Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
236
Barxanlar ichida zambarak ortilgan aravalar qumga botib, otlar yaxshi chopolmay, Bobur 
qo‘shinining safi chuvalib ketdi. Paytdan foydalangan besh mingga yaqin qunduzlik 
mo‘g‘ullar Ubaydulla Sulton tomoniga qochib o‘tib ketdi. 
Qizilqumda ko‘p yurib, uning pastu balandini biladigan, Ko‘li Malik* degan joyda otliq 
jang uchun eng qulay o‘rinlarni egallab yotgan Ubaydulla Sultonning qo‘shini yana 
to‘lg‘ama usulini ishlatib, Bobur qo‘shinining ikki qanotini bukdi-yu, orqasiga o‘tib oldi. 
To‘rt tomondan berilayotgan zarbalar ustiga besh ming xoinning birdan yov tomoniga 
o‘tib ketishi jang taqdirini bir necha soatdayoq hal qilib qo‘ydi. 
Bobur Qizilqumda mag‘lubiyatga uchrab, qolgan-qutgan askarlari bilan Samarqandga, 
undan Hisorga chekinib borganda qarshisidan Shoh Ismoil yuborgan Najmi Soniy oltmish 
ming qizilbosh askari bilan tahdidli suratda chiqib keldi. 
Og‘izda Najmi Soniy Boburga yordamga kelgan edi. 
Biroq aslida u Boburga jazo bermoqchi edi. U qizilbosh qo‘shinlarining Samarqanddan 
tez qaytarib yuborilganidan norozi edi. Bobur Movarounnahrda mustaqil davlat 
tuzayotganini, uning shialarga yon bosishi — muvaqqat choraligini xufiyalar Shoh 
Ismoilga allaqachon yetkazgan edilar. Shoh Ismoil Movarounnahrga oid hamma ishlarni 
Najmi Soniyga ishonib topshirgan edi. Najmi Soniy shayboniyzodalarni bartaraf 
qilgandan keyin Boburni ham hokimiyatdan chetlatishi va Samarqand taxtiga boshqa 
ishonchli odamni o‘tqazib, Movarounnahrda qizilboshlar hokimiyatini uzil-kesil barqaror 
qilishi kerak edi. 
Bu reja qattiq sir tutilar, Bobur bilan ittifoq hozircha davom etar, ammo kalondimog‘ 
Najmi Soniy Boburni ham, uning o‘n mingtagina qolgan askarlarini ham nazar-pisand 
qilmasligi oshkora sezilar edi. 
Boburni ikki tomondan chirmab kelgan ikki dahshatli qilich G‘ijduvonda bir-biriga zarb 
bilan urildi. Najmi Soniydan ixlosi qaytgan Bobur shayboniyzodalarning qo‘li baland 
kelayotganini sezdi-yu, qonli qilichlar orasidan chiqib, yana Hisor tomonga chekindi. 
Bosqinchi qo‘shin sarkardasi Najmi Soniy G‘ijduvon jangida o‘ldirildi. Qizilboshlar tor-mor 
bo‘ldi, oltmish ming qo‘shinning bir qismi o‘ldi, bir qismi asir olindi, omon qolib 
qochganlarini esa g‘oliblar Amudaryogacha quvib bordilar va daryoga cho‘ktirib 
yubordilar. 
 
________________ 
* K o‘ l i  M a l i k — hozir qurib qolgan. Buxoro oblastining Xayrobod degan joyida.
 
7 
 
Bundan bir yarim yil avval Xonzoda begim yolg‘iz o‘g‘ilchasi bilan Balxdan Qunduzga 
kelayotganda uning yuragini titratgan noma’lum xavf-xatarlar go‘yo mana shu og‘ir 
chekinish paytini kutib yotgan ekan. 
Tun yarmidan oshgan edi. Boysun orqali Hisorning Qoratog‘iga chekinib kelgan Bobur 
yetti ming askar va ug‘rug‘i* bilan sayhon bir o‘tloqda tunamoqda edi. Xonzoda begim 
o‘g‘li va kanizi bilan uxlab yotgan o‘tov Boburning chodiriga yonma-yon edi. 
Saharga yaqin birdan to‘polon ko‘tarildi. Xonzoda begim otlarning tasir-tusir qilib 
chopishi va itlarning asabiy hurishidan cho‘chib uyg‘ondi. G‘azabli tovushlar: 
— Ur! Ur! 
— Rofiziylarni ayamay qir! — deb qichqirar edi. 
Xonzoda begim sapchib turdi. O‘tov to‘rida xira qorachiroq lipillab yonmoqda edi. Begim 
qattiq uxlab yotgan o‘g‘li Xurramshohni quchoqlab oyoqqa turg‘izdi. 
— Yog‘iy bosdi! Yog‘iy! — deb, o‘g‘liga etigini kiydirib, to‘nining yengiga qo‘llarini 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish