109
Sharqda « Shayx ar- Rais» nomi bilan mashhur bo’lgan allomalardan biri Abu Ali
Ibn Sino o’qituvchi mahorati haqida
fikr yuritar ekan, quyidagilarni eslatib o’tadi:
-
bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo’lish;
-
berilayotgan bilimning talabalar qanday o’zlashtirib olayotganina e`tibor
berishi;
-
ta`limda turli metod va
shakllardan foydalanish;
-
talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini
bilishi;
-
aqliy darajasiga
mos ravishda berishi;
har bir so’zning bolalar hissiyotini uyg’otishi darajasida bo’lishiga erishishi zarur.
Ma`lumki, Sharq Uyg’onish davrida inson muammosi ma`naviyat
sohasidagi asosiy masala bo’lgan. Bu davrda yaratilgan ta`limiy- axloqiy qarashlar
asosi islom dinining umuminsoniy va o’ziga xos haq-huquqlariga, talab va
tamoyillariga borib taqaladi.
Farobiyning «Fozil odamlar shahri», A. Navoiyning «Mahbub- ul qulub»
(Ko’ngillarning sevgani), Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u- bilig» (Saodatga
eltuvchi yo’l), Kaykovusning «Qobusnoma» (Shamsul- maoliy Qobus- hukmdor,
shoir bo’lgan), Ahmad Yugnakiyning «Hiabbatul- haqoyiq» (Haqiqatlar sovg’asi),
Sa`diyning «Guliston», Jomiyning «Bahoriston» asarlari ta`limiy- didaktik asarlar
jumlasiga kiradi.
Mutafakkirlarning o’z ishlarida o’qitish va ta`lim- tarbiyaga e`tibori
natijasida, pedagogika va didaktika masalalariga qiziqish orta bordi. Aniq fanlarni
o’qitishining uslubi masalalariga, ayniqsa, e`tibor kuchaydi. Mutafakkirlar ta`lim-
tarbiyaga oid fikrlarda inson kamoloti muammosini baxt- saodatga erishish uchun
bog’lab talqin etdilar.
Masalan qomusiy bilimlar sohibi, buyuk mutafakkir A. Navoiy fan va
san`atning turli sohalari bilan birga ta`lim- tarbiyani takomillashtirishga ham katta
e`tibor bergan edi. U o’zining «Xamsa», «Mahbub-ul-qulub» kabi yirik ta`limiy-
110
axloqiy asarlari bo’lmish «Munojot», «Vaqfiya», «Majolisun nafois»,
«Muhokamatul- lug’atayn» kabilarda tarbiyaga oid o’z qarashlarini ifodaladi.
A. Navoiy o’zining badiiy asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ta`lim-
tarbiya to’g’risidagi fikrlarini ifodalagan bo’lsa, ta`limiy- axloqiy asarlarda esa
komil insonni shakllantirishning mazmuni, yo’llari, usullarini bayon etdi.
A. Navoiy ilmni inson kamoloti uchun eng zarur fazilatlardan deb biladi. U
o’zining «Ixlosiya» madrasasi yonida maktab ochib, o’z vaqfidan mablag’
ajratgan. Madrasada ta`lim olayotgan har bir talabadan ilmda qattiq intizomga
rioya qilish talab etilgan.
Buyuk alloma ilm olish tamoyillarini o’z davrida to’g’ri ifodalab hatto ta`lim
tizimini belgilab beradi: A. Navoiy maktab, madrasalarda o’qish, olim, hunarmand,
san`atkorlarga shogird tushib yoki mustaqil holda ilm olish imkoniyatlaridan
foydalanishni talab etadi.
A. Navoiy yoshlarga chuqur bilim berishda muallimu- mudarrislar hamda
ustozu- murabbiylarning o’zlari ham bilimli va tarlbiyali bo’lishi zarurligini
uqtiradi. U nodon, mutaassib, johil domlalarni tanqid etadi va o’qituvchi
ma`lumotli, o’qitish yo’llarini biladigan muallim bo’lishi zarur, deydi.
A. Navoiy «Mahbub-ul-qulub» asarida maktabdorlar haqida fikr yuritar
ekan, ularning o’ta qattiqo’l, johil va ta`magirliklarini qoralash bilan birga,
o’qituvchi mehnatining og’irligi, murabbiylik haqqini xolisona baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: