61
Sharoitga qarab nutq
turli xilda namoyon bo’ladi. U ba`zan istak-
tilak, ba`zan chaqiriq-murojaat, ba`zan esa inson quvonchi yoki ruhiy istirobi
shaklida ifodalanadi. Nutq ichki va tashqi ko’rinishlarga ega. Ichki nutq odamnnng
o’z ichida gapiradigan passiv nutqi bo’lib, u ikkinchi kishining ishtirokini talab
etmaydi. Shuning uchun ham bu nutq o’z ko’ziga qaratilgan nutq sanaladi va uni
nazorat qilib bo’lmaydi. Ichki nutq og’zaki va yozma nutqning asosi
sifatida xizmat qiladi.
Shuning uchun nutq madaniyatini ichki nutqini rivojlantirishga ham alohida
e`tibor berishga to’g’ri keladi. Tashqi nutq boshqalarga va nazorat qilish mumkin
bo’lgan faol nutq bo’lib, u og’zaki va yozma ko’rinishlarga ega. Og’zaki nutq
odatdagi tovushli so’zlashuv nutqi bo’lib, bu nutq ko’proq-ohang va turli imo-
ishoralar bilan aloqadordir. Og’zaki nutqda fikrni ixcham ifodalash maqsadida
to’liqsiz gaplar keng qo’llaniladi. Nutqning bu turi bir yoki bir necha kishi
tomonidan amalga oshiriladi va monologik, dialogik shaklda namoyon bo’ladi.
Monologik nutq-bir kishining boshqalarga qaratilgan nutqi hisoblanadi va hikoya
qilish, xabar berish, o’qiganni qayta so’zlab berish, o’zi savol berib, o’zi javob
berish shaklida namoyon bo’ladi. Dialogik nutq-ikki va undan ortiq kishi o’rtasida
amalga oshiriladi. Nutqning bu ko’rinishi o’ziga xos xususiyatlarga ega bu nutq
keng jumlalarni talab etmaydi. Shuning uchun dialognk nutq tarkibida to’liqsiz
gaplar juda ko’p bo’ladi. Bunday nutq nutq tarkibida so’roq va undov gaplar ham
uchraydi. Og’zaki dialogik nutqda so’z bilan ifodalash qiyin bo’lgan bir qator
vositalar: mimika, imo-ishoralar, ohang ham shunga kiradi. O’qituvchilarda shu
vositalarni tarbiyalash muhim vazifalardan biridir.
O’quvchilar tomonidan o’quv materialni to’g’ri yaxshi tushunib olish
jarayoni o’qituvchi nutqinnng mukammaliligiga bog’liqdir. Odatda o’quvchilar
muallimnnng so’zlasha olish mahorati, qobiliyatini qay darajada ekanligi tez
e`tibor beradilar. Muallim tomonidan ba`zn bir so’zlarni, tovushlarni noto’g’ri
talaffuz qilinsa o’quvchilar orasida kulgiga, mazax qilishga olib keladi.
Shuningdek, bir ohangdagi nutq o’quvchilarni zeriktiradi, aksincha ochiq ko’ngil
bilan o’gkazilgan suhbat davomida ko’tarinki ruhdagi nutq ohang, ya`ni katta
shavq-zavq bilan olib boriladigan bunday suxbat o’quvchilarga qalbakidek tuyular
va o’qituvchiga nisbatan ishonchsizlnk uyg’otadi.
Ba`zi birlar, so’z ham uning o’ziga xosligi ham insonga in`om etilgan deb
hisoblaydilar. Lekin zamonaviy fiziologik ilmiy tajriba, ovoz sifatini tubdan
o’zgartirishi mumknn ekanligini tasdiqlaydi. Bu fikrni tarixini misollar ham
tasdiqlashi mumkin. Masalan, qadimgi Gretsiyalik Demosfen o’zidagi ba`zi bir
nuqsonlarnn engib, o’sha davrning buyuk va`zxoni bo’lib etishgan. Bu borada biz
hikmatli so’zlarni misol qilsak bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: