2. Arxidam urushi va mustahkam bo`lmagan yarashuv
Eramizdan avvalgi 431-yilning bahoriga kelib tomonlar tayyorgarlikni tugatishdi
20
. Urush
harakatlari fivanliklarning Afinaga ittifoqdosh bo`lgan beotiylar shahri Plateyaga kutilmagan
hujumi bilan boshlandi, lekin fivanliklar otryadi tor-mor etildi. Asirga olingan jangchilar qatl
etildi. Ular orasida ko`zg ko`ringan fivanlik aristokratlar ham bor edi. Javob tariqasida katta
Peloponnes qo`shinlari yoz oyi boshida Attika hududiga kirib bordi. Pelloponnesliklarga
15
Война Афин со Спартой. Fraktal-vortex.narod.ru sayti.
16
The history of the Peloponnesian war. Classics.mit.edu sayti.
17
Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,200.
18
Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,200.
19
Фукидид. История
(ПОД РЕДАКЦИЕЙ Э.Д.ФРОЛОВА)
. -
Санкт-петербург: Наука, 1999. – ст.138.
20
The Peloponnesian war. Internetwars.ru sayti.
- 7 -
spartalik hukmdor Arxidam qo`mondonlik qildi. Shuning uchun ham Peloponnes urushlarining
butun birinchi davrini,ya`ni mil.avv.421 yilgacha, Arxidam urushi deb atashadi
21
.
Dushmanlarning hujumi qishloq aholisini shaharga ko`chib, uning devorlaridan panoh topishga
majbur qildi. Afinada ko`p sonli odam to`planib qoldi. Ularning bir qismi qarindoshlari va
do`stlarinikidan qo`nim topishgan bo`lsa, qolgan katta qismi jamoat binolari, ibodatxonalar va
baraklardan boshpana topishga majbur edi. Dehqonlar afina shaharlari devorlaridan dushman
qanday qilib ularning dalalari va uylarini vayron qilayotganini ko`rib turishardi. Olomon ichida
shovqin ko`tarildi – ko`pchilik dushmanga qarshi munosib javob berishni talab qilardi. Ammo
Perikl dushmanning ustun qo`shinlari bilan ochiqdan-ochiq jangga kirish tavakkal ekanini anglab
turardi va shuning uchun yurtdoshlarini bunday to`qnashuvdan saqlab qolishni epladi. Attikaning
shimoliy qismini bo`m-bo`sh qilgach Arxidam tezda o`z qo`shinini Peloponnesga qaytarib olib
ketdi, afinaliklar esa jonli kuchlarini saqlab qolishdi. Bu orada Afinaning floti Peloponnes atrofi
bo`ylab tekshiruv, reyd, o`tkazib ulgurgandi. Afinaliklar qirg`oqbo`yi hududlarini bo`shatib,
ularni o`zlarining Kefalleniy orollari itiifoqiga birlashtirishardi hamda ular Korinfning bir
koloniyasini ham qo`lga kiritishdi. Undan tashqari, afinaliklar ikkita qashatqich operatsiyani
amalga oshirishdi: Eginadan spartaliklarni qo`llab-quvvatlagani uchun mahalliy aholi quvg`in
qilindi va ularda Afina koloniyalari joylashtirildi, yil oxiriga borib esa Megaridaga yurish qilindi.
Eramizdan avvalgi 430-yilda peloponnesliklar Attikaga takror yurish qildi; busafar Arxidam
ancha ichkariga kirib bordi va mamlakatda deyarli bir yarim oy qoldi
22
. Dushmanlar yana
ekinlarni yo`q qilib Afina dehqonlarining uylarini yoqib yuborishardi. Qishloq xo`jaligi
hududlarining vayron etilishi afinalilar uchun og`ir zarba bo`ldi, ammo undan ham yomoni
shundaki, Pirey bandargohi, undan keyin esa Afinaning o`zida ham qadim odamlari “chuma”
deb nomlagan epidemiya, hoynahoy bu vabo, tarqaldi. Aytishardiki, uni dushman atayin olib
kelgan deb, biroq ehtimol, u savdo kemalari orqali epidemiya tarqalgan Misr yoki Old Osiyodan
kirib kelgan
23
. Uncha katta hududga ega bo`lmagan va oddiy gigiena shart-sharoitlari mavjud
bo`lmagan bu shaharda 200minggacha odam to`plangan edi–epidemiya aql bovar qilmas
darajada tez tarqalib borardi. Fukididning guvihlik berishicha, jang salohiyatiga ega bo`lgan
armiyaning to`rtdan bir qismi halok bo`ldi. Bundan tashqari Afina xalqning ma`naviy ahvoli
og`irlashib, ishonchsizlik kayfiyati avj olib borardi. To`g`ri, epidemiyaning o`z qo`shinida ham
tarqalishidan qo`rqib Arxidam Attikani tozaladi. O`sha vaqtning o`zidayoq Perikl floti bilan
Peloponnes atrofida yana reyd o`tkazdi, biroq shimoliy va sharqiy sohildagi bir nechta
punktlarning vayron etilishidan boshqa natijaga erishilmadi. Keyin flot va qo`shin Xalkidika
qirg`oqlariga yo`naltirildi, lekin bu yerda afinaliklarning harakatlari epidemiya tufayli mutlaq
cheklangan edi. Kasallik yangi qo`shilgan jangchilarning uchdan birini nobud qildi va mil.avv.
432-yildan beri Potideyani qamal qilib kelayotgan Afina qo`shinlariga o`tdi
24
. Bu hamma
muvaffaqiyatsizliklar natijasida Perikl siyosiy quladi. Eramizdan avvalgi 430-yilning yozida
navbatdagi mehnat yili uchun strateglar tanlash saylovida oxirgi 15 yil ichida birinchi bo`lib u
Afinadagi eng muhim bu lavozimga saylanmadi. Muxolofat darhol Periklga qarshi sud
jarayonini boshlab yubordi: u jamoat pullarini sovurib yuborishda ayblanib 50 talantlik katta
jarimaga tortildi
25
. Ammo Perklning chetlatilishi Afinada siyosiy oqimning o`zgarishiga olib
bormadi. Sparta bilan muzokaralar olib boorish haqidagi taklif va urunishlar tez orada qoldirildi:
ikkala tomon ham yon bosishni xohlamasdi, urush davom etdi. Mil.avv.430/29-yilning qishida
afinaliklar holati biroz yaxshilandi: ular nihoyat Potideyani qo`lga kiritishdi; Afina floti Korinf
ko`rfaziga kirib borib, Korinfni qamal qila boshladi
26
. Afinada siyosiy vaziyat biroz yengilladi.
Perikldan ayblari olib tashlanib, u yana strateg etib tanlandi. Lekin bu mashhur afinalik
siyosatchining so`nggi zafari edi: mil.avv. 429-yilning kuzida uning o`zi shafqatsiz kasallikning
21
Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,203.
22
Война Афин со Спартой. Fraktal-vortex.narod.ru sayti.
23
Фукидид. История
(ПОД РЕДАКЦИЕЙ Э.Д.ФРОЛОВА)
. -
Санкт-петербург: Наука, 1999. – ст.132.
24
Золотой век Древней Греции и Пелопоннесскаявойна. Хreferat.ru sayti.
25
Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,200.
26
The Peloponnesian war. Internetwars.ru sayti.
- 8 -
qurboni bo`ldi. Periklning o`limi Afinada o`ziga xos siyosiy vakuumga olib keldi. Unga
arziydigan davomchi topilmadi. Xalq yig`inida Kleon ancha ko`zga ko`ringan edi, lekin u
shunchaki demagog(balandparvoz so`zlar, va`dalar bilangina cheklanadigan siyosiy arbob) edi;
harbiy ishlarga esa Perikl davrasidan bo`lgan Nikiy ismli aslzoda, Perikl rejasining harbiy
tomonini har holda chidasa bo`ladigan darajada olib bora oladigan, lekin unga siyosiy tus bera
olmaydigan oddiy strateg boshchilik qilardi. Tashabbuskor sardorning yo`qligi darrov sezildi:
mil.avv.429-yilda afinaliklar bironta ham faol operatsiya amalga oshirishmadi
27
. Ammo
dushman tomon tetik harakat qilardi: peloponnesliklar Plateyani qamal qilishni boshlab g`arb
tomonga ikkita hujum uyushtirishdi: quruqlikda – Akarnaniyaga qarshi, dengizda esa –
Navpaktdagi Afina flotiga qarshi. To`g`ri, ikkala harakat ham omadsizlik bilan tugadi, biroq
peloponnesliklarning dengizda ancha faol ekanligi namoyon bo`ldi. Mil.avv.428-yil afinaliklar
uchun og`ir sinovlar yili bo`ldi. Spartaliklar yana Attikaga hujum qilishdi va deyarli darhol shu
voqeadan keyin muhim orol Lesbosda qo`zg`olon ko`tarildi. Bu orolning ajralib chiqishi
Afinaning Egey dengizining shimoli-sharqiy qismida hukmronligini xavf ostida qoldirardi. U
yerdagi suv havzalari o`ta muhim bo`lib ularning qo`ldan ketishi boshqa ittifoqdoshlar uchun
yomon namuna bo`lishi mumkin edi. Afinaliklar bosh ko`targan asosiy shahar Mitilenani qamal
qilishni boshlashdi. Eramizdan avvalgi 427-yilning bahorida Mitilenada ocharchilik boshlandi va
mitilenalik hukmdurlarning afinaliklar oldida urush harakatlarini to`xtatishga majbur qilgan quyi
qatlam harakatlari avj oldi
28
. Sparta Afinaga hujum qilish uchun qulay vazuyatni qo`ldan boy
berdi. Afina xalq yig`inida bosh ko`targan lesbosliklarni qanday qilib jazolash haqida
muhokamalar ketardi. Zero ularning taqdiri boshqa ittifoqchilar uchun dars bo`lishi ko`zda
tutilgan edi. Savdo-hunarmandchilik vakillari va shahar demosining manfaatlarini ifodalagan
holda Kleonning partiyasi urushni davom ettirishni va ittifoqchilar bilan munosabatlarni
susaytirmaslikni talab qilardi. Kleon hamma katta erkaklarni qatl qilish, ayollar va bolalarni
qullikka sotib yuborish hamda qolgan yerlarni afinalik kolonistlarga bo`lib berish taklifi bilan
chiqdi. Bu taklifga Nikiy bosh bo`lgan boshqa guruh qarshilik bildirdi. Uning guruhi iloji
boricha tez urushni tugatish va hech qanday zo`rlik ishlatmaslikning tarafdori edi. Ularning sa`y-
harakatlari bilan mag`lub bo`lganlar qismati biroz yumshatildi: Lesbos shaharlari (sodiq bo`lib
qolgan Metimnadan tashqari) o`z avtonomiyasi (mustaqilligi) va flotidan mahrum qilindi, qatl
hukmi faqatgina qo`zg`olonning eng faol ming nafar ishtirokchilariga berildi. Lesbos yerlarining
sezilarli qismi esa 2700 ta afina kolonistlariga bo`lib berildi.
29
Lesbosdagi qo`zg`olonni bostirish
afinaliklardan katta kuch talab qildi va boshqa ishlar e`tiborsiz qoldirildi. Dushman qamalida
qolgan Plateya o`z taqdiriga tashlab qo`yildi. Oxir oqibatda shaharning taslim bo`lishiga to`g`ri
keldi (eramizdan avvalgi 427-yilning yozida, Mitilenaning qulashidan keyinoq); u yerda ham
qatllar boshlandi. Taxminan Lesbosdagi qo`zg`olon bilan bir paytda Kerkirada ham yetarlicha
og`ir ahvolga kelib qolgan Afina ittifoqidan chiqishga urunishlar bo`ldi. Mulkdor guruhlar
tashabbusi bilan qilingan bu urinishlardan xalqning qahri keldi va orolda fuqarolar urushi
boshlanib ketdi. Unda – asosan demokratlar tomonida turib – qullar ham ishtirok etishdi. Afina
eskadralarining yetib kelishi demokratlar g`alabasini ta`minladi va Afina bilan ittifoq tasdiqlandi.
Kerkira demokratlari dushmanlariga qirg`in uyushtirishdi. “7 kun davomida, – deb yozadi
qadimgi tarixchi,–kerkiraliklar o`z fuqarolar qatorida dushman bo`lib ko`ringan hammani
demokratiya hokimiyatdan chetlashtirishda ayblab o`ldirishardi; lekin birov shaxsiy adovat
qurboni bo`lardi, boshqalar esa qarzdorlari tomonidan o`ldirilardi. O`lim har ko`rinishda hukm
surardi, bunday davrlarda odatda sodir bo`ladigan hamma narsa bo`lardi, hatto undan ham
ziyoda: ota o`g`lini o`ldirardi, duojo`ylar muqaddas joylardan mahrum qilinib o`sha joylarning
o`zida ham o`ldirib yuborilardi; ba`zilarni Dionis ibodatxonasiga qamab ustidan g`isht terib
tashlashgan, ular o`sha yerda o`lim topganlar”.
30
Lesbos va Kerkira bo`lgan voqealar Afina
himoyasining kuchsiz tomonini ko`rsatib qo`ydi–separatchilik harakatlari va davlat qulashining
27
Хронология войн – Пелопоннесские войни. Skazania.ru sayti.
28
Фукидид. История
(ПОД РЕДАКЦИЕЙ Э.Д.ФРОЛОВА)
. -
Санкт-петербург: Наука, 1999. – ст.138.
29
То произведение… - ст.141.
30
Фукидид. История
(ПОД РЕДАКЦИЕЙ Э.Д.ФРОЛОВА)
. -
Санкт-петербург: Наука, 1999. – ст.156.
- 9 -
ehtimoli bor edi. Afinaliklar eng avvalo o`z manfaatlari yo`lida olib borgan urush
ittifoqchilarning noroziligini keltirib chiqardi, xolos. Bu bilan birga Afinaga bilan munosabat
ittifoqdosh shaharlarda noroziliklarni keltirib chiqardi: asosiy moliyaviy og`irlik bo`yinlariga
tushgan mulkdor guruhlarda borgan sari afinaliklarga qarshi kayfiyat kuchayib ketayotgan edi;
xalq esa odatdagidek Afina bilan ittifoqni saqlab qolish tarafdori edi. Natijada Peloponnes
urushlari xususiy jangovar to`qnashuvdan ko`ra ko`proq butun-grek ijtimoiy-siyosiy nizosiga
aylanib borar edi. Bu orada Afina uchun Kerkira ustidan nazoratni saqlash juda muhim edi. Zero,
ayni shu vaqtda g`arbiy frontning ahamiyati oshdi. Shuningdek Sitsiliyada bir guruh polislar
Sirakuza boshchiligidaboshqa shaharlar, asosiy tarkibi uncha katta bo`lmagan ioniy shaharlari
Leontina, Katan, Naksos, Regiyga qarshi ichki urush boshladilar. Keying shaharlarga ancha
qiyin bo`ldi – ulardan ikkitasi Leontin va Regiy Afina bilan ittifoqdosh edi. Agar afinaliklar
g`arbda o`z ta`sirini saqlab qolishni xohlashsa, darhol jangga aralashishlari kerak edi. Shunday
bo`ldi ham eramizdan avvalgi 427-yilning kuzida strateg Laxet 20ta kema bilan Sitsiliyaga suzib
ketdi. U ulkan ulkan zafarlar quchdi. Shu tariqa Messapa afinaliklar tomoniga o`tdi. Eramizdan
avvalgi 426-yil muvafaqqiyatdan ruhlangan afinaliklar Spartaliklarning muzokaralar boshlashga
urinishini rad etganlaridan so`ng 425-yilda spartaliklar 5-marta Attikaga hujum qilishdi
31
. Bu
orada afinaliklar sitsiliyaga 40ta kemadan iborat yangi eskadrani yuborishdi.Ekspeditsiyaga bosh
etib mohir strateg Demosfen bu kuchlardan Peloponnesdagi vaziyatni izdan chiqarishda
foydalanish topshirig`i bilan tayinlangan edi
32
. Dushmanga sezdirmasdan u Messeniyaning
g`arbiy sohilidagi Pilos bandargohiga tushdi va u yerda uncha katta bo`lmagan otryad bilan qolib
himoya qo`rg`oni qura boshladi. Afinaliklarning Messeniyaga –doimo ilotlarning bosh
ko`tarishiga tayyor bo`lgan mamalakatga– o`rnashib olishi xabari saprtaliklarni Attikaga
yurishini darrov to`xtatishg majbur etdi. Pilosga ancha piyoda va dengiz kuchlari yo`naltirildi.
Demosfenni tashqi dunyodan uzib qo`yish maqsadida spartaliklar Pilos bandargohiga yo`lni
to`sib qo`yadigan Sfakteriya orollarini garnizon bilan egallashadi. Ammo keyin Sitsiliyaga
yuborilgan Afina floti yetib keldi, Peloponnes eskadrasini yakson qildi va spartaliklarning
Sfakteriyadagi garnizonini qamalga oldi. Spartaliklar tinchlik muzokaralarini olib borishni taklif
qilishdi. Nikiyning guruhi, aftidan, bu taklifni qabil qilishga moyil edi, lekin Kleonning partiyasi
rozilik berish haqida hatto o`ylamasdi. Bahslar avjga chiqqan paytda Kleon shuni bildirdiki,
Pilosdagi jang dadil olib borilganda edi, Sfakteriyani 20 kundayoq olsa bo`lardi.
33
Nikiy istehzo
aralash to`laqonli fuqaro bo`lgan raqibiga opertsiyani u holda uning o`zi olib borishini taklif
qildi. Gapidan tutilgan Kleon buni rad etishni o`ylab ham o`tirmadi. Kleonning jasoratini ham
tan olish kerak: Pilosga madad kuchlari bilan borib u Demosfen bilan Sfakteriya ustiga qo`shin
tortdi hamda spartaliklarni taslim bo`lishga majbur etdi. Afina Pilosdagi g`alabasining natijasi
ulkan edi. Afinaliklar qo`liga ko`pgina nomdor spartaliklar tushib qolishdi va ular Spartaga agar
ular Attikaga qayta hujum qilishsa asirlarni qatl qilishlarini aytishdi. Afinaliklar endilikda
Messeniyada mustahkam o`rnashib olishgandi va ularning u yerdaligi Spartaliklar harakatlarini
cheklab qo`ydi. Afinaning o`z davlatida vazni yuqori darajada oshdi va bundan foydalanib Kleon
muhim moliyaviy islohot o`tkazish kerak deb turib oldi: eramizdan avvalgi 425/24-yilning
qishida ittifoq to`lovi hisobi qattiq ko`rib chiqildi; alohida shaharlar uchun to`lovlar salkam ikki
barobar oshirildi
34
. Afinaliklar shafqatsiz urush olib borish uchun qo`shimcha manbalarni qo`lga
kiritishdi. Kampaniya eramizdan avvalgi 424-yili afinaliklarning yangi hujumi bilan boshlandi:
Nikiy Lakon sohillari yaqinida joylashgan Kifer orollarini qo`lga kiritdi, boshqa strateglar esa
Megaralik demokratlar bilan til biriktirib Megaraning bandargohi Piseyani qo`lga kiritishadi
35
.
Bu Afina zafarlarining eng yuqori nuqtasi edi, biroq g`alaba sharobidan mast bo`lgan
Megaradagi afinaliklar shunday natijaga yana Beotiyada ham erishmoqchi bo`ladilar. Afina
qo`shinlari Beotiyaga ikki tomondan hujum uyushtirishni reja qilishgan edi, bu bilan bir vaqtda
31
Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,205.
32
Фукидид. История
(ПОД РЕДАКЦИЕЙ Э.Д.ФРОЛОВА)
. -
Санкт-петербург: Наука, 1999. – ст.165.
33
То произведение… - ст.185.
34
Хронология войн – Пелопоннесские войни. Skazania.ru sayti.
35
The Peloponnesian war. Internetwars.ru sayti.
- 10 -
ularning Beotiyalik tarafdorlari mamlakat ichkarisidan hujum qilishlari kerak edi. Ammo chuqur
o`ylangan operatsiya barbod bo`ldi: Beotiya hukumati demokratlardan ilgarilab ketishdi, ya`ni
ularni to`xtatib qolishdi, Afinaning ikki armiyasidan biri katta talofot bilan qaytarib yuboriladi,
narigisi esa joyida tor-mor etiladi. O`sha vaqtni o`zidayoq afinaliklar uchun noxush bo`lib
shimoldagi vaziyat keskinlashdi. Yosh spartalik qo`mondon Brasid ajoyib g`oyani ilgari surdi–
Frakiyada yangi front ochish, Afinadan norozi ittifoqchilarni o`z tomoniga og`dirib shu yo`l
bilan Afinaga markaziga qaqshatqich zarba berish
36
. Sparta hukumatining roziligi bilan Brasid
ilotlar va yollanma jangchilardan tuzilgan uncha katta bo`lmagan otryad tuzib, jasorat bilan
butun Gratsiya ichidan o`tib Xalkikka yetib keldi. Makedoniyalik hukmdor Perdikka darhol
Sparta tomonga o`tdi
37
. Afina ittifoqchilari orasida esa notinchlik paydo bo`layotgan edi.
Frakiyaning ichkarirog`iga kirib borar ekan Brasid Afinaning shimoldagi hukmronligining
poydevori bo`lgan Amfipol shahrini qo`lga kiritdi. Bo`lg`usi tarixchi, o`sha paytda esa afinalik
strateg Fukidid Amfipolning Spartaga o`tishining oldini ololmaydi va buning uchun Afinadan
quvg`in qilinadi
38
. Afinaliklarning Beotiya va Frakiyadagi mag`lubiyatlariga yana bittasi
qo`shildi: afinaliklarning faolligidan qo`rqqan Sitsiliyadagi grek shaharlari ichki urushlarni
to`xtatish haqida kelishib olishdi va Afina floti oldiga kelgan joyiga qaytib ketish shartini
ko`ndalang qo`ydi. Bu ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar harbiy partiyaning obro`sini
zayiflashtirib qo`ydi. Sparta bilan yana muzokaralar boshlandi va yillik tinchlik haqida xulosa
kelishdi. Yil tugashi bilan Kleon urush harakatlarini qayta tiklash kerak deb turib oldi. Uning
o`zi shimolga yurishga boshchilik qildi va qisqa muddat ichida boy berilgan punktlar ustidan
Afina nazoratini qaytardi. Lekin Amfipolga ketishda Kleonni Brasid qarshi oldi va Kleon
mag`lub bo`ldi. Afina mag`lubiyatga uchradi Kleonning o`zi esa jangda halok bo`ldi.
Spartaliklar kam talofot ko`rishdi, lekin nobud bo`lganlar ichida Brasidning o`zi ham bor edi
(422-yil)
39
. Jang qilayotgan ikkala tomonning sardorlarining bir vaqtdagi o`limi yana tinchlik
muzokaralari uchun yo`l ochildi. Ikki tomon ham 10yillik urush davomida bir-birini yengish
mumkin emasligiga ishonch hosil qildi. Afinada moliyaviy va odam resurslari sarflanib bo`lgan
edi. So`nggi mag`lubiyatlar dengiz qo`shinlarini ancha kuchsizlantirib g`alabaga bo`lgan
ishonchni so`ndirdi. Sparta o`zining asirdagi fuqarolaridan xavotirda edi. Undan tashqari, u bilan
uning Peloponnes ittifoqchilari–demokratik Mantineya va Elida– o`rtasida tushunmovchilik
paydo bo`ldi. Nihoyat, Peloponnes davlati bo`lgan Argos bilan bo`lgan 30-yillik tinchlik
sulhining muddati oxirlab qolgan edi va Sparta urushga tayyorlanishi kerak edi. Bunday
sharoitlarda Sparta va Afina tez orada tinchlikka erishdi (eramizdan avvalgi 421-yil bahorda).
Tomonlar urushdan avval bo`lgan vaziyatga qaytishlari kerak edi: afinaliklar Pilos va Kiferani
qaytarib berishlari kerak edi, spartaliklar–Amfipolni. Afinadan ajralib chiqqan Xalkidik
shaharlari o`z mustaqilligini saqlab qoldilar, ammo afinaliklarga dastlab belgilangan hisobda
o`lpon to`lab turishlari kerak. Barcha asirlar kelishilgan holda almashildi. Bu tinchlik tantanali
ravishda 50 yilga qabul qilindi; uning afinalik tashabbuskori Nikiy sharafiga uni odatda Nikiy
tinchligi deb ataladi
40
.
Tinchlik sulhining tuzilishi oddiy xalq tomonidan shodlik bilan qabul qilindi. O`sha
paytda Afinadagi kayfiyatning guvohi muzokaralar oxirlab qolganda namoyish etilgan
Aristofanning “Tinchlik” komidiyasi bo`lishi mumkin. Unda asosan Attika dehqonlarining
tuyg`ulari ifoda etilgan. Ammo hukumat qarama-qarshiliklari saqlanib qolgan edi: Nikiy
tinchligi ularni bartaraf etolmagan edi, aslida uning o`zi ham tomonlarning vaqtincha urush
qilish imkoniyatlari qolmaganligi tufayli vujudga kelgan. Eramizdan avvalgi 421-yilda tuzilgan
kelishuv unchalik mustahkam bo`lmagan yarashuv edi. Sulhni tuzgan ikki davlat uning
shartlarini rostakamiga bajarish haqida jiddiy o`ylamagandilar ham: Sparta Amfipolning Afinaga
qaytarib berilishini ta’minlamadi(ular shunchaki o`z qo`shinlarini shaharda olib chiqib ketdilar,
36
Фукидид. История
(ПОД РЕДАКЦИЕЙ Э.Д.ФРОЛОВА)
. -
Санкт-петербург: Наука, 1999. – ст.203.
37
То произведение… - ст.204.
38
То произведение… - ст.213.
39
То произведение… - ст.230.
40
Фукидид. История
(ПОД РЕДАКЦИЕЙ Э.Д.ФРОЛОВА)
. -
Санкт-петербург: Наука, 1999. – ст.234.
- 11 -
biroq shahar mustaqilligini ssaqlab qolgan edi), afinaliklar ham o`z o`rnida Pilos va Kiferani
qaytarishga shoshilmadilar.Na Potideya va Kerkira Afina qo`li ostida qolib ketganiga sira
ko`nikolmagan Korinf, na Xalkidik shaharlari Nikiy tinchlik sulhini tan olmadilar. Bu uning
huquqiy majburiyatlarini shubha ostiga qo`yardi. Tinchlikka erishilgandan keying davr Sparta va
uning ittifoqchilari o`rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi bilan belgilanadi. Oshib
borayotgan siyosiy izolyatsiyani Sparta o`zi do`stlik va hamkorlik shartnomasini tuzgan Afina
bilan soxta yaqinlashish yordamida yengib yubormoqchi bo`ldi. Biroq bu aksincha Peloponnes
ligasida spartaliklarga qarshi koalitsiya shakllanishiga sabab bo`ldi: Elida, Mantineya, Korinf,
Xalkidik shaharlari Spartadan chiqib uning doimiy dushmani Argos bilan ittifoqqa kirdi.
O`shanda Spartada, nihoyat, ular ketayotgan yo`l halokatga olib borishini anglab yetdilar va
eramizdan avvalgi 420-yildayoq Beotiya bilan ittifoq qayta tiklandi
41
. Bu orada Afinada ham
tinchlik tarfdor partiyaning xursandchiligi uzoqqa cho`zilmadi. Kleon mansub bo`lgan badavlat
savdogar va hunarmandlarga tegishli bo`lgan guruh Giperbol ishtirokida yana o`ziga kerakli
sardor topib oldi. Tez orada bu partiyaga Alkiviad ham qo`shildi. Periklning jiyani bo`lgan bu
aristocrat yangicha qarashlar odami edi. U fuqaroviy normalar haqida hamda kuchli shaxsning
mulk va hokimiyatga egalik qilish huquqi haqida to`la tasavvurga ega edi. Alkiviad Suqrotning
shogirdi edi. Buyuk faylasuf-dialektik borliq haqidagi bahslarni rad etib, o`z shogidlarini
ezgulikka o`rgatardi: nafsni yengish, xavflarni bartaraf etish hamda ilohiy va insoniy qonunlarga
rioya qilish. Suqrot maktabida Alkiviad dialektikadan o`z manfaatlari yo`lida foydalanib
bahslarda g`olib bo`lish san`atinigina o`rgandi. Bu odamni mashhurlik va qudratga intilish
xohishi boshqarardi. Eramizdan avvalgi 420-yilda Alkiviad birinchi bo`lib strateg etib tayinlandi
va o`shandan boshlab o`z davlatining siyosatiga ta’sir ko`rsatib, uni urush tomon
yaqinlashtirardi
42
. Afinada urush kayfiyatining qaytishidan uning eramizdan avvalgi 420-yilda
Argos, Mantineya va Elida bilan ittifoqqa kirishi guvohlik beradi. Natijada Korinf Spartaga
qarshi koalitsiyadan chiqib, u bilan yaqinlashib oldi. Eramizdan avvalgi 419-yilda Afina va
Argos Epidavrga qarshi urush harakatlarini boshlab yubordi
43
. Epidavrga spartaliklar yordamga
kelishdi, eramizdan avvalgi 418-yilda esa ishlar Sparta va Afina yordam berayotgan o`sha
Peloponnes koalitsiyasi o`rtasida ochiq urush bo`lishigacha yetib bordi. Nikiyning noto`g`ri
harakatlari va qaror qabul qila olmaslik qobiliyati tufayli Afina yomon ahvolda edi. Sparta
Mantineya yaqinidagi jangda dushmanlarini yer bilan bitta qildi vabutun Peloponnesda o`z
gegemonligini o`rnatdi. Bu Afinada siyosiy inqirozga olib keldi: Giperbolning tashabbusiga
ko`ra demokratiya siyosiy arboblarni ostrasizmga (qadimgi Gretsiyada sodiq bo`lmagan
fuqarolarni quvg`in qilish) hukm qilindi. Lekin xatar Alkviada va Nikiyni yaqinlashtirdi va o`z
tarafdorlarining umumiy ovozi yordamida demosning sardorini quvg`in qilinishiga erishishdi–
Giperbolni. Keyingi yillarda Afinada hal qiluvchi rolni Nikiy va Alkiviad o`ynadi. Eramizdan
avvalgi 415-yilda bir nechta tashqi siyosiy zafarlardan keyin Sitsiliyaga ajoyib
ekspeditsiya(harbiy harakat, yurish)ni uyushtirishga kelishildi
44
.
Do'stlaringiz bilan baham: |