan tan berdi. Ochiqchasiga 
aytgan mana shunaqa oddiy tafsilotlar tufayli Bobur unga o‘zi kabi bir inson farzandi 
bo‘lib tuyuldi. Ammo boshqa tojdorlar tarixiy kitoblarda oddiy odamlarga o‘xshab 
ko‘rinishdan qanchalik cho‘chiydilar! Ular el-yurtdan mumkin qadar balandda bo‘lishni, 
oddiy insondan ko‘ra xudoga yaqinroq turishni qanchalik yaxshi ko‘radilar! Shuning 
uchun ham Xondamirdek muarrixlar podsholar haqida oddiy odamlar tushunmaydigan 
balandparvoz, sertakalluf tilda kitob yozishga majbur bo‘ladilar. Bobur o‘zi podshoh 
bo‘lgach, bunday takalluflarni kim uchun yozadi? Hamma tomonidan qabul qilingan davr 
uslubining qonunlarini buzib chiqib, o‘z hayoti haqida shunday erkinlik va rostgo‘ylik 
bilan asar yozishi — hech kimga qaram emasligi tufayli emasmikin? 
Bu fikr Xondamirni Boburning uslubidagi o‘zgachalik bilan go‘yo yarashtirdi. Shundan 
keyin Boburga xos oddiylikning teran bir she’riy nafosati ham borligini, bu nafosat 
odamni sehrlab olishini sezdi. Tun yarmidan oshganda esa asarda tasvirlangan 
voqealarga qiziqib, uslubini butunlay esdan ham chiqardi. 
Tongga  yaqin ozgina uxlab, so‘ng yana o‘qishni davom ettirdi-yu, qo‘lyozmaning oxiriga 
yetmaguncha undan ajralolmadi. 
Bobur Sekriga uchinchi kun ertalab qaytib keldi— kunduzi havo juda issiq bo‘lgani uchun 
yo‘lni tun sal-qinida bosib o‘tgan edi. U Xondamirni yana bog‘da uchratdi, ikkovi piyoda 
o‘sha buloq bo‘yiga keldilar. 
Bobur yo‘l yurib charchagan, uyqusiz o‘tgan yana bir tun yuzini juda so‘litib qo‘ygan 
bo‘lsa ham u o‘zini xushhol tutib: 
— Mavlono, mensiz dilgir bo‘lmadingizmi? — dedi. 
— Hazratim, men tunu kun sizdan ayrilmay suhbatingizda bo‘ldim, siz yozgan asar 
sahifalarida unutilmas damlarni boshdan kechirdim. 
— Hali oxiriga yetmagandirsiz? 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish