Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet323/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
313
kerak. 
Bobur shayxulislomning  niyatiga tushunolmay: 
— Qaysi moldan? — deb so‘radi. 
— Jon omon bo‘lsa javohir topilur. O‘shal... ashxas olmos yaxshi tasaddiq bo‘lg‘ay. 
Bobur Jamna ustida kemada o‘ltirganda Humoyun keltirib ko‘rsatgan olmosni esladi. 
— Ko‘hinurnimi? 
Shayxulislom tasdiq ma’nosida bosh irg‘adi. Bobur hushini bir joyga yig‘ib: 
— Taqsir, kimga tasaddiq qilaylik?— deb so‘radi. 
Qiymati ulkan oltin xazinalariga barobar keladigan bu olmosni o‘g‘rilardan qo‘riqlab 
turish uchun ham juda ko‘p navkar kerak edi. Shuni biladigan shayxulislom «menga» 
deyishga tili bormadi. 
Murtazo Ali mozoriga, — dedi. — Din yo‘liga. 
Mozor va Ko‘hinur olmosi bir-biriga mutlaqo qovushmaydigan narsalar edi. Dindorlarning 
kattasi shayxulislom bo‘lganligi uchun olamni bezaydigan bu go‘zal olmos aylanib kelib 
uning sandig‘iga tushishi aniq. Bobur hozir molu dunyoni o‘ylaydigan ahvolda bo‘lmasa 
ham Humoyunga taqdim etilgan bu noyob gavharga munkaygan shayxulislom ko‘z 
tikkani uni sergaklantirdi. Ruhoniylar ilojini topsa podshohdan ham baland turishga va 
ularning boshiga og‘ir kun tushganidan foydalanib o‘z hukmlarini o‘tkazishga intilishlari 
ko‘pdan ma’lum edi. 
— Taqsir, nazaringizda, o‘shal olmos azizmi yoki mening jonim aziz? 
Shayxulislom hang-mang bo‘lib: 
Nechun unday deysiz, hazratim! — dedi. Undoq olmoslarning yuztasidan sizning bir 
mo‘yingiz azizroqdir! 
— Minnatdormen! Undoq bo‘lsa, men Humoyunga jahondagi barcha olmoslardan ham 
aziz-roq bir narsamni qurbon qilmoqchimen. Faqat bu qurbonni sizu bizga o‘xshagan 
bandalari emas, zarur bo‘lsa parvardigorning o‘zi olsin! 
Bobur o‘ziga umid bilan qarab turgan odamlarning orasidan o‘tib, Humoyunning to‘shagi 
yoniga keldi. 
— Humoyun, jigarbandim! — dedi u hamma eshitadigan tovush bilan. — Sening 
betoqatlig‘ingga men toqat keltiray. Sening shu og‘ir dardingni xudo sendan olib menga 
bersin! 
Behush yotgan Humoyun bu gaplarni eshitmas, lekin bemorning xobgohidagi ayollar
mulozimlar, tabiblar, ruhoniylar — hammasi Boburga quloqlarini ding qilib qarab 
turardilar. 
Bobur umumiy jimlikda Humoyunning boshidan uch marta aylandi-yu: 
— Yo, parvardigor! — deb iltijo qildi. — Menki Boburmen, agar jon berish mumkin 
bo‘lsa, umru jonimni Humoyunga qurbon qildim! Azroyil mening jonimni olsinu xudo 
Humoyunga shifo bersin! 
Mohim begim yig‘idan to‘xtab, Boburga qo‘rquv aralash hayrat bilan tikilib turardi. Keksa 
shayxulislom esa hozirning o‘zidayoq Humoyuning sog‘ayib ketishini va Boburning 
holsizlanib yiqilishini kutganday ancha vaqt ota-bolaga baqrayib qarab turdi. Lekin 
kutilgan mo‘’jiza yuz bermadi. Behush Humoyun alahlab bir nima dedi-da, yana jim 
bo‘ldi. 
Boburning badanidan «lop» etib olov chiqqanday bo‘ldi, vujudi qizib ketdi. U hamon 
behush yotgan Humoyunga qarab: 
— Ko‘tardim dardingni! — dedi-da, yelkasiga og‘ir yuk olgan odamday qaddi xiyol egilib 
xobgohdan chiqib ketdi... 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish