Xulosa va takliflar
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar amaliyotidagi eng
murakkab muammolardan biri jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan daromad
solig’i bo’yicha imtiyozlari samaradorligini baholash muammosidir. Eng maqbul
soliqqa tortish tizimini ishlab chiqgan holda mamlakat iqtisodiyotining
rivojlanishiga ta’sir qilish, tadbirkorliknining taraqqiy etishiga yordam berish va
ijtimoiy muammolarni hal etib borish bozor munosabatlariga o’tish sharoitida
ham, undan keyin ham davlatning bosh maqsadi bo’lib qolaveradi.
Respublikamizda soliqqa tortish tizimi shakllanishiga juda ko’p vaqt
ketmagan bo’lsa ham, soliqqa tortish tizimimiz yil sayin yangilanib, takomillashib,
rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda butun dunyo mamlakatlarida davlatning aniq
amal qiluvchi soliqqa tortish tizimi mavjudligi uning yuksak darajada taraqqiy
etganligining belgisi hisoblanadi. Shuning uchun soliqqa tortish tizimini jahon
soliq amaliyoti darajasida shakllantirish va rivojlangan mamlakatlarning soliq
amaliyotidagi ilg’or tajribalaridan soliqqa tortish tizimimizda foydalanish bozor
munosabatlariga o’tish shart-sharoitiga moslashishda alohida ahamiyatga egadir.
Iqtisodiy islohatlar sharoitida soliqlar davlat byudjeti daromadlarini
shakllantirishning asosini tashkil etadi. Mavjud moliyaviy resurslardan oqilona
foydalanish, ularni to’g’ri yo’naltirish samaradorligini oshirish va ijtimoiy
iqtisodiy asosga tayanayotganligi juda muhimdir. Soliq byudjet siyosatining
yaxlitligiga erishish mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga,
samarali byudjet- soliq siyosatini yuritishga, aholi turmush darajasini yaxshilashga
xizmat qiladi.
Jismoniy shaxslar daromad soliqlari bo’yicha imtiyozlari samaradorligi tahlil
qilinganda asosiy soliqqa tortiladigan baza, ya’ni ish haqi nuqtai nazaridan mavjud
sharoit qoniqarli hisoblanadi. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo’yicha fiskal
siyosatning maqsadi, aholining o’rta va yuqori daromadli guruhlarini
ko’paytirishdan iborat bo’lishi lozim.
80
Soliq tizimini bozor tamoyillari asosida isloh qilish sharoitida iqtisodiy
taraqqiy etgan mamlakatlarning jismoniy shaxslarni daromadlarini soliqqa tortish
yuzasidan ilg’or tajribalarini o’rganish va samarali bo’lgan usullarini
iqtisodiyotimizning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tadbiq etish
bosh masala hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig’i O’zbekiston Respublikasi soliq tizmining bir bo’g’ini hisoblanib,
amalga oshirilayotgan soliq siyosati mamlakatning makroiqtisodiy va
mikroiqtisodiy ko’rsatkichlariga sezilarli tarzda ta’sir etadi.
Bitiruv malakaviy ishimizning yakunida jismoniy shaxslar daromadidan
olinadigan daromad solig’i bo’yicha imtiyozlari samaradorligini va uni baholash
masalalari o’rganlilib olingan
Do'stlaringiz bilan baham: |