M a V z u: Peloponnes urushlari


Urush arafasida Yunoniston. Delos va Peloponnes  ittifoqlari



Download 276,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana01.01.2022
Hajmi276,91 Kb.
#293949
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
peloponnes urushlari

1. Urush arafasida Yunoniston. Delos va Peloponnes  ittifoqlari. 

Yunon  shahar-davlatlarining  gurkirashi  davomiy  bo`lib  chiqmadi.  Bu  yunon-fors 

urushlaridagi  g`alabalar  va  Peloponnes  urushlari  orasidagi  qisqa  mo`tadillik  va  ko`tarilish  davri 

bo`lgan  .  Buning  ustiga  hatto  o`sha  davrda  ham  mo`tadillik  nisbiy  edi,  ko`tarilish  esa  qulash 

tendensiyalariga  to`la  edi.  Forslar  bilan  to`qnashuvda  yunonlar  ozod  fuqarolar  jamiyati  forslar 

despotiyasidan  ustun  ekanligini  ishonch  bilan  isbotlab  berishdi.  Shu  bilan  birga  yunon-fors 

urushlari  xo`jalikning  kuchli  quldorlik  shakllarini  rivojlantirgan  holda  fuqaroviy  jamoalarda 

ijtimoiy  va  egalik  manfaatlar  o`sishiga  yordam  bergan.  Shuningdek,  ular  umumiy  ozodlikning 

qudratli  himoyachilari  bo`lgan  Afina  va  Spartani  oldingi  qatorlarga  olib  chiqdi.  Qadimgi 

Yunonistonda,  ko`p  bo`lmagan  shahar  respublikalar  orasida  asosan  ikki  qarama-qarshi  kuch 

amalda bo`lgan. Bir tomondan har bir fuqaroviy jamoa boshqasidan to`la erkin ravishda yashashga 

intilgan va polislar orasidagi bu avtonomiya va avtarkiyaga bo`lgan tendensiya (og`ish, urf), ya`ni 

so`zsiz  siyosiy  va  iqtisodiy  erkinlik,  Yunonistonda  yuzlab  yillar  hukm  surgan  parchalanishning 

sababi  bo`lgan.  Boshqa  tomondan,  iqtisodiy  rivojlanish,  eng  avvalo  savdo  aloqalarining 

rivojlanishiga bo`lgan ehtiyoj hamda o`z manfaatlarini hamkorlik asosida himoya qilishga bo`lgan 

zarurat yunon shaharlarini birlashishga undadi. Bu vaziyatdan, albatta, o`z foydasini ham hisobga 

olgan holda ko`proq rivojlangan va qudratliroq bo`lgan polislar foydalanib qolgan. Shunday qilib, 

Sparta Janubiy Yunonistonning katta qismlari bo`yicha konservativlarni birlashtirgan holda er.av. 

VI  asrdayoq  Peloponnes  ligasining  tashkilotchisiga  aylangan  edi

5

.  So`ng  keyingi  yuz  yillikda 



Afina boshqa birlashma – Delos, yoki savdo aloqalari jihatida umumiylashgan dengizbo`yi va orol 

polislarining katta qismini birlashtirgan va forslarga qarshi kurashda o`sha kuchlarni birlashtirishni 

ko`zlagan Afina dengiz ittifoqining rahbariga aylandi. Peloponnes ligasining  yadrosi konservativ, 

agrar tipga mansub bo`lgan, asosan savdo-iqtisodiy aloqalarga moslashgan doriylar jamoalari edi. 

Har  jamoa  o`z  sardorining  tashabbusiga  bo`ysungan  holda  ta’sir  doirasini  saqlab  qolish  va 

kengaytirishga  intilgan  va  raqobatchi  guruhlar  muvaffaqiyatlarini  obdon  kuzatib  borgan.  Ikki 

ittifoq o`rtasidagi  bu raqobat –  amalda eng  avvalo Afina va Sparta  boshchiligidagi  raqobat  –  o`z 

o`rnida  er.av.  V  asrda  Yunoniston  jamiyatida  shunday  siyosiy  qarama-qarshilikka  aylanganki,  u 

umumiy  katta  ichki  mojaroni,  Peloponnes  urushi(  er.  av.  431-404-yillar)ni  keltirib  chiqargan

6



Bunda  birnchi  o`rinda  Afina  tashabbuskor  tomon  sifatida  namoyon  bo`ladi.  Tez  rivojlanib 

borayotgan iqtisodiyot va unga asoslangan ijtimoiy harakatlarga bo`lgan ehtiyoji afinaliklarni  o`z 

ta’sir  doirasini,  o`z  hududini  kengaytirishga,  xom-ashyo  va  resurslarini  ko`paytirishga  undagan. 

Bu  Afinada  quldorlik  demokratiyasi  gurkiragan  er.av.  V  asr  o`rtalarida  yuzaga  kelgan  agressiv 

siyosat  hamma  joylarda  –  Peloponnesda,  Istmada,  O`rta  Yunononistonda,  Beotiyada  va  Egey 

arxipelagi orollarida – Afinadan zulm ko`rgan odamlarni ishongan tog`i bo`layotgan Sparta bilan 

afinaliklarning  o`zaro  to`qnashuvlari  bo`lib  turgan  kezlarda  o`z  kulminatsiyasiga  erishdi.  Afina 

bilan dengizda raqobatini olib brogan doriylarning savdo shaharlari, eng avvalo Megara va Korinf, 

butunlikni saqlab qolish g`amidaga katta  yer egalarining hammalari Spartaga murojaat qilishardi. 

O`z  navbatida  Sparta  ham  Peloponnes  ligasida  siyosiy  yaxlitlikni  saqlab  qolishni  xohlardi. 

Afinaning  V  asrning  50-yillarida  Istma  va  O`rta  Yunonistonda  o`z  kuchini  o`rnatishga  bo`lgan 

harakatlari  oxir  oqibat  uning  Sparta  bilan  qurolli  to`qnashuviga  olib  keldi

7

.  Bu  Birinchi,  yoki 



Kichik  Peloponnes  urushi  nomini  olgan  urush  (eramizdan  avvalgi  457–446-y.)

8

  o`ziga  xos 



kuchlarni  sinash  voqeasi  bo`ldi.  U  ikki  tomonga  ham  muvaffaqiyat  keltirmadi;  shunchaki 

navbatdagi  urushga  tayyorgarlik  vazifasini  o`tovchi  qisqa  vaqt  bo`lgan  “O`ttiz  yillik”  tinchlik 

(shartnomasi bo`lsa kerak) bilan tugadi. Tarixchi Fukidid yozgan edi: “So`zlarda yashirin holatda 

berilsa-da,  menimcha,  haqiqiy  sabab  shunda  bo`lganki,  afinaliklar  o`z  harakatlari  bilan 

lakedoniyaliklar (ya’ni spartaliklar) uchun xavf tug`dirib ularni urush boshlashga majbur qilgan”

9



                                                 

5

 Пелопоннесская война. History-names.ru sayti. 



6

 Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,201. 

7

 Фукидид. История 



(ПОД РЕДАКЦИЕЙ Э.Д.ФРОЛОВА)

. - 


САНКТ-ПЕТЕРБУРГ: Наука, 1999. – ст.130.

 

8



 Хронология войн – Пелопоннесские войни. Skazania.ru sayti. 

9

 Фукидид.История. - 



САНКТ-ПЕТЕРБУРГ: Наука, 1981. – ст.83.

 



 

- 5 - 


Urushning  sababi  Afina  va  Sparta  o`rtasida  Yunonistonda  gegemonlik  qilish  uchun  olib 

borgan raqobati ekanligi aniq bo`lishiga qaramay, shuni ham eslatib o`tish kerakki, bir tomondan 

Afina  va  boshqa  tomondan  Korinf  va  Megara  o`rtasidagi  savdo  raqobatlari  dastlabgi  mojarolarni 

keltirib  chiqargan.  Demak,  Peloponnes  urushlarining  yana  bir  muhim  sababi  iqtisodiy  omillarga 

taqaladi.  O`sha  mojaroning  birinchi  sababi  shimoli-g`arbiy  suvlar,  Italiya  qirg`oqlariga  bo`lgan 

yo`llarga  egalik  qilish  uchun  Korinf  bilan  yuzaga  kelgan  tortishuv  edi.  30-yillar  o`rtalarida 

Adriatika  dengizining  sharqiy  qirg`oqlarida  -  qachonlardir  Kerkira  orollaridan  ajralib  chiqqan 

Epidamn  shahrida  demokratlar  va  oligarxlar  o`rtasida  keskin  kelishmovchilik  yuzaga  keldi. 

Demokratlar  ustun  kelishdi,  biroq  haydab  chiqarilgan  oligarxlar  mahalliy  noyunon  aholi  bilan 

birlashib  o`z  hujumlari  bilan  shaharda  qolganlarning  joniga  tega  boshlashdi.  Ular  yordam  so`rab 

o`z  metropoliyalari  Kerkiraga  murojaat  qilishdi;  yordam  ololmagach  Korinfga.  Korinf  va  uning 

koloniyasi  Kerkira  o`rtasida  allaqachon  Ioniy  dengizining  shimolida  hukmronlik  qilish  uchun 

raqobat  ketardi.  Endilikda  korinfliklar  Epidamnga  qo`shimcha  kolonistlarni  va  garnizonni 

yuborishdi.  Bu  Korinfning  Kerkira  bilan  qurolli  to`qnashuviga  olib  keldi.  Kerkiraliklar 

afinaliklarga ularni ittifoqqa qo`shish va ularga yordamga kelishni so`rab murojaat qilishdi. Afina 

biroz  o`zini  olib  qochganidan  keyin  rozilik  berdi.  Er.  av.  433-yil  Kerkira  va  materik  orasidagi 

havzada  kerkiraliklar  va  korinfliklar  o`rtasida  jang  bo`lganda  afina  floti  unga  aralashib 

kerkiraliklarni  mag`lubiyatdan  saqlab  qolgan

10

.  Shunday  qilib  Korinf  va  Kerkira  o`rtasidagi 



Epidamn  uchun  bo`lgan  tortishuv  Afina  va  Korinfning  bir-biriga  qarshi  qurollanishiga  sabab 

bo`lgan.  Bu  orada  Xalkidik  yarimorolidagi  Potideya  tufayli  ikkinchi  mojaro  kelib  chiqdi. 

Korinfliklar  tomonidan  asos  solingan  Potideya  Afina  dengiz  ittifoqi  tarkibiga  kirgan.  30-yillarda 

afinaliklar  tomonidan  ittifoq  to`lovi  summasining  oshirilishi  va  xalkidik  shaharlari  ustidan 

qattiqroq  nazoratning  o`rnatilishi  potideyaliklarning  Peloponnes  ittifoqiga  yaqinlashish  yo`llarini 

qidirishiga  olib  keldi.  Er.  av.  433-yilda  Afinadan  ochiqchasiga  ajralib  chiqqan  Potideya  yordam 

so`rab  Korinf  va  Peloponnes  ligasiga  murojaat  qildi.

11

  Peloponnesdan  Potideyaga  ikki  ming 



ko`ngillidan  iborat  otryad  yetib  keldi.  Afinaliklar  o`z  o`rnida  er.  av.  432-yilning  bahorida 

qo`zg`olon  qilayotgan  u  shaharga  butun  boshli  qo`shin  yubordi

12

.  Nihoyat,  uchinchi  falokat  ham 



qo`shildi:  afinaliklar  Megara  ustiga  ham  yurish  qilishdi.  U  Peloponnes  ligasiga  suyandi,  biroq 

iqtisodiy  jihatdan  hamon  uning  qishloq  xo`jaligi  mahsulotlari  va  hunarmandchilik  buyumlari 

uchun bozorni ta`min etayotgan Afinadan e`tiborini qochirmadi. Afinaliklar Megaraga Peloponnes 

ittifoqi  bilan  aloqalarni  uzishi  uchun  bosim  o`tkaza  boshlaydi  .  Bu  bosim  hech  qanday  natija 

bermagach  esa  megaraliklarga  Afina  portlari  va  Afina  ittifoqi  shaharlariga  kirish  va  savdo  qilish 

taqiqlab  qo`yildi.  Potideya  va  Megaraning  Peloponnes  ittifoqidan  ularni  qo`llab-quvvatlashini 

so`rashi  va  korinfliklarning  Afinaliklarga  qarshi  darhol  chora  ko`rilishi  talab  qilib  turganligi 

Spartada hal qiluvchi qadamni tashlash istagini uyg`otdi. Er.av.432-yilning kuzida spartaliklar xalq 

yig`ilishi  afinaliklarni  “O`ttiz  yillik”  tinchlikni  buzganlikda  aybdor  deb  topganligi  haqida  qaror 

chiqardi


13

.  Birozdan  so`ng  shunga  asosan  Afinaga  qarshi  urush  boshlashga  qaror  qilgan 

peloponnes  ittifoqi  a`zolarining  yig`ini  bo`lib  o`tdi(Spartada).  Yilning  kech  payti  bo`lgani  uchun 

urush  darrov  boshlanmadi–tomonlar  qishni  kuchlarni  to`plash  va  ikki  tomonlama  diplomatik 

hujjatlarni tayyorlashga sarflashdi. Bu safar tashabbus spartaliklarniki bo`ldi. Ular Periklga qarshi 

muxolifat  kuchayib  borayotgan,  Afina  ittifoqi  shaharlarida  oshib  borayotgan  notinchlik  hukmron 

bo`lgan  Afinaning  ichki  holatidan  mohirona  foydalanib  qoldilar.  Spartaliklar  afinaliklardan 

“ma’budani behurmat qilganlar”ni haydab chiqarishni talab qilishdan boshlashdi. Gap er.av. VII-

asrda  fitnachi  bo`lgan  Kilonning  tarafdorlarini  kaltaklashda  aybdor  bo`lgan  aristokrat 

Alkmeoniylar  urug`ining  avlodlari  haqida  borardi

14

.  Perikl  ona  tomonidan  Alkmeoniylardan 



bo`lgani  uchun  ham  spartaliklar  qo`ygan  ultimatum  uni  ham  nishonga  olgan  edi.Spartaliklarning 

talabini Afina rad etdi. Shunda spartaliklar yangi talablarini e`lon qilishdi: Potideya qamalini bekor 

                                                 

10

Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,198.  



11

 Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,198. 

12

 Золотой век Древней Греции и Пелопоннесскаявойна. Хreferat.ru sayti. 



13

 Peloponntsian war. En.academic.ru sayti. 

14

 Фукидид. История 



(ПОД РЕДАКЦИЕЙ Э.Д.ФРОЛОВА)

. - 


САНКТ-ПЕТЕРБУРГ: Наука, 1999. – ст.84.

 



 

- 6 - 


qilish va Eginaga avtonomiya berish, megaraliklar haqidagi qarorni bekor qilish va, nihoyat, Afina 

qo`li  ostidagi  barcha  grek  shaharlariga  ozodlik  berish

15

.  Oxirgi  talabni  bajarish  afinaliklar  uchun 



noqulay  edi.  Biroq  u  bilan  birga  Spartaning  boshqa  talablari  ham  rad  qilindi.  Afinaning  yon 

bosmasligi  undagi  ichki  vaziyat  bilan izohlanadi –  Perikl o`z hiylalarini amalga oshirolmayotgan 

edi.  30-yillarning  oxiriga  kelib  Afinadagi  siyosiy  vaziyat  keskinlasha  boshladi.  Oxirgi  10  yil 

davomida  mamlakat  boshqaruv  kemasini  mutlaq  o`zi  boshqarib  kelayotgan  Periklning  holati 

kuchsizlandi  va  bu  siyosatni  uzoq  muddat  uning  o`zi  yo`naltirib  kelganiga  bog`liq.  Periklning 

avtoritar  pozitsiyasi  turli  qatlamlar  va  oligarxlar  va  demokratlar  muxolifati  asta  kuchayib 

borayotgan  turli  guruhlar  orasida  norozilikni  chaqirardi.  O`sha  muxolifatga  Kleon  boshchilik 

qilardi.  Perikl  siyosatini  ochiqchasiga  tanqid  qilmagan  holda  muxolifat  kuchlari  dastlabgi 

paytlarda Perikl yoki unga yaqin odamlarga tajovuz uyushtirib u yoki bu yo`l bilan uning obro`sini 

tushirish bilan cheklandilar. Bunday hujumlarga birinchilardan bo`lib uning qiz o`rtog`i Aspasiya 

duchor bo`ldi. Komik shoir Germipp Aspasiyani orsizlik va o`rtakashlikda ayblagan

16

. Periklning 



ustozi  materialist-faylasuf  Anaksagor  ishonchsizlikda  ayblandi.  Periklning  boshqa  tarafdori 

mashhur haykaltarosh Fidiyni Parfenon uchun Afina haykalini yasashga sarflanishi kerak bo`lgan 

qimmatbaho  materiallarni  yashirishda  ayblanib  sudga  berildi

17

.  Bunga  dalil  topilmagach  Fidiyga 



dinga  qarshi  jinoyat  qilganlikda  ayb  qo`yildi-u  Afina  haykali  poydevorida  boshqa  haykallar 

orasida o`zini va Periklni ifodalashga jazm etgan edi. Perikl Aspasiyaning oqlanishiga erisha oldi. 

Anaksagor  jarima  va  quvg`in  qilinish  bilan  qutulib  qoldi.  Biroq  Fidiy  qamoqqa  hukm  qilindi  va 

keyinroq  o`sha  yerda  o`lim  topdi.  Bu  voqealar  Periklga  qattiq  ta`sir  qilishi  kerak  edi.  Uning 

Peloponnes  ittifoqi  bilan  bo`lgan  mojarolarga  nisbatan  o`zgarmayotgan  pozitsiyasi  uning  xalqni 

yana  o`z  hukmdori  atrofida  birlashib  urush  boshlashni  xohlagani  bilan  izohlanadi.  Urush  tomon 

ketar  ekan  Periklda  g`alabaga  erishishga  ishonish  uchun  yetarlicha  asos  bor  edi.  Afinaning 

kuchlari juda ishonchli ko`rinardi. Unga bo`ysungan Delos ittifoqi Gretsiyadagi eng  yirik siyosiy 

uyushma  edi.  Afina  bilan  ittifoqqa  endigina  Kerkira  hamda  Buyuk  Gretsiya  va  Sitsiliyaning  bir 

qator  polislari  kirgan  edi.  Afina  yiliga  600  talant  (15  tonnadan  ortiq)  kumush  yig`ib  olar  edi

18



Afina  piyoda  qo`shinlari  30  mingdan  oshiq  kishidan  iborat  edi.  Ulardan  13mingtasi  goplitlar, 



1200tasi  otliqlar,  16  mingtasi  garnizon  jangchilari  bo`lgan.  Flot  300  ta  suzishga  tayyor  turgan 

trierlar  (kema  turi  bo`lsa  kerak)  va  ularga  qo`shilishi  kerak  bo`lgan  ittifoqdosh  xiosliklar, 

lesbosliklar  va  kerkiraliklar  eskadralari(harbiy  kemalar  guruhi)dan  iborat  edi

19

.  Afina 



dushmanlarining  kuch  va  imkoniyatlari  nisbatan  ishonchsizroq  ko`rinardi.  To`g`ri,  Peloponnes 

ittifoqi  piyodalar  qo`shinini  60ming  kishiga  chiqarishi  mumkin  edi.Biroq  peloponnesliklar  floti 

afinaliklarnikidan  ikki,  uch  marta  kam  edi.  Agrar  polislarining  moliyaviy  imkoniyatlar 

afinaliklarniki  bilan  hatto  tenglasha  olmasdi.  Peloponnesliklar  Attika  ustiga  hujun  qilishni 

rejalashtirishardi.  Ular  odamlar  urushga  jalb  qilinishi  mumkin  bo`lgan  qishloq  xo`jaligi 

hududlarini  yakson  qilib,  birinchi  jangdayoq  urushni  yutib  chiqishmoqchi  edi.  Periklning  rejasi 

quruqlikda  Afinaning  o`zini  va  boshqa  qal’alarni  himoya  qilish  bilan  cheklanish,  faol 

operatsiyalarni  esa  dengizda  olib  borishdan  iborat  edi.  Peloponnes  qirg`oqlarini  qurshab  olib, 

qo`shinlarni  kiritib  va  tobe  aholida  qo`zg`olon  uyg`otish  bilan  afinaliklar  o`z  dushmanlari 

davlatining qulashi va yakson bo`lishiga umid qilsa bo`lardi.  




Download 276,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish