Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
190
ishlash emas. Yoshlikdan unga tinchlik bermay kelayotgan alam va intiqom tuyg‘usi 
uning shu ishga bosh qo‘shishiga sabab bo‘ldi. 
U Qosimbekka rozilik berishdan oldin, dovondan o‘tmoqchi bo‘layotganlarning kimligini 
surishtirib bildi. Bobur — temuriylardan ekani, Abusaid mirzo uning bobosi bo‘lgani 
Sultonning o‘n yosharlik paytida boshdan kechirgan fojealarni esiga soldi. 
Sultonning ota-bobolari Shohruh mirzo bilan yaxshi hamkorlik qilgan badavlat odamlar 
edi. Shohruhning o‘limidan keyin boshlangan alg‘ov-dalg‘ovlarda Turondan Abusaid 
mirzo o‘g‘li Mahmud mirzo bilan Xurosonga bostirib keldilar. Sultonning otasi Shohruh 
mirzodan ko‘p yaxshilik ko‘rgani uchun uning nevaralariga yon bosdi. 
Lekin Abusaid mirzo g‘olib kelib, Shohruhning ko‘pchilik nevaralarini qilichdan 
o‘tkazdirdi. Sultonning otasi va akasini ham shohruhiylar tomonida turgani uchun 
boshlarini kesdirdi. Hovlilarida bor mol-hollarini, onasining bo‘qchalaridagi 
narsalarigacha talab ketishdi. Bu ham ozlik qilganday, Sultonning o‘n besh yoshlik 
chiroyli opasini asira qilib olib ketdilar. Keyin eshitsalar, uni Abusaid mirzo haramiga bir 
necha kunlik joriya qilib beribdilar... 
Ustma-ust kelgan bu baxtsizliklardan Sultonning onasi kasal bo‘lib yotib qoldi. Lekin 
ularning badavlat qarindoshlari bor edi. Og‘ir paytda ular yordam qo‘lini cho‘zdilar. 
Sulton yigit yoshiga yetguncha zamonlar ham bir qadar tinchidi, karvonlar ko‘p 
qatnaydigan bo‘ldi. Sulton karvonlarga yo‘l ko‘rsatuvchilik qildi, savdo-sotiqdan ham 
yaxshi daromadlar olib, ro‘zg‘orini butlab oldi. 
Hozir qahraton qish kunida uyida oilasi bilan tinchgina o‘ltirishi mumkin. Lekin Bobur 
ham bu yerlarga bobosi Abusaid mirzoning izidan kelganligi Sultonning dilidagi qasoskor 
tuyg‘ularni uyg‘otib yubordi. Nohaq o‘ldirilgan otasi va akasi, nomusi toptalgan opasi 
uchun mana bu temuriyzodadan xun talab qilib qasd olishga haqqi yo‘qmi? Bu ham 
o‘sha kelgindi fotihlarning biriku. Turondan kelib bu yerlarda xo‘jayin bo‘lib yuribdi. Qani, 
Hindikush tog‘iga ham xo‘jayin bo‘lib ko‘rsin-chi?! Sulton o‘z xundor dushmanini eng 
mashaqqatli yo‘llardan boshlab boradi, uning azob tortganlarini ko‘rib bir alamdan 
chiqadi. Ilojini topsa, dovon yo‘llarida qor bo‘ronlariga ko‘mib qaytadi. Shu bilan otasi va 
akasining ruhlari oldidagi qiyomatlik burchini bajargan bo‘lmaydimi? 
Sulton shu o‘y bilan sayisxonaga kirdi. Tog‘larda yaxshi yuradigan eng baqquvvat qora 
qashqa otini egarladi. Jun xurjunga ikki haftaga yetadigan qilib qovurdoq go‘sht, yog‘liq 
patir va boshqa yeguliklar soldirdi. O‘zi qalin po‘stin kiyib, yana ikkita jun chakmon, issiq 
quloqchin, «jo‘rab» deb ataladigan qalin paypoqlar oldi. Otlarga yem-xashakni ham 
unutmadi. Po‘stin tagidan beliga xanjar taqib oldi. Hamma yuklarini qizg‘ish rangli miqti 
otga orttirdi-da, uni yetovga oldi. 
Bobur va Qosimbek boshliq beku navkarlar uch yuz kishidan ortiq. Ko‘pchiligining 
yetovda oti bor. Tuyalarga turli yuklar, chodir va yig‘ma o‘tovlar ortilgan. Qish kuni 
bularning hammasini oziq-ovqat va yem-xashak bilan ta’minlash oson emas. 
Avvalgi hokimlarning odatini yaxshi biladigan Sulton: «Bular ham aholining mol-holini 
zo‘ravonlik bilan tortib olib zaxira yig‘sa kerak», deb o‘yladi. 
Ammo Bobur xazinachiga buyurib, hamma zaxiralar uchun oltin-kumush tanga to‘latdi. 
Hatto yem-xashakni va qor kuraydigan yog‘och kuraklarni ham tangaga sotib olishdi.  
Ko‘z ilg‘agan hamma joy oppoq qorga burkangan. Sulton qora qashqa otda oldinda yo‘l 
boshlab boradi. Bobur va Qosimbeklar uning ketidan otliq kelishmoqda. Orqada yuzlab 
beku navkarlar yetovdagi otlar va yuk ortilgan tuyalari bilan turnaqator bo‘lib tizilib yo‘l 
yuradi. 
Bir haftadan beri har kuni qor yog‘adi. Goho qalin bulutlar yirtig‘idan oftob xiragina bo‘lib 
ko‘rinadi-da, ko‘p o‘tmay yo‘q bo‘lib ketadi. 
Oppoq toza qor ko‘zni oladi. So‘ng yana maydalab qor yog‘ishga tushadi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish