Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
244
Humoyun qo‘liga qog‘oz va qalam oldi-yu, otasi ixtiro qilgan Xatti Boburiy harflari bilan 
bir bayt she’r yozdi: 
 
Turklar xatti nasibing bo‘lmasa, Bobur, ne tong, 
Boburiy xatti emasdur, xatti Sig‘noqiydurur*. 
 
Bobur so‘nggi daf’a Samarqandda yuz bergan mash’um voqealarni va Xatti Boburiyni 
maktabda bolalarga o‘rgatgan muallimning toshbo‘ron qilib o‘ldirilishini eslab «uh» 
tortdi. 
Bir vaqtlar Ulug‘bekni halok etgan yovuz kuchlar uning rasadxonasini qayta tiklamoqchi 
bo‘lgan Boburni ham dinsizlikda va rofiziylikda ayblab, hatto qo‘shinning ko‘p qismini 
shunga ishontirgani Qizilqumdagi mag‘lubiyatga zamin yaratgan edi. Shundan beri 
Bobur o‘zi ixtiro etgan xatni joriy etish fikridan butunlay qaytgan edi. 
— Senga buni qaysi mualliming o‘rgatdi? — so‘radi Bobur Humoyunning yozuviga ko‘z 
yugurtirib. 
— Mirbadal xattotdan o‘rgandim... Humoyunning yozuvida xato bo‘lmasa ham, lekin hali 
bu xatga qo‘li o‘rganmaganligidan harflar notekis chiqqan edi. 
— Senga manzurmi? 
— Juda! Belgilari oz. Tez yozish mumkin. O‘qishi jo‘n. 
— Unday bo‘lsa ko‘proq mashq qil. Minba’d menga maktub yozsang, shu xat bilan biti. 
Men ham senga shu xat bilan javob yozurmen. Maxfiy tutmoq oson bo‘lur. 
Humoyun podshoh otasi bilan maxfiy xatlar yozishini ko‘z oldiga keltirdi-yu, ko‘nglida 
yana issiq bir iftixor tuyg‘usi mavj urdi. Otasiga mehri toblanib, uning ko‘ngliga 
yoqadigan yana bir ish qilgisi keldi. 
— Hazratim, lozim bo‘lsa, endi musiqadan bir imtihon qilib ko‘ring. 
— Qani, qani! 
Humoyun savdarboshiga afg‘on rubobini keltirishni buyurdi. So‘ng dur va sadaf bilan 
bezatilgan, tog‘lar sadosini eslatuvchi ulug‘vor tovush beradigan bag‘ri keng rubobni 
sozlab, avval navo yo‘lida bir kuy chaldi, keyin savtga o‘tdi. Bobur qulog‘iga juda yoqimli 
tuyulgan bu savtni darhol tanidi. 
«Chorgoh savti» deb atalgan bu kuyni bultur Boburning  o‘zi  bastalagan  edi.  Humoyun 
buni ham izlab topibdi-da! Yoki murabbiylari unga ataylab otasi yozgan she’rlarni 
yodlatib, otasi bastalagan kuyni o‘rgatib, shu yo‘l bilan podshohdan tahsin eshit-
moqchimikinlar? 
Murabbiylarda shunday bir xushomad bo‘lganda ham Humoyunning o‘zi kuyni samimiy 
ixlos bilan chalayotgani bilinib turardi. Bola o‘zining boyagi so‘zini — otasining ijodidan 
ibrat olishga havasi zo‘rligini hozir chindan isbot qilmoqda edi. 
Bobur o‘g‘li chalayotgan go‘zal kuyga quloq solib turib, ko‘ngli zavqli tuyg‘ularga to‘lib 
ketdi. 
Endi o‘zining hayoti ham unga eng yorug‘ va tiniq tomonlari bilan ko‘rina boshladi. Axir u 
ham bir vaqtlar Humoyun kabi beg‘ubor, musaffo yoshlik damlarini boshdan 
kechirmaganmidi? Uning hayoti ham tiniq bir buloq bo‘lib oqmaganmidi? Keyin bu 
buloqning ustiga jarlar qulab, uni loyqalatdi. Lekin hali bu buloq qurigan emas, uning 
obihayoti Humoyunning qalbini ham obod qilgani mana hozir bilinib turibdi. 
Bobur o‘zi bilan o‘g‘lining orasida ajib bir bog‘lanish borligini bugun birinchi marta aniq 
sezdi. Otaning hayoti o‘g‘lining hayotida aynan takrorlanmasa ham, lekin yangi bir 
tarzda davom etishi mumkinligiga, agar o‘g‘il astoydil otaga sodiq bo‘lsa, unga tortsa, 
otaning umri o‘g‘ilning umriga ulanib ketishiga Boburning endi ko‘zi yetdi. Shunday 
bo‘lgach, Humoyunni atkasi, onasi va murabbiylari Boburga ixlosmand qilib 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish