Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
202
allomalaridan oltin undirishning boshqa bir yo‘lini o‘ylab topdi. Hirot atroflaridan 
g‘oliblarning qo‘liga tushgan o‘ljalar orasida suruv-suruv qo‘ylar ham bor edi. Mulla 
Abdurahim shu qo‘ylardan oltmishtasini Hirotning Qipchoq darvozasi tashqarisidagi 
bozorga haydab tushishni xizmatkorlariga buyurdi. So‘ng shaharga bir to‘p navkar 
yuborib, temu-riylar davrida mashhur bo‘lgan Xondamirni, Boburga yaqinligi bilan 
tanilgan mavlono Fazliddinni, Husayn Boyqaroga atab she’rlar yozgan «ko‘ksa» laqablik 
shoir Sulton Muhammadni, yana shularga o‘xshash besh-olti kishini qo‘y bozoriga 
majburan olib keltirdi. Keyin mulla Abdurahimning o‘zi ham bir to‘p mulozimlari bilan 
bozorga o‘ynoqi bir arg‘umoqni minib kirib keldi. Mulozimlardan biri piyoda qo‘l 
qovushtirib turgan Xondamirga va uning hamrohlariga shunday dedi: 
— Sudurlar sadri Nizomiddin Abdurahim hazratlari o‘zlarining bu qo‘ylarini faqat sizlarga 
sotmoqchilar! 
Xondamir sheriklariga: «Shu bilan qutulsak koshki!» deganday qilib qaradi-yu, keyin 
sudurlar sadriga ta’zim qildi: 
— Bajonidil olurmiz. Narxini aytsinlar. 
Mulozim ovoziga tantanali tus berib dedi: 
— Bu qo‘ylar — sudurlar sadrining nafasi tekkan tabarruk qo‘ylardir. Sizlar temuriylar 
xizmatida haromxo‘rlikka o‘rganib, buzilib ketgan odamsizlar. Bu qo‘ylarni so‘yib yeb 
halqumlaringni poklashlaring kerak. Shuning uchun qo‘ylardan har birining narxi olti yuz 
dinor!  
Olti yuz dinorga bitta emas, yetti-sakkizta qo‘y olish mumkin edi. Biroq qo‘ylarni 
sudurlar sadri aytgan narxda olmaslik — uning g‘azabiga uchrash va shafqatsiz jazoga 
giriftor bo‘lish demak edi. 
Puldan qiynalibroq yurgan mavlono Fazliddin bezovtalanib so‘radi: 
— Janoblar, yaqinda moli omon ham to‘lagan edik-ku? 
Shoir Muhammad Sulton istehzoli kulimsiradi: 
— Mavlono, bu noyob qo‘ylarga hazratimizning muborak nazarlari tushgan ekan. 
Shuning uchun endi bu moli omon emas, balki moli imondir! 
Mulla Abdurahim istehzoni payqab qahri keldi va navkarlariga buyurdi: 
— Bularning har biriga qo‘ylardan o‘nta-o‘nta qo‘shaloqlab beringlar! Bularni 
temuriylarning oltini quturtirgan! Hammasining dimog‘i juda baland! Bularni osmondan 
yerga tushirib qo‘yish kerak. Qo‘ylarni uylarigacha o‘zlari haydab ketsin! Hech kim 
haydashmasin! Uylarigacha kuzatib borib, pulini undirib kelinglar. Qaysi biri buyruqni 
bajarmasa, molu mulkini musodara qilib, o‘zini zindonga tashlanglar! 
Navkarlar buyruqni bajarishga kirishdilar. 
Hirotda ko‘pchilik taniydigan shoir, olim va me’mor issiq kunda halpillab, sertuproq, 
serchang ko‘chalardan qo‘y haydab ketdilar. Keyin bu «tabarruk» qo‘ylarning pulini qarz 
havola qilib bo‘lsa ham, to‘lab qutuldilar. 
2 
 
Ubaydulla Sultonning bir yarim ming navkari o‘n kundan beri Ixtiyoriddin qal’asining 
atrofida g‘ivirlar, ammo o‘q ham, shoti ham yetmaydigan balandlikdagi qal’ani olishning 
hech ilojini topolmas edi. Temir darvozalarga to‘pdan o‘q otib ko‘rishdi, bo‘lmadi. Keyin 
yer tagidan g‘or qazishga tushishdi. 
Shuni hisobga olmaganda, Hirot hozir bir qadar tinchib bormoqda edi. Musodara 
qilinadigan xazinalar bo‘shab qolgan, talanadigan molu mulklar talanib bo‘lgan edi. 
Shayboniyxon Qahdistondan Bog‘i Jahonoroga ko‘chib kelib, Hirotning mashhur 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish