diqqatlariga
suyalgan,
vijdonlariga
yuklangan
muqaddas
bir
fazifadir...Negaki
fikrning
quvvati
ziynati,
kengligiga,
muallimning
tarbiyasiga bog’liqdir
».
Buyuk rus pedagogi K. D. Ushinskiy ham o’qituvchining mehnatini va
uning tarbiyalanuvchi shaxsga ta`sirini yuqori baholadi. Ushinskiy Rossiyada
o’qituvchilar tayyorlash tizimini birinchi bor ishlab chiqdi.
Ushinskiy pedagogning ishi boshqa ishlarga qaraganda ko’proq doimo
g’ayratlanish va zavqlanishni talab qiladi: bu ish tashqi tomonidan bir turda bo’lib
ko’rinadi, uning tezda ko’zga ko’rinmaydi. Bu yoshda katta xavf bor, yil sayin bir
xil narsadan ta`lim beraverish natijasida « o’rganib qolib, ta`limni mexanik suratda
olib borishi mumkin». Ushinskiy o’qituvchini bu xavfdan ehtiyot bo’lishga va
hamisha ilgariga qarab siljishga chaqirdi. Tashqaridan qaraganda maktab
o’qituvchisining roli oddiy va sodda, biroq u o’z mehnatining yuksak ijtimoiy roli
oddiy va sodda, biroq u o’z mehnatining yuksak ijtimoiy ahamiyatini tushunishi
lozim. Ushinskiy jamiyatdan o’qituvchilarga zo’r hurmat va g’amxo’rlik bilan
qarashni, hamisha e`tibor berishni talab qiladi.
O’qituvchi biror fanning o’qituvchisigina bo’lmasdan, balki tarbiyachi ham
bo’lishi kerak: o’z kasbini sevishi, tarbiya, ishiga zo’r ma`suliyat tuyg’usi
bilan qarashi; u ma`lumotli kishi bo’lishi, pedagogika bilan psixologiyani
bilishi, pedagogik mahoratga, pedagogik odobga ega bo’lishi lozim.
A.S.Makarenko o’z bilim, talant va jo’shqin faoliyati bilan pedagogika
tarixida chuqur iz qoldirdi. U bir necha pedagogik va publitsistik asarlar yozdi.
Uning «Pedagogik poema», «Minoradagi bayroqlari», «O’ttizinchi yillar marshi»,
«Ota- onalar kitobi», «Bolalar tarbiyasi to’g’risida lektsiyalar», «Ta`lim- tarbiya»,
tajribasidan ba`zi xulosalar kabi asarlari uni o’ziga xos tarbiya maktabi yaratgan
mahoratli pedagog va adib sifatida tanitdi.
O’qituvchining pedagogik- psixologik xususiyatlari va shaxsiy fazilatlarini
chuqur o’rganish ishlari XX asrning 30-40 yillarida keng yo’lga qo’yila boshlandi.
114
XX asrning 70-80 yillarida pedagogika va psixologiya fanlarida
o’qituvchining kasbiy tayyorgarligiga, layoqatiga, shuningdek, shaxsiy sifatlarini
shakllantirish masalasiga oid tadqiqot ishlarining ko’lami keskin ravishda ortdi.
O’qituvchining xarakter xislatlari , pedagogik qobiliyatlari, uning ixtisosiy
ko’nikma va malakalari, unda tarbiyachilik mahoratini tarkib toptirish shartlari
o’rganilmoqda. Kasbiy tayyorgarlikka oid tadqiqotlarda o’qituvchilarda
o’qituvchilik kasbiga qiziqishning uyg’onishi, o’quvchi va talabalarda pedagogik
yo’nalishini tarkib toptirish, tarbiya jaroyoning ilmiy- nazariy muammolari,
o’qituvchilik mahoratini egallashning psixologik manbalari, pedagogik
qobiliyatlarni rivojlanish xususiyatlari, o’qituvchi bilan o’quvchining hamkorlik
faoliyati, pedagogik muloqotning psixologik asoslari ochib berilmoqda.
Bu sohaning yirik tadqiqiotchilari qatoriga I.V.Straxov, N.V.Kuz’mina, I.A.
Shcherbakov,
F.I.Gonobolin,
V.A.Slastenin,
S.R.Rajabov,
M.O.Ochilov,
M.G.Davletshin, R.Z.Gaynutdinov, va boshqalarni kiritish mumkin.
Rus psixologii I.V.Straxov «Pedagogik takt psixologiyasi» nomli asarida
o’qituvchining odobi masalasini tadqiq qilib bergan.
Rus olimasi
N.V.Kuz’mina
o’qituvchilik
faoliyatida
pedagogik
qobiliyatlarning roli va ularni tarkib toptirishga oid qator ilmiy tadqiqot ishlari olib
borgan. A.I.Shcherbakov pedagogik faoliyatida mahorat juda muhim o’rin
egallashini ta`kidlab, o’qituvchining shaxsiy fazilatlari, uning bilimlari, amaliy
ko’nikma va malakalari o’zaro birlashib pedagogik mahoratini vujudga keltiradi,
deydi. Pedagogik mahoratinining shakllanishi o’qituvchi shaxsini takomillashish
jaroyoni bilan uzviy bog’liqdir.
Yirik o’zbek olimi S.R. Rajabov butun umr va faoliyatini o’qituvchi shaxsini
tadqiq
qilishga, o’qituvchilar tayyorlashni takomillashtirishga bo’lg’usi
muallimlarni sharqona tarbiyalashga bag’ishlangan.
O’zbek olimi M.O. Ochilovning ko’p yillik tadqiqoti ichida o’qituvchi
shaxsini shakllantirish markaziy o’rinni egallaydi.
115
Do'stlaringiz bilan baham: |