A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/429
Sana01.01.2022
Hajmi6,54 Mb.
#294616
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   429
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

‘rnatilgach, 
o'zbek  tilining  va  madaniyatining  taraqqiy  etishi  uchun
k a t t a  
imkoniyatlar yaratildi.
Bizning  tilimizdagi  yozma  m anbalar  faqat  hozirgi  Respublikamiz 
h u d u d i 
bilan  chegaralanib  qolmay,  balki  Alisher  Navoiy  iborasi  bilan 
avtilsa  Xitoydin to Xurosongacha, hatto  Idil (Volga) daryosi bo'ylarigacha 
bo'lgan  joylarda  o'zbek  tili  tushunilgan,  yozma  m anbalar,  madaniy
obidalari  yaratilgan.
Birgina  xarakterli  misol.  Buyuk  Bobunylaming  oltinchisi  Avrangzeb 
Olamgir  (1 6 5 7 -1 7 0 6 )  o 'z in in g   Rus  podshohiga  jo 'n a tg a n   rasmiy 
maktubini  o ‘zbek  tilida  bitgan  va  bu  m uhim   hujjat  asli  m atni  rus 
solnomalarida  saqlanib  qolgan.
XIII asrda Qul Ali tomonidan o‘zbek tilida “Yusufva Zulayho” dostoni 
Oitin  0 ‘rdada  bitilgan.  O'zbek  tilidagi,  birinchi  aruz  risolasi  XV  asr 
o'rtalarida  Misrda  yaratilgan.
Mo‘g‘ul hokimlar huzurida bahshi -  kotiblaming bo'lganligi va nihoyat
XIV asr oxiriga borib “Tem ur tuzuklari” ning yuzaga kelishi turkiy-o'zbek 
tilining  taraqqiyoti  uchun  katta  xizmat  qildi.  Nosiriddin  Rabg'uziyning 
“Qisas  ul-anbiyo”  asarining  yaratilishi,  “Tarixi  Tabariy” ,  Sharafuddin 
Ali  Yazdiyning  “ Zafam om a” ,  M uhammad  Mirxondning  “ Ravzat  us- 
safo” kabi yirik asarlaming o'zbek tiliga o'girilishi,  Durbek, Sayid Qosimiy, 
Lutfiy, Alisher Navoiy,  Hofiz Xorazmiy kabi  shoirlar ijodi o'zbek tilining 
jahonda  taraqqiy  etgan  adabiy  va  ilmiy  til  ekanligini  ko'rsatdi.
Alisher  Navoiy  yirik  badiiy  asarlari  “ Xamsa”  va  “ Lison  ut-tayr” 
dostonlari,  “ Xazoyin ul-maoniy”  nomli to'rt devonlari qatorida yaratilgan 
nasriy  tarixiy  asarlari,  xususan  tarixga  oid  “Tarixi  anbiyo  va  hukam o”, 
’’Tarixi  muluki Ajam”,  “ Xamsat  ul-mutaxayyirin”,  ’’Holoti Sayyid  Hasan 
Ardasher” ,  ’’Holoti  Pahlavon  M uham m ad” ,  ’’Vaqfiya”,  “ Mahbub  ul- 
qulub”,  ’’Majolis  un-nafois”,  ’’Nasoyim  ul-m uhabbat” ,  “ M unshaot” 
asarlari  -  juda katta tarixiy ahamiyatga  molik manbalarning yaratilganligi 
keyingi  davrlarda  o'zbek  tilining  rivojiga  ulkan  hissa  bo'lib  qo'shildi.
Zahiriddin  Muhammad  Boburning  “Vaqoyi” ’  (“ Boburnoma” ,  1530) 
asarining  yaratilishi jahonshumul  ahamiyatga  molik  manba  sifatida  ijod 
etilganligini  ko'rsatadi.  Chunki,  bu  obida  to'rt  marta  fors  tiliga,  to'rt 
marta  ingliz  tiliga  to'la  taijima  qilinib,  birgana  forsiy  qo'lyozm alam ing 
juda  ко p  tarqalganligi,  o 'n   uch  qo'lyozmaga  ko'plab  mo'jaz  rasnilar 
i  an  ziynatlanganligi,  asl  matnning  sakkiz  marta  chop  etilishi,  o'ndan 
Zl^ Ai  'H ^ ^ ch a 
4
i*qa  nashrlar yuqoridagi  fikr  isboti  uchun  kifoyadir. 
isher Navoiyning “ Majolis un-nafois”  tazkirasi  ham  XVI  asrda  uch
47


marta  fors  tiliga  taijim a  qilingan.  Yana  Muhammad  Solih,  Abulg'oziy 
Bahodirxon,  Munis, Ogahiy,  Bayoniy,  Hakimxon To'ra va boshqalaming 
tarixiy  asarlari juda  muhim  va  qimmatli  manbalardir.
Ayniqsa,  XIX  asrda  Xorazmda  va  Sharqiy  Turkistonda  o'zbek 
tilig a 
katta  e ’tibor tufayli  ko'plab  tarixiy,  diniy  va  badiiy  asarlar  forsiy,  arabiy 
tillaridan  taijima  qilindi,  yangi  asarlar yaratilishiga  imkon  yaratildi.
Umuman,  XX asr birinchi choragigacha o'zbek tillarida qator tarixiy 
manbalar yaratilgan edi.  Bu davigacha bitilgan bizning tilimizdagi obidalar 
arab  alifbosi  asosidagi  yozuvlarda  bitilgan  edi.
1929-yili  lotin  alifbosiga  o'tildi.
1940-yili  rus-kirill  alifbosi  kiritildi.
Mustaqilligimiz bizga yana lotin alifbosini  qayta tikladi. Albatta,  lotin 
alifbosi  rus-kirill  alifbosiga  nisbatan  ko'plab  turkiy  xalqlar  uchun  qabul 
qilinganligi  bilan  qator  afzallikka  ega.  Lekin,  deyarli  XIII  yoki  XII  asr 
davomida  yaratilgan  manbalar taqdiri  nima  bo'ladi?  degan  savol  kishini 
o'ylantiradi.  Bo'lg'usi tarixchilaiga  fors, arab tili asoslarining o'igatilishi, 
arab  yozuvidagi  manbalardan  foydalanish  malakasini  hosil  qilish  qay 
darajada?
O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  LA.Karimovning  tarixga  e ’tibori 
va xalqimiz boy madaniyatini o'rganishga, qadrlashga intilishi kishida umid 
va kelajakka ishonch uyg'otadi.  Darhaqiqat, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q”.
Ushbu darslikda o'zbek tilida bitilgan hamma manbalarni qamrab olish 
mumkin  emas,  shuning  uchun  eng  muhim  va  yirik  yozma  manbalaming 
xarakterli  xususiyatlami  bayon  etamiz,  xolos.  Umid  qilamizki,  bu  yerda 
olgan  bilimlarini  talabalar  o'zlari  mustaqil  ravishda  kengaytirib,  yanada 
chuqurlashtiradilar.  Chunki,  manbalar barcha  bilim  asosidir.

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   429




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish